Elektron sxema - bu qandaydir vazifani bajarish uchun o'zaro ulangan rezistorlar, kondansatorlar, diodlar, tranzistorlar va integral mikrosxemalar kabi individual elektron komponentlarning kombinatsiyasi bo'lgan mahsulot yoki shartli belgili sxema ( chizma ).

Intel 8742 integral sxemasi, 8-bitli mikrokontroller, jumladan protsessor, 128 bayt operativ xotira, 2048 bayt EPROM va kiritish /chiqarish portlari .
Elektron sxemali bosilgan elektron plata .

Komponentlarning turli kombinatsiyasi sizga ko'plab oddiy va murakkab operatsiyalarni bajarishga imkon beradi. Masalan, signalni kuchaytirish, ma'lumotni qayta ishlash, uzatish va boshqalar [1] Diskret komponentlar asosidagi elektron sxemalar , shuningdek integral mikrosxemalar bir yarimo'tkazgich kristalida juda ko'p turli komponentlar birlashmasidan tashkil topgan bo'ladi.

Elementlar orasidagi ulanishlar simlar orqali amalga oshirilishi mumkin, ammo endi bosma platalar ko'p ishlatiladi. Ularda izolyatsion asos(taglik)da turli usullar bilan (masalan, fotolitografiya ), o'tkazuvchan yo'llar va kontakt yostiqchalari hosil qilinadi.[2] .

Elektron sxemalarni ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish uchun va kerak bo'lganda elektron sxemaga tezda o'zgartirishlar kiritishga imkon beradigan maketli platalar qo'llaniladi.

Elektron sxemalarni loyihalash va yaratishni o'rganadigan elektronika bo'limi sxemotexnika deb ataladi.

Tasnifi (Классификация)Tahrirlash

Umuman olganda, elektron sxemalar quyidagilarga bo'linadi:

Analog sxemalarTahrirlash

 
Oddiy kuchaytirgichning sxemasi analog sxema misolida.
 
Batareya, rezistor va ulash simlarini o'z ichiga olgan oddiy sxema. Ohm va Kirchhoff qonunlarini elektr zanjirini hisoblashda qo'llashni ko'rsatadi.

Analog elektron sxemalarda ma'lum bir turdagi ma'lumotlarni aks ettiruvhci kuchlanish va tok vaqt o'tishi bilan uzluksiz o'zgaradi. Analog sxemalarda ikkita asosiy tushuncha mavjud: ketma- ket va parallel ulanishlar. Archa chiroqlari shodasi ketma-ket ulanish bo'lib zanjirning barcha tarkibiy qismlaridan bir xil tok o'tadi. Parallel ulanganda, barcha komponentlarning qutblarida bir xil elektr kuchlanish hosil bo'ladi, lekin komponentlar orqali o'tuvchi toklar farqlanadi: umumiy oqim komponentlarning qarshiligiga ko'ra taqsimlanadi.

Analog qurilmalarni yaratish uchun asosiy elementlar rezistorlar (qarshiliklar), kondansatorler, induktiv g'altaklar, diodlar, tranzistorlar va ulash o'tkazgichlari hisoblanadi. Odatda, analog sxemalar prinsipial sxemalar shaklida taqdim etiladi. Har bir elementga standart belgi beriladi: masalan, o'tkazgichlar chiziqlar, rezistorlar to'rtburchaklar va boshqalar bilan ko'rsatilgan.

Elektr zanjirlari Kirchhoff qonunlariga bo'ysunadi :

  • sxemaning istalgan tugunidagi toklarning algebraik yig'indisi nolga teng;
  • har qanday yopiq konturdagi kuchlanish tushuvlari algebraik yig'indisi shu konturdagi EYuK larning algebraik yig'indisiga teng bo'ladi. Agar konturda EYuK bo'lmasa, u holda umumiy kuchlanish tushuvi nolga teng bo'ladi.
  • Haqiqiy zanjirlarni tahlil qilishda parazit elementlarni hisobga olish kerak: masalan, ulash o'tkazgichlari qarshilik va induktivlikka ega, bir nechta qo'shni o'tkazgichlar sig'im hosil qiladi va hokazo.

Raqamli sxemalarTahrirlash

Raqamli sxemalarda signal odatda mantiqiy yoki raqamli qiymatlarni kodlaydigan bir nechta turli xil diskret holatlarni qabul qilishi mumkin [3] . Aksariyat hollarda ikkilik (binar) mantiq ishlatiladi. Ma'lum bir kuchlanish qiymati mantiqiy birl, boshqasiga esa nolga teng deb olinadi. Raqamli sxemalarda tranzistorlar juda keng qo'llaniladi. Ular VA, YOKI, EMAS va ularning turli kombinatsiyalarni bajaruvchi mantiqiy katakchalar (shlyuzlar) dan quriladi. Shuningdek, tranzistorlar asosida triggerlar yaratiladi. Trigger bir nechta barqaror holatlardan birida bo'lishi mumkin bo'lgan va tashqi signal berilganda ular o'rtasida almashinish imkoniga ega element. Triggerdan xotira elementlari sifatida foydalanish mumkin: masalan, SRAM (Static Random Access Memory) ularga asoslangan. Xotiraning yana bir turi, DRAM, kondensatorlarning elektr zaryadini saqlash qobiliyatiga asoslangan.

Raqamli sxemalarni loyihalash va tahlil qilish shunday murakkablikdagi analog sxemalarga qaraganda ancha oson. Buning sababi shundaki, chiqishdagi mantiqiy hujayralar faqat ma'lum kuchlanish qiymatlarini ishlab chiqaradi va ishlab chiqaruvchilar analog qurilmalarni loyihalashda e'tiborga olinishi kerak bo'lgan buzilish, kuchaytirish, kuchlanishning o'zgarishi va boshqa jihatlar haqida tashvishlanmaydi. Shu sababli, mantiqiy elementlar asosida elementlarning katta darajada integratsiyalashuviga ega bo'lgan, har birining narxi ahamiyatsiz bo'lgan milliardlab tranzistorlarni o'z ichiga olgan super murakkab sxemalar yaratilishi mumkin. Bu asosan zamonaviy elektronikaning rivojlanishini belgilab berdi.

Gibrid sxemalarTahrirlash

Gibrid sxemalar analog va raqamli sxemalar elementlarni birlashtish bilan tayyorlanadi. Boshqalar qatorida, bularga komparatorlar, multivibratorlar, PLLlar, DAClar, ADClar kiradi. Ko'pgina zamonaviy radio va aloqa qurilmalari gibrid sxemalardan foydalanadi. Misol uchun, radio qabul qilgich analog kuchaytirgich va chastota konvertoridan iborat bo'lishi mumkin, shundan so'ng signal keyingi ishlov berish uchun raqamli shaklga o'tkazilishi mumkin.

См. такжеTahrirlash

ПримечанияTahrirlash

  1. Charles Alexander and Matthew Sadiku (2004) (und). Fundamentals of Electric Circuits. McGraw-Hill. 
  2. Richard Jaeger (1997) (und). Microelectronic Circuit Design. McGraw-Hill. 
  3. John Hayes (1993) (und). Introduction to Digital Logic Design. Addison Wesley. 

СсылкиTahrirlash