Chingiztov
Chingiztov — Qozogʻiston past togʻlarining sharqidagi togʻ tizmasi. Qozogʻiston Respublikasi (Sharqiy Qozogʻiston viloyati)da. Uz. 180 km, eng baland joyi Qoʻsoba togʻi (1305 m). Suvayirgʻich qismlari, asosan, tekislangan yuzalardan iborat. Baʼzi joylarida yakka gumbazsimon choʻqqilar mavjud. Tik yon bagʻirlari koʻplab quruq soylar bilan kesilgan. Paleozoyning qumtosh, slanets, ohaktosh, slanets, porfiritlaridan tuzilgan. Yon bagʻirlarida togʻ dashti oʻsimliklari, butazorlar va kichik qayintogʻterak oʻrmonlari uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |