Chov biti
Chov bitlashi (pediculus pubicus) — parazitlar, yaʼni xoʻjayinlarda yashashga moslashgan bitlar orqali vujudga keladigan yuqumli kasallik. Bitlar odamdan-odamga, uning oʻrin-koʻrpalari, kiyim-boshlari orqali oʻtadi va xoʻjasining qoni bilan oziqlanadi. Bir kunda 0,3-0,5 ml gacha qon soʻrishi mumkin. Bit qon soʻrganida odam terisiga yopishib olib, unga so iak chiqaradi va terini sensibilizatsiyalab qichitadi[2].
Chov biti 56-33.9 Ma Eocene – present | |
---|---|
Chov biti morfologik koʻrinishi | |
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Bo'g'imoyoqlilar |
Sinf: | Kanalar |
Infrasinf: | Bitlar |
Oila: | Pediculus pubis |
Sinflar[1] | |
Odamlarda teri kasalligini keltirib chiqarishga sabab boʻladi | |
Xilma-xillik | |
3 ta tur |
Tasnifi
tahrirPhthiraptera tizimi ilgari ikkita alohida turkumdan iborat edi: Mallophaga (bit yeyuvchilar) va Anoplura (soʻruvchi bitlar). Filogenezda bu tizimni aks ettirishga intilish bu ikki turkumning safini Phthiraptera ichidagi oʻxshash qismlarini toʻgʻridan-toʻgʻrimos kelishiga, keyinroq esa bit va bitlarning barcha turkumlari saflarini tenglashtirishga olib keldi. Biz bugungi kunda toʻrtta guruhga ega boʻlgan oxirgi vaziyatni kuzatamiz: Amblycera, Ischnocera, Rhynchophthirina va Anoplura. Suborderlar doirasidagi oilalar tizimi ancha barqaror. Biroq, Ischnocera tizimi haqidagi qarashlar barqaror emas: baʼzi oilalar va hatto avlodlar para yoki polifiletik deb taxmin qilinadi va turlarning katta qismi boʻlgan Philopteridae oilasiga birlashtirishga olib keldi[3].
1. Amblycera tartibi
- Boopiidae (Avstraliya marsupiallari)
- Gyropidae (kemiruvchilar)
- Laemobothriidae (zotli ot, laylaklar, kalxat)
- Menoponidae (qushlar)
- Ricinidae (kolibri, passeriformes)
- Trimenoponidae (Janubiy Amerika marsupiallari, kemiruvchilar)
2. Ischnocera tartibi
- Goniodidae (qushlar)
- Heptapsogasteridae (qushlar)
- „Philopteridae“ (qushlar) (Harrisoniella hopkinsi)
- Trichodectidae (Yo'ldoshli sutemizuvchilar)
- Trichophilopteridae (lemurlar, indriaceae)
3. Rhynchophthirina tartibi
- Haematomyzidae (fillar, cho'chqalar 2-turi)
4. Anoplura tartibi
- Echinophthiriidae (pinnipeds, sansar)
- Enderleinellidae (sincap)
- Haematopinidae (tuyoqli hayvonlar)
- Hamophthiriidae (jun qanotlilar)
- Hoplopleuridae (hasharotxoʻr hayvonlar, kemiruvchilar, quyonlar, Primatlar)
- Hybothiridae (Yumronqoziqlar)
- Linognathidae (tuyoqli hayvonlar, it, girakslar)
- Microthoraciidae (Tuyalar)
- Neolinognathidae (jumperlar)
- Pecaroecidae
- Pedicinidae (marmoset maymunlari)
- Pediculidae (dumli maymunlar va odamsimon maymunlar)
- Pthiridae (odamsimon maymunlar)
- Polyplacidae (kemiruvchilar, hasharotxoʻr hayvonlar, Primatlar, Quyonlar)
- Ratemiidae (ot)
Psocodea |
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Psocodea |
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Turlari
tahrirBitlar 3 xil boʻladi: bosh biti (Pediculus capitis), kiyim biti (Pediculus corporis) va chov biti (Pediculus pubis) uchraydi. Chov biti kulrang-qora tusda boʻlib, junlarning asosiga mahkam yopishib oladi. Bitlar asosan, qov, qorin va sonning chegara qismlaridagi terida yashaydi, lekin baʼzan oʻrmalab, tananing jun bilan qoplangan boshqa qismlariga (qoʻltiq, koʻkrak, soqol, kiprik, qoshga) oʻtib oladi. Bu hasharotlar odatda jinsiy aloqa vaqtida bir odamdan ikkinchi odamga oʻtadi, ammo ichki kiyim, oʻrin-koʻrpa jildlari orqali ham oʻtishi mumkin. Bugungi kunda bitlashning bu turi jinsiy yoʻ1 bilan yuquvchi kasalliklar guruhiga kiritilgan[4].
