ChhatarpurHindistonning Madhya Pradesh shtatida joylashgan shahar va munisipalitetdir. Shahar Chhatarpur tumanining maʼmuriy shtab-kvartirasi hisoblanadi.

Chhatarpur
24°55′3.72″N 79°35′19.36″E / 24.9177000°N 79.5887111°E / 24.9177000; 79.5887111
Mamlakat Hindiston
Tuman Madhya Pradesh
Rasmiy til(lar)i hindcha
Aholisi
99 519 nafar (2 001)
Milliy tarkib Hind
Vaqt mintaqasi UTCI+5
Telefon kodi Badamalhera 07689
Avtomobil kodi MP 16
Chhatarpur xaritada

Tarixi

tahrir

Chhatarpur 1785-yilda tashkil etilgan va Bundelkand shtati mustaqilligining asoschisi boʻlgan hukmdor Chhatrasal sharafiga nomlangan va uning kenotafini oʻz ichiga oladi. Davlatni 1785-yilgacha Chhatrasal avlodlari boshqargan. Oʻsha paytda Rajputlarning Ponvar urugʻi Chhatarpurni nazorat qilishgan.

1901-yil holatiga koʻra, Chhatarpur shahrida 10,029 aholi istiqomat qilgan va ular qogʻoz va pichoqlar ishlab chiqargan. Shtat Britaniyaning Nowgong hududini ham oʻz ichiga olgan.

Geografiyasi

tahrir

Chhatarpur 24°33′00″N 79°21′10″E / 24.5500°N 79.3527°E / 24.5500; 79.3527 koordinatorida joylashgan[1]. Oʻrtacha balandligi 305 metrni tashkil qiladi. Hudud Madhya Pradeshning uzoq shimoli-sharqiy chegarasida joylashgan.

Chhatarpurning panoramik ko'rinishi
Chhatarpur Diwali paytida

Iqlimi

tahrir

Chhatarpur nam subtropik iqlimga ega, yoz fasli issiq, qish fasli esa sovuq kechadi. Kuchli yomgʻir musson mavsumida iyundan sentyabrgacha sodir boʻladi.

Demografiyasi

tahrir

2001-yilgi Hindiston aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Chhatapur aholisi 99 519 nafar kishidan iborat edi. Aholining 53 foizini erkaklar, 47 foizini ayollar tashkil etadi. Buxvahada oʻrtacha savodxonlik darajasi 69 foizni tashkil etadi (erkaklar savodxonligi 75% va ayollar savodxonligi 62%). Aholining 15% i 6 yoshgacha boʻlgan bolalardan iborat.

Chatarpurdagi din (2011)
Din
Hinduizm
  
79.86%
Islom
  
17.55%
Boshqalar
  
2.38%

Maʼmuriyati

tahrir

Tuman 5 ta politsiya boʻlinmasiga boʻlingan boʻlib, 34 ta politsiya uchastkasi va 21 ta postdan iborat.

Transporti

tahrir

Chhatarpurga avtomobil va temir yoʻl orqali borish mumkin. Chhatarpur stantsiyasi 2017-yilda ishga tushirilgan. Chhatarpurda Maharaja Chhatrasal stantsiyasi Chhatarpur, MCSC nomli temir yoʻl stantsiyasi mavjud. Dehli Jansi, Bhopal, Indore va Ujjainga toʻgʻridan-toʻgʻri poyezdlar mavjud. Eng yaqin temir yoʻl stantsiyalari Xajuraxoda (45 km), Lalitpur Junction temir yoʻl stantsiyasi (135 km) Harpalpur (55 km) Jansi (125 km), Mauranipur (65 km) va Satna (140 km). Eng yaqin aeroport 45 km uzoqlikda joylashgan[2], lekin reyslar soni cheklangan.

Manbalar

tahrir
  1. „Falling Rain Genomics, Inc - Chhatarpur“. Fallingrain.com. Qaraldi: 2014-yil 3-yanvar.
  2. „Great Circle Mapper“. Qaraldi: 2016-yil 1-yanvar.