Dogʻman

oʻzbek xonandasi Komiljon Otaniyozov ijro etgan qoʻshiq

Dogʻman“ — oʻzbek xonandasi Komiljon Otaniyozov ijro etgan qoʻshiq. Ashula musiqasini Noqis muxammasiga[1] Otaniyozovning oʻzi bastalagan[manba kerak]. „Dogʻman“ Otaniyozov repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biri boʻlib, xonandaga katta shuhrat olib kelgan. Tarona XX asrda bastalangan eng taniqli oʻzbekcha qoʻshiqlarning biri boʻlib, yillar davomida oʻnlab xonanda uni ijro etgan.

„Dogʻman“
Komiljon Otaniyozov qoʻshigʻi
Janr anʼanaviy musiqa
Davomiyligi 4:30
Matn muallif(lar)i Noqis
Bastakor(lar) Komiljon Otaniyozov

„Dogʻman“ qoʻshigʻini bir necha xonanda, jumladan Tavakkal Qodirov, Fahriddin Umarov, Olmaxon Hayitova, Abdulhay Karimov, Jahongir Otajonov, Shuhrat Qayumov va boshqalar kaver qilgan. Ular orasida Qodirov va Otajonov ijrosidagi versiyalar katta shuhrat qozongan. Tanqidchilar Otajonov ijrosidagi estrada janridagi kaverni ijobiy baholagan[2]. Qayumov ham taronani zamonaviy uslubdagi aranjirovka bilan ijro etgan[3].

Ayrim oʻzbekcha manbalarda „Dogʻman“ qoʻshigʻi matniga asos boʻlgan muxammasni Komil Xorazmiy yozgani iddao qilingan[4], ammo bu notoʻgʻri maʼlumot.

Manbalar

tahrir
  1. „Ноқис (1860-1929)“. Ziyouz (4-aprel 2013-yil). Qaraldi: 26-avgust 2022-yil.
  2. Ирзаев, Баҳром. Мустақиллик йилларида Ўзбекистонда мусиқа маданиятининг ривожланиши. Тошкент: Янги аср авлоди, 2015 — 144-bet. ISBN 978-9943-27-531-7. Qaraldi: 26-avgust 2022-yil. 
  3. „“Доғман” ремикс варианти Шуҳрат Қаюмов ижросида“. Popcorn.uz (17-iyun 2015-yil). Qaraldi: 26-avgust 2022-yil.
  4. „«Раъно»нинг қайтиши“. Ishonch (25-dekabr 2021-yil). 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2022-yil.

Havolalar

tahrir