Doʻmbirobod mahallasi
Doʻmbirobod mahallasi – Chilonzor tumanidagi mahalla. Katta Doʻmbirobod, Katta Xozirobod, Tirsakobod mahallalari bilan chegaradosh. 2003 y.
Doʻmbirobod mahallasi | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Tuman | Chilonzor |
Tarixi
tahrirKichik Doʻmbirobod nomi bilan tashkil etilgan, 2007-yildan hozirgi nomda. Mahalla nomi oʻz tarixiga ega. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida bu hududdan Qonqus, Shirin, Darxon ariqlari oqib oʻtgan boʻlib, shahardagi Beshyogʻoch, Guliston, Chaqar mahallalarining aholisi bu yerlarni obod etib, bogʻ-hovlilar barpo etishgan. Rivoyat qilinicha, Mirsalim (Mirsoat) ismli qassob bu yerlarga birinchilardan boʻlib kelib, daraxtlar ekkan, choyxona tashkil qilgan. U kishi quvnoq va qorni doʻmbiradek kattaligi uchun laqabi „doʻmbira“ boʻlgan. Bu yerda barpo etilgan qishloqni xalq Doʻmbirobod deb atay boshlagan.
Aholisi
tahrirAholisi 7920 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2008).
Binolar
tahrirMahalla hududida 2 ta oʻrta maktab, 2 ta bolalar bogʻchasi, dorixonalar, savdo doʻkonlari, oshxonalar bor, bolalar sport majmuasi, militsiya tayanch punkti qurilgan. 2-jahon urushi qatnashchisi Usmonxoji Abdullaev mahallaga 43 yil raislik qilgan.