Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Nzalang Femenino nomi bilan mashhur Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2000-yildan beri ayollar futboli xalqaro musobaqalarida Ekvatorial Gvineya sharafini himoya qilib kelmoqda. Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Ekvatorial Gvineyadagi futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Ekvatogvineya Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasining umumiy natijalariTahrirlash
2008-yilda ayollar futboli bo‘yicha Afrika chempionatida Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalda yetti karra chempion Nigeriya ayollar terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etishdi. Finalda Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasiJanubiy Afrika ayollar terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etib chempionlikni qo‘lga kiritishdi. Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasi Nigeriya ayolllar terma jamoasidan tashqari ayollar futboli boʻyicha Afrika chempionatida gʻolib chiqqan birinchi davlat boʻldi. Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ham oʻynashdi.
Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi Afrika ayollar chempionatida Janubiy Afrika ayollar terma jamoasiga qarshi finalda 4:0 hisobida gʻalaba qozongan.
Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasi Afrika Futbol Konfederatsiyasidan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chiqish huquqini qoʻlga kiritgan uchinchi ayollar jamoasi hisoblanadi (shu vaqtga qadar jami oltita terma jamoa chiqa olgan)dir (Qolganlari: Nigeriya, Gana, Kamerun, Kot-d’Ivuar va Janubiy Afrika Respublikasi ayollar terma jamoalari)[1].
TarixiTahrirlash
Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2007-yil 18-fevralda Olimpiada o‘yinlari saralashida Janubiy Afrika ayollar terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etishdi, ammo javob o‘yinida 4:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. 2008-yilgi ayollar futboli boʻyicha Afrika chempionatida (Gvineya mezbonlik qilgan) Kamerun, Kongo va Mali ayollar terma jamoalari boʻlgan A guruhidan magʻlubiyatsiz oʻtishdi. Yarim finalda Nigeriya ayollar terma jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etishdi va Janubiy Afrika ayollar terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritishdi. Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasi Nigeriyadan tashqari ayollar futboli boʻyicha Afrika chempionatida gʻolib chiqqan birinchi (va hozirgacha yagona) davlat boʻldi. Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida xalqaro turnirda debyut qilishdi va guruh bosqichidagi uchta oʻyinda Norvegiya, Avstraliya va Braziliya ayollar terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda magʻlub boʻlishdi.
2012-yilda Ekvatorial Gvineya 2012-yilgi Afrika ayollar chempionatiga mezbonlik qildi va va unda gʻolib chiqdi. Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalda Kamerun ayollar terma jamomasiga qarshi oʻyinda 2:0, finalda esa Janubiy Afrikaga qarshi oʻyinda 4:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.
Jade Bohoni (Ispaniyadan) almashtirmasdan maydonga tushirgani uchun Ekvatorial Gvineya 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar futboli turniridan diskvalifikatsiya qilindi[2].
Fuqarolikka qabul qilingan futbolchilar bilan bogʻliq muammolar (asosan Braziliyadan) sababli terma jamoa ayollar futboli boʻyicha 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlari[3] va 2019-yilgi Jahon chempionatidan chetlatilgan[4].
2006 va 2010-yillar oraligʻida Burkina-Fasolik aka-uka Bilguissa va Salimata Simpore Ekvatorial Gvineya terma jamoasida oʻynashgan (birinchisi markaziy himoyachi, ikkinchisi esa markaziy hujumchi sifatida). Taxminan 2011-yil aprel oyida ularni Jahon chempionatida ishtirok etishdan bir necha oy oldin braziliyalik murabbiy Marselo Frijerio terma jamoadan chiqarib tashladi[5].
Jamoa tasviriTahrirlash
LaqabiTahrirlash
Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol jamoasi „Nzalang Femenino“ nomi bilan tanilgan.
Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabiTahrirlash
Hozirgi murabbiylar shtabiTahrirlash
Lavozim | Ism | Man. |
---|---|---|
Bosh murabbiy | Boʻsh |
Bosh murabbiylar tarixiTahrirlash
Ismi | Murabbiylik davri | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Gʻalaba
koʻrsatkichi |
---|---|---|---|---|---|---|
Jan-Pol Mpila | 2018-2022-yillar | 0 | 0 | 0 | 0 | 00,0% |
Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilariTahrirlash
Hozirgi tarkibTahrirlash
2021-yil 9-fevralda 2022-yilgi Afrika ayollar kubogi saralash bosqichida (ikkinchi bosqich) quyidagi futbolchilar Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan[6].
Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlariTahrirlashEng koʻp maydonga tushgan futbolchiTahrirlash
Eng yaxshi toʻpurarTahrirlash
Ekvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalariTahrirlashChempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiTahrirlash
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Ekvatorial Gvineya ayollar terma jamoasining oʻyinlar tarixiTahrirlash
Olimpiada oʻyinlariTahrirlash
Afrika ayollar millatlar kubogiTahrirlash
Afrika oʻyinlariTahrirlash
MintaqaviyTahrirlashUNIFFAC ayollar kubogiTahrirlash
Turkiya ayollar kubogiTahrirlashEkvatorial Gvineya ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlariTahrirlashMintaqaviyTahrirlash
HududiyTahrirlash
Yana qarangTahrirlashManbalarTahrirlash
HavolalarTahrirlashAndoza:S-sports
|