Daniel Šarić (talaffuzi: Daniel Sharich) (1972-yil 4-avgust, Rijekada tugʻilgan) — xorvatiyalik sobiq futbolchi, oʻng qanot himoyachisi. Uning ismi baʼzan Danijel Šarić deb yoziladi. Šarić xakqaro maydonda Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan va terma jamoa oʻyinlariga 6 ta mavsumda jalb qilingan.

Daniel Šarić
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 4-avgust 1972-yil (1972-08-04) (52 yosh)
Tavallud joyi Rijeka, SFR Yugoslaviya
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Rijeka
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989—1993 Rijeka 53 (8)
1993—1995 Sporting Gijón 33 (3)
1995—2000 Dinamo Zagreb 102 (9)
2000—2003 Panathinaikos 43 (1)
2003—2007 Rijeka 96 (1)
Milliy terma jamoa
1993 Xorvatiya U21 1 (0)
1999 Xorvatiya B 1 (0)
1997—2002 Xorvatiya 30 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klubdagi faoliyati

tahrir

Rijekada tugʻilgan Daniel Šarić professional futbolchilik faoliyatini 1989-yilda mahalliy „NK Rijeka“ klubida boshlagan. U 1993-yilda Ispaniyaning „Sporting de Gijon“ klubiga oʻtgan va u yerda bir necha mavsum oʻtkazgan. 1995-yilda Daniel Šarić Zagrebning „Dinamo“ klubi bilan shartnoma imzolab, Xorvatiyaga qaytgan. „Dinamo“da besh yil oʻynagach, u 2000/2001-yilgi mavsum uchun Gretsiyaning „Panathinaikos“ klubi bilan shartnoma imzolagan va klub safiga borib qoʻshilgan. Daniel Šarić 2003-yilning yoziga qadar „Panathinaikos“da qolgan, keyin esa „NK Rijeka“ jamoasiga qaytib klub bilan toʻrt yillik shartnoma imzolab, yana bir bor oʻz shahriga qaytgan. Šarić 2007-yilning iyul oyida shartnoma muddati tugaganidan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlaganligini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati

tahrir

Šarić 1997—2002-yillarda Xorvatiya terma jamoasining deyarli doimiy aʼzosi boʻlgan. U jami 30 ta xalqaro oʻyinda gʻalaba qozongan, biroq biror marta gol ura olmagan. Uning yagona yirik turniri 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati boʻlib, Šarić Xorvatiya terma jamoasining uchta guruh oʻyinlarining barchasida maydonga tushgan va shu uch uchrashuvning ikkitasida asosiy tarkibda maydinga tushgan[1].

Statistika

tahrir
Klubdagi faoliyati Liga Kubok Liga Kubogi Qitʼa Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Yugoslaviya Liga Yugoslaviya Kuogi Liga Kubogi Yevropa Jami
1989—1990 NK Rijeka Yugoslaviya Birinchi Ligasi 1 0 0 0 - - 1 0
1990—1991 3 0 1 0 - - 4 0
Xorvatiya Liga Xorvatiya Kubogi Superkubok Yevropa Jami
1992 HNK Rijeka Prva HNL 18 2 4 0 - - 22 2
1992—1993 27 6 4 2 - - 31 8
1993—1994 4 0 1 0 - - 5 0
Ispaniya Liga Copa del Rey Superkubok Yevropa Jami
1993—1994 Sporting de Gijón La Liga 22 2 1 0 23 2
1994—1995 11 1 4 0
15 1
Xorvatiya Liga Xorvatiya Kubogi Superkubok Yevropa Jami
1995—1996 Xorvatiya Zagreb Prva HNL 4 0 3 0 - 0 0 7 0
1996—1997 21 2 4 1 - 4 2 29 5
1997—1998 23 5 5 0 - 10 1 38 6
1998—1999 26 1 1 0 - 6 0 33 1
1999—2000 28 1 6 0 - 7 0 41 1
Gretsiya Liga Gretsiya Kubogi Superkubok Yevropa Jami
2000—2001 Panathinaikos Alpha Ethniki 19 0 - - 6 0 25 0
2001—2002 13 1 - - 10 0 23 1
2002—2003 11 0 - - 2 0 13 0
Xorvatiya Liga Xorvatiya Kubogi Superkubok Yevropa Jami
2003—2004 HNK Rijeka Prva HNL 24 0 6 0 - - 30 0
2004—2005 21 1 3 0 - 2 0 26 1
2005—2006 28 0 7 0 1 0 2 0 38 0
2006—2007 23 0 5 0 1 0 1 0 30 0
Jami Rijeka 149 8 31 2 2 0 5 0 187 10
Sporting de Gijón 33 3 5 0 0 0 0 0 38 3
Xorvatiya Zagreb 102 9 19 1 0 0 27 3 148 13
Panathinaikos 43 1 0 0 0 0 18 0 61 1
Karyerada jami 327 22 55 3 2 0 50 3 431 28
Xorvatiya terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
1997-yil 3 0
1998-yil 2 0
1999-yil 8 0
2000-yil 5 0
2001-yil 6 0
2002-yil 6 0
Jami 30 0

Yutuqlari

tahrir
Rijeka
  • Xorvatiya kubogi (2): 2005, 2006
Dinamo Zagreb
  • Prva HNL (5): 1995-1996, 1996-1997, 1997-1998, 1998-1999, 1999-2000
  • Xorvatiya kubogi (3): 1996, 1997, 1998

Manbalar

tahrir
  1. Daniel Šarić Statistics FIFA. Retrieved 22 January 2010.
  2. „Daniel Šarić Dinamo statistics“. povijest.gnkdinamo.hr. 10-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2017-yil.
  3. „Daniel Šarić statistics“. hrnogomet.com. Qaraldi: 7-noyabr 2018-yil.
  4. „Spain statistics“. hrnogomet.com. Qaraldi: 7-noyabr 2018-yil.
  5. Daniel Šarić Statistics FIFA. Retrieved 7 October 2017.