Edgars Rinkēvičs

Latviyaning 11-prezidenti

Edgars Rinkēvičs (talaffuzi: Edgar Rinkevich; 1973-yil 21-sentyabrda tugʻilgan) – latviyalik davlat amaldori va siyosatchisi, 2023-yil iyulidan buyon Latviyaning oʻnbirinchi va amaldagi prezidenti. U bungacha 2011–2023-yillarda Latviya Tashqi ishlar vaziri, Latviya Prezidenti devonining rahbari, Mudofaa vazirligi shtat kotibi, shuningdek Saeima parlamenti deputati lavozimlarida ishlagan.

Edgars Rinkēvičs

Rinkēvičs 2023-yilda
Latviyaning 11-prezidenti
Mansab davri
2023-yil 8-iyul
Bosh vazir Krišjānis Kariņš
Evika Siliņa
Oʻtmishdoshi Egils Levits
Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
2011-yil 25-oktyabr – 2023-yil 8-iyul
Bosh vazir Valdis Dombrovskis
Laimdota Straujuma
Māris Kučinskis
Krišjānis Kariņš
Oʻtmishdoshi Ģirts Valdis Kristovskis
Vorisi Krišjānis Kariņš
Yevropa Kengashi Vazirlar Qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2023-yil 17-may – 2023-yil 8-iyul
Oʻtmishdoshi Þórdís Kolbrún R. Gylfadóttir
Vorisi Krišjānis Kariņš
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-sentyabr 1973-yil (1973-09-21) (50 yosh)
Yurmala, Latviya SSR, Sovet Ittifoqi
(hozirgi Yurmala, Latviya)
Siyosiy partiyasi Latvian Way (1998–2004)
Reform Party (2012–2014)
Unity (2014–2023))
Taʼlim Latviya universiteti
Dwight D. Eisenhower nomidagi Milliy xavfsizlik va resurslar strategiyasi maktabi

Prezident lavozimiga kirishgach, Rinkēvičs Yevropa Ittifoqi davlatidagi birinchi ochiq gey davlat rahbari boʻldi[1]. Rinkēvičs prezident boʻlgunga qadar 2014-yil may oyidan beri „Latvian Way“, „Reform Party“ va „Unity“ partiyalari vakili boʻlgan. U prezident etib saylanganidan keyin „Unity“ni tark etdi, chunki Latviyada odatda prezidentlardan siyosiy betaraflikni saqlab qolishlari kutiladi.

Yoshligi va taʼlimi

tahrir

Rinkēvičs Latviya SSRning Yurmala shahrida tugʻilgan, oʻrta maktabni 1991-yilda tamomlagan[2]. Oʻrta maktabni tugatgach, u Latviya universitetining Tarix va falsafa fakultetida 1995-yilda bakalavr darajasini qoʻlga kiritgan. Shu bilan birga, 1994– va 1995-yillarda Niderlandiyaning Groningen universitetida Siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar fakultetida tahsil olgan va 1995-yilda oʻqishni tamomlagan[3]. 1997-yilda siyosatshunoslik boʻyicha magistrlik darajasini[4], soʻngra 2000-yilda Milliy xavfsizlik va resurslar strategiyasi boʻyicha Dwight D. Eisenhower maktabida ikkinchi magistrlik darajasini oldi[2][5].

Faoliyati

tahrir

1993– va 1994-yillarda Rinkēvičs oʻqish davri davomida Latviya radiosida tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar boʻyicha jurnalist boʻlib ishlagan[6]. 1995-yilda u Mudofaa vazirligining Siyosat boʻlimida katta referent lavozimini egalladi va 1996-yil martigacha bu vazifani bajardi. Rinkēvičs Davlat kotibining mudofaa boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlanishidan avval 1996-yil sentyabr oyigacha Siyosat boʻlimi rahbari sifatida faoliyat olib bordi[7]. 1997-yil may oyida u Mudofaa boʻyicha Davlat kotibi vazifasini bajaruvchi boʻldi, 1997-yil avgustida Mudofaa boʻyicha bosh Davlat kotibi boʻlishdan oldin, Rinkēvičs 2008-yilning oktyabrigacha bu vazifani bajargan[7].

 
Rinkevičs Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Toshimitsu Motegi bilan, 2021-yil 2-iyul

1998–2004-yillarda Rinkēvičs „Latvian Way“ partiyasining aʼzosi boʻlgan[7]. 1998-yil fevral oyida u AQSh-Boltiqboʻyi hamkorlik nizomini muhokama qilishda ishtirok etdi va 2002-yildan 2003-yilgacha Latviya delegatsiyasi rahbarining oʻrinbosari sifatida NATOga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralar olib borayotgan Latviya delegatsiyasi aʼzosiga aylandi[7]. Oʻsha yilning oktyabr oyida Rinkēvičs Valdis Dombrovskisning uchinchi kabinetiga Tashqi ishlar vaziri sifatida qoʻshildi. Dastlab mustaqil faoliyat olib borib, 2012-yil yanvarida Zatlers islohot partiyasiga qoʻshilgan[8]. 2014-yil may oyida Rinkēvičs „Unity“ partiyasiga qoʻshildi[9].

