Edgar Patrício de Carvalho Pacheco
Edgar Patrício de Carvalho Pacheco (1977-yil 7-avgust, Luanda, Angola) – sobiq futbolchi. Angolada tugʻilgan boʻlsa-da, Portugaliya milliy terma jamoasi safida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Edgar Patrício de Carvalho Pacheco | ||
Tavallud sanasi | 7-avgust 1977-yil | ||
Tavallud joyi | Luanda, Angola | ||
Boʻyi | 1.86 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1990–1995 | Benfica | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1995–1998 | Benfica | 48 | (6) |
1997 | → Alverca | 16 | (2) |
1998 | Real Madrid | 0 | (0) |
1998–2007 | Málaga | 202 | (20) |
2003 | → Getafe | 19 | (1) |
2007–2008 | Boavista | 7 | (0) |
2008–2009 | Alki Larnaca | 12 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1993 | Portugal U15 | 4 | (2) |
1993–1994 | Portugal U16 | 21 | (3) |
1994 | Portugal U17 | 4 | (2) |
1994–1996 | Portugal U18 | 11 | (1) |
1997–1998 | Portugal U20 | 11 | (2) |
1995–1999 | Portugal U21 | 25 | (3) |
2001 | Portugal B | 2 | (0) |
1998 | Portugal | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Edgar 18 yoshida „Benfika“ klubi safida oʻz debyut oʻyinini oʻtkazgan, klubda muntazam oʻynamagan va keyingi faoliyatining asosiy qismini Ispaniyada, „Málaga“ klubida oʻtkazgan.
Klubdagi faoliyati
tahrirEdgar Angolaning Luanda shahrida tugʻilgan, „Benfika“ klubi yoshlar akademiyasining tarbiyalanuvchisi boʻlgan. Edgar 1995-yil 26-avgustda 18 yoshida asosiy jamoada debyut oʻyini „Tirsense“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda oʻtkazgan[1]. Oʻsha uchrashuvda Edgar 45 daqiqa maydonada toʻp surgan va klubining 1:0 hisobidagi gʻalabasiga hissa qoʻshgan. Edgar oʻzining birinchi mavsumini 21 ta oʻyin va ikkita gol bilan yakunlagan. Edgar oʻz faoliyati davomida muntazam ravishda oʻyinga tushirilgan, ammo koʻpincha zaxiradan maydonga tushirilgan. Bundan tashqari, ikkinchi divizionda zahira jamoasi vazifasini bajargan „Alverca“ klubida olti oylik ijara asosida oʻynagan.
1998-yilning yozida Edgar Real Madrid klubiga oʻtgan, ammo La Ligada klub tarkibida oʻyin oʻtkazmagan[1]. Edgar keyingi sakkiz yilni Ispaniyada oʻtkazgan va asosan „Málaga“ klubida oʻynagan. Edgor 2002—2003-yilgi mavsumda ikkinchi divizionda toʻrt oy davomida „Getafe“ klubiga ijaraga berilgan edi[1][2].
Edgar Andalusiyaliklar tarkibida asosiy hujumchi sifatida oʻynagan. Edgar vatandoshlari Duda bilan toʻrt va Litos bilan besh mavsumni birga oʻtkazgan va oxir-oqibat barcha musobaqalarda jami 218 ta oʻyinda ishtirok etgan. Shuningdek, Edgar klubning birinchi mavsumidayoq oliy ligaga koʻtarilishiga hissa qoʻshgan[3][4][1].
Edgar 2007—2008-yilgi mavsumda Portugaliyaga qaytib kelgan va „Boavista“ klubi bilan muvaffaqiyatsiz mavsumni boshdan kechirgan. Edgar atigi yettita oʻyinda maydonga tushgan va klub qoidabuzarliklar tufayli Primeira Ligadan quyi ligaga tushib ketgan. Edgar Kiprning „Alki Larnaca“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Biroq, bir mavsumdan soʻng klubdan ketishga majbur boʻlgan va 31 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan[1].
Milliy terma jamoadagi faoliyati
tahrirEdgar Angolada tugʻilgan, uning otasi portugaliyalik onasi esa angolalik edi, yoshligida Portugaliyaga koʻchib oʻtgan. Edgar Portugaliya milliy terma jamoasi safida oʻynagan. Edgar Portugaliyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar safida 25 ta oʻyin oʻtkazgan va 1998-yil 19-avgustda Mozambikka qarshi asosiy tarkibda birinchi va oxirgi marta maydonga tushgan[1].
Keyinchalik, 2004-yil dekabr oyida Edgarning Angola milliy terma jamoasi tarkibida oʻynash uchun taqdim etgan arizasi rad etilgan, chunki Edgar allaqachon Portugaliya milliy terma jamoasi safida chiqish qilgan edi[5].
Yutuqlari
tahrirBenfica
- Taça de Portugal: 1995—1996
Malaga
- UEFA Intertoto kubogi: 2002-yil
- Segunda División 1998—1999
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Simões de Abreu, Alexandra. „Edgar: "Quando o Ayrton Senna morreu, estava no Europeu de sub-16 e tive de levantar-me da mesa para ir para o meu quarto chorar"“ (Portuguese). Expresso (15 1april 2018). Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
- ↑ „El Málaga ficha a Contreras y Edgar“ (Spanish). El País (1999-yil 18-iyul). Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
- ↑ Montero, Mario. „Edgar y Duda, los pilares del Málaga del futuro“ (Spanish). Diario AS (2003-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-iyun.
- ↑ Malo, José L.. „El gol del Málaga lleva acento luso“ (Spanish). Diario AS (2003-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-iyun.
- ↑ Glesson. „Edgar seeks Angola switch“. BBC Sport (2004-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 5-avgust.