Dastorgul (Bellis perennis) — qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Poyasi 10-15 sm, uchi gul savat-chalari bilan tugaydi. Barglari poyaning ostki qismida joylashgan. Guli oq, och qizil va pushti. Oʻzbekistonda sugʻoriladigan yerlarda oʻsadi. Yovvoyi holda Yevropada, Rossiyada, Kavkazda, Kichik Osiyo va Shimoliy Amerikada uchraydi. Manzarali oʻsimlik sifatida ham ekiladi. Dastorgul erta bahordan kuzgacha gullab turadi. Dastorgul tarkibida efir moyi, saponinlar, oshlovchi moddalar, antoksantin, shilimshiq va organik kislotalar bor. Xalq tabobatida oʻpka kasalliklarida, kon ketganda va teriga toshmalar toshganda qoʻllanadi.

Dastorgul
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil