Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilda Chernogoriya mustaqillikka erishganidan olti yil oʻtib tashkil etilgan. Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliyatini Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi tashkil qiladi va boshqaradi[1].

Ilk oʻyinlari tahrir

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiy Zoran Miyovich qoʻl ostida birinchi oʻyinini 2012-yilning 13-martida Barda shahrida Bosniya va Gersegovina ayollar terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan(2:3). Ikki kundan soʻng Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi birinchi durang qayd etdi(2:2)[2][3].

Xalqaro turnirlarda tahrir

Chernogoriya 2013-yilning 4-aprelida 2015-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining dastlabki oʻyinida Farer orollari bilan 3:3 hisobida durang oʻynadi. Oradan ikki kun oʻtib, Chernogoriya Gruziya ayollar terma jamoasi ustidan gʻalaba qozondi (2:0).Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati (UEFA) saralash bosqichining soʻnggi bosqichiga turnirga chiqish huquqini bereadigan soʻnggi yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. 2015-yilning aprel oyida Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi yangi bosh murabbiy Dervis Hadziosmanovic qoʻl ostida jamoa tarixidagi eng yirik gʻalabani qoʻlga kiritdi (safarda Shimoliy Makedoniya ayollar terma jamoasi ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozonilgan)[4].

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Evro-2017 saralashida ishtirok etdi, biroq birorta ochko ololmadi. Chernogoriya Ispaniya ayollar terma jamoasiga qarshi saralash oʻyinida jamoa tarixidagi eng yirik magʻlubiyatni qayd etdi (0:13).

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yil aprel oyida Jahon chempionati saralashida ikkinchi marta ishtirok etdi. Farer orollari mezbonlik qilgan 2019-yilgi jahon chempionati saralash turnirida Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi bir gʻalaba va ikkita magʻlubiyat bilan uchinchi oʻrinni egalladi (gollar farqi ijobiy edi (8:6)). Lekin Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqa olmadi.

Barcha oʻyinlar roʻyxati tahrir

Milliy terma jamoa tomonidan joriy yoki kelgusi mavsumlarda quyidagi oʻyinlar oʻtkazildi yoki oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Sana Oʻyin oʻtkazilgan joy Raqib jamoa Hisob Chernogoriya safida gol urgan futbolchilari Musobaqa turi
13/03/2012 Bar   Bosniya va Gersogovina 2-3 Malesija, Vukčević Oʻrtoqlik uchrashuvi
15/03/2012 Podgoritsa   Bosniya va Gersogovina 2-2 Vukčević (2)
15/05/2012 Bar   Albaniya 2-4 Vukčević, Mujović
18/05/2012 Shkodra   Albaniya 3-4 Vukčević, Bulatović (2)
04/04/2013 Vilnyus   Farer orollari 3-3 Vukčević (2), Kuč 2015-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari
06/04/2013 Vilnyus   Gruziya 2-0 Vukčević (2)
09/04/2013 Vilnyus   Litva 1-1 Vukčević
26/10/2013 Maladzyechna   Belorusiya 1-3 Krivokapić 2015-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari
31/10/2013 Nikšić   Ukraina 1-4 Krivokapić
23/11/2013 Nikšić   Uels 0-3
28/11/2013 Izmir   Turkiya 1-3 Bulatović
05/04/2014 Brighton and Hove   Angliya 0-9
10/04/2014 Nikšić   Belorusiya 1-7 Vukčević
08/05/2014 Bangor   Uels 0-4
14/06/2014 Lvov   Ukraina 0-7
19/06/2014 Petrovich shahri   Turkiya 2-3 Bulatović, Vukčević
17/09/2014 Petrovich shahri   Angliya 0-10
28/04/2015 Skopye   Shimoliy Makedoniya 7-0 Bulatović (3), Kuč (2), Đoković, Bojat Oʻrtoqlik uchrashuvi
29/04/2015 Skopye   Shimoliy Makedoniya 7-1 Kuč (5), Bojat (2)
05/05/2015 Petrovich shahri   Albaniya 1-0 Kuč
17/09/2015 Turku   Finlandiya 0-1 2017-yilgi UEFA chempionati saralash oʻyinlari
27/11/2015 Estoril   Portugaliya 1-6 Kuč
24/01/2016 Petrovich shahri   Ispaniya 0-7
07/04/2016 Petrovich shahri   Irlandiya 0-5
12/04/2015 Petrovich shahri   Finlandiya 1-7 Bulatović
03/06/2016 Petrovich shahri   Portugaliya 0-3
07/06/2016 Dublin   Irlandiya 0-9
15/09/2016 Las Rozas   Ispaniya 0-13
22/01/2017 Petrovich shahri   Xorvatiya 0-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
24/01/2017 Radanovići   Xorvatiya 3-3 Šaranović, Bojat, Đukić
28/02/2017 Elbasan   Albaniya 3-5 Kuč, Bojat (2)
06/04/2017 Tórshavn   Turkiya 0-3 2017-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari
08/04/2017 Tórshavn   Farer orollari 1-2 Kuč
10/04/2017 Tórshavn   Lyuksemburg 7-1 Bulatović (2), Kuč (2), Đoković (2), Pavićević
20/01/2018 Podgoritsa   Bosniya va Gersogovina 0-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
06/06/2018 Podgoritsa   Albaniya 1-0 Bulatović
09/06/2018 Podgoritsa   Albaniya 2-2 Stanović, Bulatović
18/01/2019 Podgoritsa   Bosniya va Gersogovina 1-2 Šebek
21/01/2019 Podgoritsa   Sloveniya 0-4
26/01/2019 Zagreb   Serbiya 0-4
01/03/2019 Zagreb   Bosniya va Gersogovina 1-3 Stanović
04/03/2019 Zagreb   Xorvatiya 1-1 Stanović
12/06/2019 Zenica   Bosniya va Gersogovina 0-0
16/06/2019 Dravograd   Sloveniya 0-5
31/08/2019 Kassel   Germaniya 0-10 2021-yilgi UEFA chempionati saralash oʻyinlari
03/09/2019 Dublin   Irlandiya 0-2
06/11/2019 Petrovich shahri   Gretsiya 0-4
22/01/2020 Podgoritsa   Bosniya va Gersogovina 2-3 Kuč, Tošković Oʻrtoqlik uchrashuvi
11/03/2020 Petrovich shahri   Irlandiya 0-3 2021-yilgi UEFA chempionati saralash oʻyinlari
18/09/2020 Podgoritsa   Ukraina 1-3 Bulatović
22/09/2020 Berane   Germaniya 0-3
22/10/2020 Afina   Gretsiya 0-1
1/12/2020 Kiyev   Ukraina 1-2 Đoković
21/02/2021 Podgoritsa   Shimoliy Makedoniya 5-0 Bulatović (2), Kuč (2), Vujadinović Oʻrtoqlik uchrashuvi

