Futbol
Dmitriy Bystrov
Umumiy maʼlumot
Toʻliq ism

Dmitriy Vyacheslavovich Bystrov

Tugʻilgan vaqti

30-iyul 1967(1967-07-30)
Moskva, SSSR

Vafoti

1-iyun 2005(2005-06-01) (37 yosh)
Moskva, Rossiya

Fuqaroligi
Boʻyi

184 sm

Pozitsiyasi

Himoyachi

Klub faoliyati
1983—1985 Flag SSSR Lokomotiv Moskva 34 (0)
1986—1991 Flag SSSR SSKA 130 (3)
1986  Flag SSSR SSKA-2 22 (3)
1992—1994 Flag Rossii SSKA 49 (3)
1992—1994  Flag Rossii SSKA-D 3 (2)
1995—1996 Flag Rossii Zenit (SPB) 45 (0)
1996  Flag Rossii Zenit-D 1 (0)
1996 Flag Rossii Shinnik 10 (0)
1997 Flag Uzbekistana Navbahor 4 (0)
1998 Flag Rossii Lokomotiv (NN) 20 (0)
1999 Flag Rossii Metallurg (Lipetsk) 35 (0)
2000 Flag Kazaxstana Aksess-Golden Greyn 19 (0)
2001 Flag Rossii Presnaya Havaskor
2003 Flag Rossii Obninsk Havaskor
Murabbiylik faoliyati
2001—2002 Flag Rossii Presnaya
2003—2004 Flag Rossii Obninsk
2005 Flag Rossii Lokomotiv-M Murabbiy

Dmitriy Vyacheslavovich Bystrov (1967-yil 30-iyul, Moskva — 2005-yil 1-iyun, Moskva) — sovet va rus futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.

Biografiya

tahrir

U faoliyatining asosiy qismini Moskvaning „SSKA“ klubi safida oʻtkazdi. Dmitriy SSKA jamoasi tarkibida SSSR chempioni boʻldi va 1991-yilda kubokni qoʻlga kiritdi. Keyinchalik Rossiyaning „Zenit“, „Shinnik“, O‘zbekistonning „Navbahor“, „Lokomotiv“, Nijniy Novgorod, Lipetskning „Metallurg“ klublari tarkibida o‘ynagan.

1997-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Oliy ligasininmg amaldagi chempioni, Namanganning Navbahor jamoasiga taklif qilindi va Namangan klubi bilan shartnoma imzoladi. Tarkibdagi raqobat va jamoaga moslasha olmaslik tufayli mavsum yakunida jamoani tark etdi. 2000-yilgi mavsumda Qozogʻistonning Petropavlovsk shahri jamoasi safida 19 ta oʻyin oʻtkazgan. „Access-Golden Grain“ jamoasi tarkibida chempionat yakuniga 3 tur qolganda „Semey“ jamoasi bilan oʻyinda oʻz darvozasiga 2 ta gol urib, jamoasini oltin medallarni qoʻlga kiritishda mahrum qilgani bilan yodda qoldi. Bu oʻyindan soʻng u jamoadan chetlatildi va oʻrinbosarlar jamoasiga joʻnatildi. Keyinchalik qozoq jamoasidan soʻng Rossiyaning asosan havaskor jamoalarida toʻp surdi.

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng u „Presnya“ va „Obninsk“ klublarida murabbiylar shtabida faoliyat olib bordi, Sergey Kolotovkin taklifiga koʻra Serpuxovdagi „Lokomotiv-M“ jamoasida yordamchi murabbiy vazifasida ishladi.

2005-yil may oyida daryoda choʻmilganidan soʻng u ogʻir kasal boʻlib qoldi, ikki marta kasalxonaga borishdan bosh tortdi[1]. 1-iyun kuni u 37 yoshida ikki tomonlama zotiljam kasalligidan vafot etdi[2]. U Xovanskiy qabristoniga dafn etilgan[3].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir