Fahriddin Aslpoʻlat oʻgʻli Umarov (1926-yil 1-sentyabr, Qibray – 2007-yil 8-sentyabr) – xofiz, bastakor, shoir. Oʻzbekiston xalq xofizi.

Fahriddin Umarov

Maʼlumot
Tavallud topgan sanasi va joyi1-sentyabr 1926-yil
Qibray, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston
Vafot etgan sanasi va joyi8-sentyabr 2007-yil(2007-09-08)
(81 yoshda)
Yo'nalishiLirika
KasbiXofiz, Bastakor, Shoir
Faoliyat yillari19492007
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Fahriddin Aslpoʻlat oʻgʻli Umarov 1926-yil 1-sentyabrda Toshkent viloyati Qibray tumaning Qibray shaharchasida tugʻilgan. Yoshlik yillari qatagʻon davrlariga toʻgʻri kelib Ukraina hududlariga oilasi bilan surgun qilingan[1]. Onasi 32 yoshida oʻsha yerda kasallikdan vafot etgan. Dutor chalishni otasidan, skripka chalishni musiqa ustozi Rahimjon Ikromovdan oʻrgangan. Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilgan. Urushdan keyin Oʻzbekistonga qaytib kelgan.

Ilk musiqa saboqlarini otasidan, soʻng xofizlik sirlarini Asqar Ubaydullayev, Akmalxon va Boboxon Soʻfixonovlardan oʻrgangan. 1950–1953-yillarda Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan. 1946–1961-yillarda Oʻzbekiston radioqoʻmitasida, 1961–1986-yillarda Oʻzbek davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritgan.

Repertuaridan, asosan, kuylarni oʻzi bastalagan qoʻshiq va ashulalar – „Ishqingda zor oʻldim“ (Noqis gʻazali), „Naylaram“ (Xislat), „Jamoling“, „Sochining savdosi tushdi“ (Bobur), „Onam derman“ (Yo. Mirzo), „Qaydasan“ (Bobrahim Mashrab), „Oʻzbegim“ (Erkin Vohidov), „Ey, muhabbat“ (Poʻlat Moʻmin), „Umr oʻtmoqda“ (Toʻra Sulaymon), shuningdek, mumtoz („Chorgoh“, „Bayot“ kabi) va zamonaviy bastakorlar ashulalari („Munojot“, „Sodirxon Ushshogʻi“ va boshqalar) oʻrin olgan. Uzoq yillik ijodiy faoliyati natijasida 400 dan ortiq qoʻshiqlar yaratgan[2]. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonojamgʻarmasiga, 20 dan ortiq gramplastinkaga yozilgan. Fahriddin Umarov 2007-yil 8-sentyabrda vafot etgan[3].

Qoʻshiqlari
Yil Nomi Shoir Bastakor
Ishqingda zor oʻldim Noqis
Naylaram Xislat
Jamoling Bobur
Sochining savdosi tushdi
Onam derman Yo. Mirzo
Qaydasan Bobrahim Mashrab
Oʻzbegim Erkin Vohidov
Ey, muhabbat Poʻlat Moʻmin
Umr oʻtmoqda Toʻra Sulaymon
Falak
Yona-yona keldim
18 ga kirmagan kim bor
Moʻminga shifo
Farzandim
Iltimosga kuning qolmasin
Xalqim

Oilasi

tahrir
  • Jamoliddin Umarov – oʻgʻli[4]. Jamoliddindan tashqari yana 5 nafar farzandi bor.

Unvon va mukofotlari

tahrir

Xotirasi

tahrir
  • 2021-yil Qibray tumani „Doʻrmon“ madaniyat saroyida „Meni yod et“ deb nomlangan xotira kechasi oʻtkazildi[4].
  • 2021-yilda Toshkent viloyat markazida Faxriddin Umarov nomidagi sanʼat ijod maktabini tashkil etish toʻgʻrisida prezident Sh. Mirziyoyev qarori imzolangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Toshkent viloyatida yangi teatr va Faxriddin Umarov nomidagi ijod maktabi quriladi“ (2021-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 3-avgust.
  2. 2,0 2,1 2,2 Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (14-sentyabr 2007-yil). „Фахриддин Умаров“. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati. № 37. 5-bet. Qaraldi: 2-avgust 2024-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. "Umarov Faxriddin Asilpoʻlat oʻgʻli" OʻzME. U-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. 4,0 4,1 „Oʻzbekiston xalq hofizi Faxriddin Umarov xotirlandi“. yuz.uz (30 noyabr 2021). Qaraldi: 2-avgust 2024-yil.
  5. „O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi“. kun.uz. Qaraldi: 2-avgust 2024-yil.