Diyorbek O‘rozboyev
Diyorbek Baxtiyor oʻgʻli Oʻrozboyev (tugʻ. 1993-yil 17-avgust, Shovot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik dzudochi, 60 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori, Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, Yozgi Osiyo oʻyinlari chempioni.
Diyorbek Oʻrozboyev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | Diyorbek Baxtiyor oʻgʻli Oʻrozboyev |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
17-avgust 1993-yil Shovot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston |
Vazni | 60 kg |
Sport | |
Qaysi sport | dzyudo |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Yozgi Olimpiada oʻyinlari | ||
Bronza | Rio-de-Janeyro 2016 | 60 kg gacha |
Yozgi Osiyo oʻyinlari | ||
Oltin | Jakarta 2018 | 60 kg gacha |
Dzudo bo'yicha Osiyo chempionati | ||
Kumush | Toshkent 2016 | 60 kg gacha |
Faoliyati
tahrir2011-yilda 20 yoshgacha (U20) va Yevropa kubogi (U20) ishtirokchilari oʻrtasida oʻtkazilgan „Masters Bremen“ turnirida uchinchi oʻrinni egalladi va shu yosh toifasida Bayrutda (Livan) oʻtkazilgan Osiyo chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2012-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi kubogida ikkinchi, 20 yoshgacha boʻlgan oʻrtasidagi Osiyo chempionatida uchinchi, Abu-Dabi (BAA) Gran-prisi va Tokiodagi (Yaponiya) „Katta dubulgʻa“ turnirlarida beshinchi oʻrinni egalladi. 2013-yilda u 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa kubogida uchinchi, shu yosh toifasida Jahon chempionati kumush medali sovrindori boʻlgan. 2014-yilda u Toshkent Gran-prisida ikkinchi, Bokudagi (Ozarbayjon) „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi turnirda esa yettinchi oʻrinni egalladi[1].
2015-yilda Varshavada (Polsha) boʻlib oʻtgan Yevropa ochiq kubogida ikkinchi, Tbilisida (Gruziya) Gran-prisida uchinchi, Toshkent Gran-prisi, Abu-Dabidagi „Katta dubulgʻa“ turnirida, Samsun Gran-prisida beshinchi, Rabotdagi „ World Masters“ turnirida uchinchi oʻrinni egalladi. Jahon chempionatida ettinchi boʻldi. 2016-yilda u Tbilisi Gran-prisida gʻolib chiqdi, Samsun Gran-prisida uchinchi, Olmaotada (Qozog'iston) Gran-prisida, Bokuda „Katta dubulgʻa“ turnirida va Gvadalaharada boʻlib oʻtgan „World Masters“ turnirida ettinchi oʻrinni egalladi. Oʻsha yili u Osiyo chempionati kumush medali qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi[2].
U 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 60 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 35 dzyudochi ishtirok etgan. Sportchilar 4 guruhga boʻlingan boʻlib, chorak final natijalariga koʻra toʻrt nafar dzyudochi yarim finalga yoʻl oldi. Chorak finalda magʻlub boʻlganlar „tasalli“ bahslarida, keyin esa yarim finalda magʻlub boʻlganlar bilan toʻqnash kelishdi va shu natijalarga koʻra bronza medal sohiblari aniqlandi. Oʻrozboyev chorak finalda Yeldos Smetovga yutqazib qoʻydi, keyin javob oʻyinida va uchinchi oʻrin uchun Amiran Papinashvili bilan oʻtkazilgan bahsda gʻalaba qozonib, Olimpiya oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritdi[3].
Bosqich | Raqib | Harakatlar | Natija | Raqib | Harakatlar |
---|---|---|---|---|---|
1/32 | Diyorbek Oʻrozboyev | Ude Hisigi Juji Gatame (1:22) — ippon | 100-0 | Joshua Katz Avstraliya |
— |
1/16 | Diyorbek Oʻrozboyev | Kosote Gake (1:55) — yuko Tutib olishdan qochish (2:26) — Shido Sode Tsurikomi Goshi (2:47) — vaza-ari Soxta hujum (4:50) — Shido Passivlik (4:57) — Shido |
011s3—0s2 | Ludovic Chammartin Shveysariya |
Tatamidan tashqariga chiqish (0:26) — shido Passivlik (1:14) — Shido |
1/4 | Yeldos Smetov Qozogʻiston |
Passivlik (2:17) — Shido Ippon seoinage (0:47 GS) — yuko |
001s1-0s1 | Diyorbek Oʻrozboyev | Passivlik (2:17) — Shido |
tasalli uchrashuvi | Diyorbek Oʻrozboyev | Tutib olishdan qochish (1:49) — Shido Seoinage (4:31) — ippon |
100s1-0s2 | Felipe Kitadai Braziliya |
Passivlik (0:56) — Shido Tutib olishdan qochish (1:49) — Shido |
3-oʻrin | Diyorbek Oʻrozboyev | Yoko Gake — yuko (0:31) Soxta hujum (2:56) — Shido Soxta hujum (4:01) — Shido |
1s2-0s1 | Amiran Papinashvili Gruziya |
Passivlik (1:03) — Shido Yengning uchida noqonuniy ushlash (3:41) — shido |
2021-yilda dzyudochi Diyorbek Oʻrozboyevdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlangan. Sportchi 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilinib, xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum etildi[4].