Doʻstmurod Saidmurodov
Doʻstmurod Saidmurodov (1931-yil 2-fevral, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2021-yil 5-iyul, Dushanbe, Tojikiston) – davlat arbobi, oʻqituvchi, sharqshunos, tarix fanlari nomzodi, dotsent, professor. Tojikistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Tojikiston Fanlar akademiyasi aʼzosi.
Doʻstmurod Saidmurodov | |
---|---|
Tavalludi |
20-fevral, 1931-yil |
Vafoti |
5-iyul, 2021-yil Dushanbe, Tojikiston |
Fuqaroligi | SSSR→ Tojikiston |
Hayoti
tahrirDoʻstmurod Saidmurodov 1931-yil 2-fevral kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktab taʼlimini olgach, 1945-yili Samarqand davlat universitetiga oʻqishga qabul qilingan. Ushbu oliygohni 1949-yili muvaffaqiyatli tamomlagan.
U 1951-yildan 1953-yilgacha Samarqand shahridagi Qizil qalʼa mahallasidagi maktabda tarix fanidan dars bergan. Doʻstmurod Saidmurodov 1958-yildan 1960-yilgacha Tojikiston fanlar akademiyasining sharqshunoslik boʻlimi xodimi sifatida faoliyat yuritgan. 1960-yilda esa Rossiya fanlar akademiyasining sharqshunoslik institutining aspirantura bosqichiga oʻqishga qabul qilingan. Doʻstmurod Saidmurodov 1963-yili Afgʻonistonning Jalolobod shahridagi qurilish boʻlimida tarjimon sifatida faoliyatini davom ettirgan[1]. U 1963-yildan 1965-yilgacha Dushanbe markaziy Kommunistik maktabida tarix fanidan dars bergan. 1969-yildan 1972-yilgacha Tojikiston sotsialistik partiyasida masʼul xodim boʻlib ishlagan. Doʻstmurod Saidmurodov 1980-yildan 1983-yilgacha Afgʻoniston Respublikasidagi partiyalarning birida diplomat sifatida faoliyat yuritgan. U 1983-yil Tojikiston davlat sharqshunoslik instituti rektori etib tayinlangan. 1985-yildan 1986-yilgacha Tojikiston davlat televideniyesidagi „Axborot“ dasturida teleboshlovchilik qilgan[2]. U koʻplab ilmiy ishlar va maqolalar muallifi. Ilmiy maqolalari Moskva, Sankt Peterburg, Toshkent, Tehron, Qobul va Praga shaharlarida chop etilgan[3].
Doʻstmurod Saidmurodov 2021-yil 5-iyul kuni Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Дӯстмурод Саидмуродов“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Дӯстмурод Саидмуродов“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
- ↑ Aslho va naslho. – Dushanbe, 2013, – Dushanbe,2013, – S. 121. – 184 c. – ISBN 978-99947-958-2-6