Dargʻon
Dargʻon (arab.— toʻgʻon, damba, toʻsiq va b. ning koʻpligi) — oʻrta asr shahar harobasi. Hazorasplan 130 km janubi-sharqda, Amudaryo boʻyidan 3-4 km masofada joylashgan. Dargʻon moʻgʻullar istilosiga qadar yirik shahar (50 ga) boʻlgan. Maqdisiyning yozishicha, Dargʻon poytaxt — Jurjoniyadan soʻng Xorazmning eng yirik shahri hisoblanib, katta jome masjidi boʻlgan. Janubiy Turkmaniston arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganilgan (1954). Hududida Dargʻon ota maqbarasi (14-asr) bor. Amudaryo kechuvlarining eng asosiylaridan biri Dargʻon yonida boʻlgan. Dargʻondan hozirda Dargʻon qalʼa, Oqqalʼa yohud Koʻhna qalʼa nomlari bilan mashhur qalʼa harobasi saqlanib qolgan. Uning maydoni taxminan 6 ga, atrofi qalin (2,60 m), balandligi 8 m paxsa devor bilan oʻralgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |