Erk saodati

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub publitsistik maqolalar toʻplami

„Erk saodati“, toʻliq nomi „Saylanma. Erk saodati. 6-jild: Maqolalar, suhbatlar, sharhlar, xotiralar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub proza asarlar toʻplami. Yana yetti kitob – „Bahor tarovati“, „Yoz harorati“, „Kuz saxovati“, „Qish halovati“, „Qalb sadoqati“ asarlaridan hamda ikki jild badiiy tarjimalardan iborat „Toʻla asarlar toʻplami“ deb nomlangan sakkiz jildli toʻplamning oltinchi jildi. 2018-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan.[1] Toʻplamga muallif Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin yozgan publitsistik asarlari kiritilgan.

Saylanma. Erk saodati. 6-jild: Maqolalar, suhbatlar, sharhlar, xotiralar
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i maqolalar, suhbatlar, sharhlar, xotiralar
Nashriyot „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2018
Sahifalar soni 312
ISBN ISBN 978-9943-26-774-9
Avvalgisi „Qalb sadoqati“

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Mirzo Kenjabek – nashrga tayyorlovchi, Nosirjon Joʻrayev – mas’ul muharrir, Feruza Basharova – badiiy muharrir va dizayner, Mastura Atxamova – sahifalovchi, Sharofat Xurramova – musahhih. Kitob adadi – 2 000 nusxa.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Saylanma, 6-jild, IPAK „Sharq““. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr. [sayt ishlamaydi]