Damdam chashma — yuqori paleolit va ilk jez davriga oid manzilgoh. Katta Bolxon togʻining jan. yon bagʻri (Turkmaniston) dagi dara gʻorlaridan topilgan. Ikki gʻori oʻrganilgan. Ularning har biri bir necha madaniy qatlamdan iborat. 1-gʻor (D—I) dan prizma shaklidagi nukleus, chaqmoqlangan tosh boʻlaklari, tosh pichoq, bigiz, azil tipidagi qisqich, yoʻnuvchi tosh qurol (quyi qismidan) va chaqmoqtosh qurollar, hayvon suyaklari, sopol siniqlari (yuqori qismidan) topilgan. 2-gʻor (D-P) 23 madaniy qatlamni oʻz ichiga oladi. Eng pastki qatlamlaridan faqat tosh qurollar (qisqich, oʻroqsimon randa, nukleus, parma, pichoq va pardozlangan qisqichlar) topilgan. Yuqori qatlamlarida mehnat qurollari chiqqan, pardozlangan chaqmoqtosh qurollari va suyak ignalar 4 qavatdan koʻp topilgan. 1— 3qavatlarda tosh qurollar bilan birga sirti silliqlanib, uch burchakli, oʻyma va toʻgʻri chiziqli naqshlar solingan sopol idishlar ham uchraydi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil