Doʻmbirobod mahallasi

Do'mbirobod mahallasi
Mamlakat O'zbekiston
Tuman Chilonzor

Chilonzor tumanidagi mahalla. „Katta Do'mbirobod“, „Katta Xozirobod“, „Tirsakobod“ mahallalari bilan chegaradosh. 2003 y.

Tarixi tahrir

„Kichik Do'mbirobod“ nomi bilan tashkil etilgan, 2007 yildan xozirgi nomda. Mahalla nomi o'z tarixiga ega. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida bu hududdan Qonqus, Shirin, Darxon ariqlari oqib o'tgan bo'lib, shahardagi „Beshyog'och“, „Guliston“, „Chaqar“ mahallalarining aholisi bu yerlarni obod etib, bog'-xovlilar barpo etishgan. Rivoyat qilinicha, Mirsalim (Mirsoat) ismli qassob bu yerlarga birinchilardan bo'lib kelib, daraxtlar ekkan, choyxona tashkil qilgan. U kishi quvnoq va qorni do'mbiradek kattaligi uchun laqabi „do'mbira“ bo'lgan. Bu yerda barpo etilgan qishloqni xalq Do'mbirobod deb atay boshlagan.

Aholisi tahrir

Aholisi 7920 kishi, asosan, o'zbeklar, shuningdek 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2008).

Binolar tahrir

Mahalla hududida 2ta o'rta maktab, 2ta bolalar bog'chasi, dorixonalar, savdo do'konlari, oshxonalar bor, bolalar sport majmuasi, militsiya tayanch punkti qurilgan. 2-jaxon urushi qatnashchisi Usmonxoji Abdullaev mahallaga 43 yil raislik qilgan.