Oʻzaro oʻyinlar natijalari (terma jamoalar kesimida) tahrir

Quyida Chernogoriya ayollar terma jamoasining har bir raqib terma jamoasiga qarshi oʻyinlari roʻyxati keltirilgan[5][6][7]. (Terma jamoalar kesimida)

Milliy terma jamoa Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Gollar farqi
  Albaniya
6
2
1
3
12:15
  Ozarbayjon
1
1
0
0
2:0
  Belarus
2
0
0
2
2:10
  Bosniya va Gersegovina
8
1
2
5
11:16
  Xorvatiya
3
0
2
1
4:5
  Daniya
1
0
0
1
1:5
  Angliya
2
0
0
2
0:19
  Farer orollari
2
0
1
1
4:5
  Finlandiya
2
0
0
2
1:8
  Gruziya
1
1
0
0
2:0
  Germaniya
2
0
0
2
0:13
  Yunoniston
2
0
0
2
0:5
  Litva
1
0
1
0
1:1
Lyuksemburg
1
1
0
0
7:1
  Malta
2
1
0
1
2:2
  Shimoliy Makedoniya
3
3
0
0
19:1
  Portugaliya
2
0
0
2
1:9
  Shimoliy Irlandiya
4
0
0
4
0:19
  Rossiya
1
0
0
1
0:5
  Serbiya
1
0
0
1
0:4
  Sloveniya
2
0
0
2
0:9
  Ispaniya
2
0
0
2
0:20
  Turkiya
3
0
0
3
3:9
  Ukraina
4
0
0
4
3:16
  Uels
2
0
0
2
0:7
Jami
60
10
7
43
75:204

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Sport – Glavni Grad Podgorica“. podgorica.me. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
  2. Red ladies defeated by Bosnia in a historic match (Wayback Machine saytida 2012-07-08 sanasida arxivlangan). Pobjeda
  3. „Fudbalski savez Crne Gore“. fscg.me. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
  4. „Fudbalski savez Crne Gore“. fscg.me. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
  5. „Otvorena Kuća fudbala na Starom Aerodromu | Podgorica“. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-dekabr.
  6. „Prodgorica Otvorena Kuca fusbala“. 2016-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „PODGORICA: Otvorena Kuća fudbala na Starom Aerodromu“ (bs-BA). Montenegro magazin (2016-yil 21-may). Qaraldi: 2020-yil 28-may.

Havolalar tahrir