 
Rinkevičs AQSh Davlat kotibi Antony Blinken bilan, 2022-yil 7-mart

2014-yilda Dombrovskis kabineti isteʼfoga chiqqanidan soʻng u Laimdota Straujumaning birinchi kabinetida vazirlik rolini davom ettirdi. 2014-yilda Rinkēvičs parlament saylovlarida qatnashdi va parlamentga saylandi, shuningdek, Tashqi ishlar vaziri lavozimiga yana tasdiqlandi[6]. U 2016–2019-yillarda Kučinskis kabinetida va 2019–2023-yillarda Kariņš kabinetida Tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan.

 
Rinkēvičs Isroil prezidenti Isaac Herzog bilan Quddusda uchrashdi, 2023-yil 20-noyabr

2020-yil sentyabr oyida Rinkēvičs Isroil va Bahrayn oʻrtasida toʻliq diplomatik munosabatlar oʻrnatilishi haqidagi xabarni olqishlaganini aytdi[10]. U, shuningdek, Togʻli Qorabogʻdagi bahsli mintaqada harbiy harakatlar avj olganiga chuqur xavotir bildirib, Armaniston hamda Ozarbayjonni janglarni zudlik bilan toʻxtatishga va bu muammoni tinch yoʻl bilan hal qilish yoʻlida harakat qilishga chaqirdi[11].

Prezidentlik (2023-yildan hozirgacha)

tahrir

Rinkēvičs 2023-yil 31-mayda Latviya prezidenti etib saylangan[12]. U 2023-yilning 8-iyulida prezidentlik lavozimini egallagan[13].

2023-yil 20-noyabrda Rinkēvičs Isroil-Hamas urushi paytida mamlakat bilan birdamligini bildirish uchun Isroilga tashrif buyurdi[14].

2023-yil 15-dekabrda Rinkēvičs Riga qal’asida Kanada Mudofaa vaziri Bill Blair bilan uchrashib, ikki davlat oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni, ayniqsa, mudofaa va xavfsizlik siyosati sohalarini muhokama qildi[15].

Shaxsiy hayoti

tahrir

2014-yil 6-noyabrda Rinkēvičs Twitterdagi profilida oʻzining gomoseksual ekanligini eʼlon qildi va bu bilan Latviyada gomoseksualligini eʼlon qilgan birinchi siyosatchiga aylandi[16][17]. 2023-yilda Latviya prezidenti etib saylangan Rinkēvičs Yevropa Ittifoqi davlatidagi birinchi ochiq gey davlat rahbari va har qanday davlatning birinchi ochiq gey prezidenti boʻldi[18][1]. Shuningdek u latish tilidan tashqari ingliz, rus va fransuz tillarini yaxshi biladi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „EU's First Openly Gay Head of State Elected by Latvian Assembly“ (en). Bloomberg.com (2023-yil 31-may). Qaraldi: 2023-yil 31-may.
  2. 2,0 2,1 Barkāns, Elmārs „Pilī jaunas asinis – Edgars Rinkēvičs“ (lv). TV NET (2008-yil 13-oktyabr). 2021-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-mart.
  3. „Par uzticības izteikšanu Ministru kabinetam“ (lv). Saeima (2011-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 2-mart.
  4. Mission, The Eisenhower School, National Defense University, United States Department of Defense, Fort McNair, Washington, District of Columbia, accessed 6 February 2015.
  5. „Minister for Foreign Affairs – Edgars Rinkēvičs“ (en). Cabinet of Ministers of the Republic of Latvia. 2021-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-mart.
  6. 6,0 6,1 Kroet, Cynthia „Edgars Rinkēvičs: Latvia's foreign minister“. POLITICO Europe (2014-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 18-dekabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 „Ārlietu ministra amata kandidāta Edgara Rinkēviča biogrāfija“ (lv). LETA. TV NET (2011-yil 24-oktyabr).
  8. „Ārlietu ministrs Rinkēvičs iestājas ZRP“ (lv). Delfi (2012-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 2-mart.
  9. „Astoņi RP politiķi iestājas "Vienotībā" (papild.)“ (lv). ir (2014-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 2-mart.
  10. Rinkēvičs, Edgars [@edgarsrinkevics]. „I welcome the news about the establishment of full diplomatic relations between #Israel and #Bahrain, it will foster peace and stability in the region. I applaud the role of the United States for efforts to facilitate the normalisation of Israel-Bahrain relations“ (2020-yil 12-sentyabr).
  11. „Lithuanian, Latvian FMs concerned over Armenia's large-scale provocation against Azerbaijan“ (2020-yil 27-sentyabr). 2020-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  12. „Edgars Rinkevics elected president of Latvia“ (en). Reuters (2023-yil 31-may). Qaraldi: 2023-yil 31-may.
  13. „President Edgars Rinkēvičs takes oath of office“ (en). Public Broadcasting of Latvia (2023-yil 8-iyul). Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
  14. „President Rinkēvičs visits Israel and West Bank“. LSM.lv (2023-yil 20-noyabr).
  15. „President of Latvia: we will ensure full host nation support for increase of Canadian Armed Forces in Latvia“ (lt). Delfi EN. Qaraldi: 2023-yil 16-dekabr.
  16. „Foreign Minister 'Proud to be gay'“. Public Broadcasting of Latvia (2014-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 6-noyabr.
  17. „Latvia's foreign minister comes out as gay“ (en-GB). The Guardian. Agence France-Presse (2014-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 6-aprel.
  18. Potts, Andrew „Latvia's Foreign Minister Edgars Rinkevics has come out as gay on Twitter“. Gay Star News (2014-yil 7-noyabr). 2014-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-noyabr.

Havolalar

tahrir