ʻʻʻDiplesʻʻʻ yoki ʻʻʻtiplesʻʻʻ (grekcha: Δίπλες) — yupqa qatlamli xamirdan tayyorlangan Peloponnesdan kelib chiqqan yunon shirinligi. Xvorost yoki Ukraina vergunlarini yoki oʻzbek toʻylari pishiriqlarini eslatadi, faqat dipleslar quruq holda emas, balki sirop yoki asalga shimitib beriladi. Diples koʻpincha toʻy va Yangi yil bayramlarida dasturxonga tortiladi[1].

Tayyorlanishi

tahrir

Xamir uchun un yoki manniy krupa ishlatiladi, unga tuxum va apelsin sharbati qoʻshib qoriladi. Xamir uzun tasmasimon yoyilib, qizdirilgan yogʻda qovuriladi, soʻngra shakar yoki asal siropi shimdiriladi[2][3]. Dipleslar turli-tuman shaklda boʻlishi mumkin, ulardan eng keng tarqalgani kapalak, bantik va spiralsimondir[4].

Diples pishirishning yana bir usulida maxsus temir qolipdan foydalaniladi. Bunda dipleslar qolipdan ajragunicha oʻsimlik yogʻida qovuriladi. Soʻng ustiga sirop quyib, maydalangan yongʻoq va dolchin sepiladi[5].

Manbalar

tahrir
  1. http://www.fathertimes.net/greeknewyear.htm
  2. http://thursdayfordinner.com/2008/12/diples-thiples-honey-rolls-greek-dessert
  3. arxiv nusxasi, 2009-04-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-10
  4. arxiv nusxasi, 2009-09-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-10
  5. https://www.russianfood.com/recipes/recipe.php?rid=14241