Doniyol otaliq madrasasi

(Doniyolbiy madrasasidan yoʻnaltirildi)


Doniyol otaliq madrasasi (Doniyolbiy madrasasi) — meʼmoriy yodgorlik. Oʻzbek hukmdori Muhammad Doniyolbiy otaliq donatorligida 1770-yillarda bunyod etilgan bir qavatli madrasa. Manbalarda qorixona deb ham nomlangan. Bahouddin Naqshband ziyoratgohi hududida Mozori sharif oliy madrasasidan keyin bunyod etilgan ikkinchi madrasa edi[1].

Madrasa
Doniyol otaliq madrasasi
Doniyol otaliq madrasasi
Doniyolbiy madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Tuman Kogon tumani
Manzil Qasri Orifon qishlogʻi
Bahouddin Naqshband majmuasi
Mulkdor Davlat mulki.
Madrasa turi Kichik
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Muhammad Doniyolbiy otaliq
Homiylar Muhammad Doniyolbiy otaliq
Asosiy sana:
1770-yillar
Maqomi davlat himoyasida
Holati Naqshbandiya tariqati muzeyi
Hujralar soni 10 ga yaqin
Qurilish materiali Pishiq gʻisht, ganch
Sayt Rasmiy sayt

Oʻzbekistonning Buxoro viloyati, Kogon tumani, Qasri Orifon qishlogʻi, Bahouddin Naqshband majmuasida joylashgan. Doniyol otaliq madrasasi bizgacha bus butun holda yetib kelgan boʻlib[2], Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga «Madrasa (Bahouddin Naqshband majmuasi)» nomi ostida kiritilgan — davlat himoyasiga olingan[3].

Hozirda muzeybop qilib qurilmagan ushbu madrasada, ilgarigi binosi arzimas vajlar bilan buzib tashlangan va qayta tashkil etilgan, Naqshbandiya tariqati muzeyi faoliyat yuritib kelmoqda[4].

Arxiteturasi

tahrir

Pishiq gʻishtdan bir qavatli qilib qurilgan Doniyol otaliq madrasasi bizgacha bus butun holda yetib kelgan. Madrasaning ichkari hovlisi 8 burchakli boʻlib, 10 ga yaqin aylanma hujralardan tashkil topgan. Madrasaga gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi va miyonsaroy zinalari orqali uning tepa qismiga koʻtarilish mumkin. Madrasa eshiklari tor va 2 tabaqali, pastak qilib qurilgan. Sharq madaniyati anʼanalariga binoan hujra eshiklariga talaba kelgach, boshini egib, taʼzim holatida kirishi kerak. Bu avvalo ustozga, ilm dargohi — madrasaga hurmat boʻlsa, ikkinchidan shogirdlarga hamisha axloqning ilk belgisi salomni eslatib turgan[2].

Naqshbandiya tariqati muzeyi

tahrir

Naqshbandiya tariqati muzeyi — dastavval Bahouddin Naqshbandning 675-yilligi munosabati bilan 1993-yilda Buxoro muzey-qoʻriqxonasi tarkibida Bahouddin Naqshband majmuasida muzey va Naqshbandiya tariqati kutubxonasi uchun maxsus barpo etilgan va juda katta mablagʻ evaziga qad rostlagan binoda tashkil etilgan. Keyinchalik muzey va kutubxona binosi arzimas vajlar bilan buzib tashlangan. 200 ga yaqin muzey eksponatlari muzeybop qilib qurilmagan Doniyolbiy otaliq madrasasiga koʻchirilib, shu yerda muzey koʻrgazmasi qayta tashkil etilgan. Naqshbandiya tariqati kutubxonasi esa boshpanasiz qolgan[5].

Muzeyning mashhur eksponatlari

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir
Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 18-iyul, 2022-yil(2022-07-18) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Adabiyot

tahrir
  • Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2. 
  • Yoʻldoshev N., Bobojonov Sh.. Bahouddin Naqshband tarixiy-meʼmoriy majmuasi. Toshkent: Navroʻz, 2019 — 116-bet. ISBN 978-9943-5655-8-6.