Patogenezi
tahrirBitlar chaqqanda, qattiq qichishish yuzaga kelib, koʻp sonli uzunchoq tirnalishlar (ekskoriatsiya), shilinishlar hosil boʻlib, ikkilamchi infeksiyalar tushishiga yoʻl ochadi. Chov sathida — bitlar chaqqan joylarda oldin qizil rangli ekximoz toshmasi, keyin vaqt oʻtgach, rangi oʻzgarib, kulrang, yumaloq shaklda, ustidan bosganda yoʻqolmaydigan dogʻlar hosil boʻladi. Dogʻ ooʻrtasida nuqtadek eroziya — bit qon soʻrgan oʻrni turadi. Dogʻlar odatda 7-10 kun saqlanib turadi. Bit chaqqan joy terisi qattiq qichishib, shu sohalarda tirnalishlar paydo boʻladi va butunligi buzilgan teri yuzasiga ikkilamchi piodermiya va ular bilan bir qatorda, boshqa jinsiy aloqa yoʻli bilan infeksiyalar ham yuqtirilishining ehtimoli yuqori boiadi[5].
Tashxisi
tahrir- -surishtiruv;
- -anamnez;
- -shubxali joylarga borganligi
- — aniq klinik belgilari;
- — terida chov biti topilishi.
Davolash
tahrir— davolashdan oldin jinsiy a ’zolar, anus atrofi va boshqa sohalardagi junlar qirib tashlanadi. — 2-3 kun 10 % li simobli malham, 20 % li benzilbenzoat, oltingugurt malhami. Ichki kiyim va koʻrpa-toʻshak jildlari dezinfeksiyalanadi yoki sovun bilan issiq suvda yuvilib, almashtiriladi yoki 10 % li sovunli-solvent pastaʼi eritm ad a bir necha soat saqlanadi va keyin quyoshda q u ritilib, dazmollanadi. Xuddi shu eritmaning 20 % ligi xonalarni tozalash uchun ishlatiladi. Bitlashning oldini olish va profilaktikasi. Bitlashning oldini olish, asosan, aholining moddiy farovonligi va sanitariya madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etishdan iborat. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish: choyshab, ichki kiyim, oʻrin-koʻrpa jildlarini har haftada almashtirib turish, yuvilgan kiyimlarni dazmollab kiyish, birovlarning oʻrnida yotmaslik, oiladan chetda va tasodifan jinsiy aloqa qilmaslik talab etiladi[6].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ de Moya, Robert S; Yoshizawa, Kazunori; Walden, Kimberly K O; Sweet, Andrew D; Dietrich, Christopher H; Kevin P, Johnson (2021-06-16). Buckley, Thomas (ed.). „Phylogenomics of Parasitic and Nonparasitic Lice (Insecta: Psocodea): Combining Sequence Data and Exploring Compositional Bias Solutions in Next Generation Data Sets“. Systematic Biology. 70 (4): 719-738. doi:10.1093/sysbio/syaa075. ISSN 1063-5157. PMID 32979270.
- ↑ Vaisov, Atham. Teri va tanosil kasalliklari, 2009, Toshkent — 126 bet. ISBN 978-9943-08-299-1.
- ↑ Smith, V.S. (2001). Avian louse phylogeny (Phthiraptera: Ischnocera): a cladistic study based on morphology. Zoological Journal of the Linnean Society 132: 81-144
- ↑ „Catalogue of Life, Phthiraptera Haeckel, 1896“. 2021. Retrieved 2021-11-03.
- ↑ Vaisov, Atham. teri va tanosil kasalliklari, 2009, Toshkent: Yangi asr avlodi — 129 bet. ISBN 978-9943-08-299-1.
- ↑ A.M. Mannonov, Q.N.Xaitov. Oddiy husnbuzar, 2016, Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA». ISBN 978-9943-13-601-4.