Yoz harorati

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub asarlar toʻplami

„Yoz harorati“, toʻliq nomi „Saylanma. Yoz harorati. 2-jild“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy asarlar toʻplami. Yana yetti kitob — „Bahor tarovati“, „Kuz saxovati“, „Qish halovati“, Qalb sadoqati", „Erk saodati“ asarlaridan hamda ikki jild badiiy tarjimalardan iborat „Toʻla asarlar toʻplami“ deb nomlangan sakkiz jildli toʻplamning ikkinchi jildi. 2015-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan. Toʻplamga kiritilgan ilk toʻrt kitob umrning toʻrt faslini ifoda etuvchi asarlarni oʻzida jamlagan boʻlib, ikkinchi jild yoz fasli va boʻlalikdan keyingi umrga bagʻishlangan.[1]

Saylanma. Yoz harorati. 2-jild
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar, dostonlarlar va pyesa
Nashriyot „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2015
Sahifalar soni 416
ISBN ISBN 978-9943-26-165-5
Avvalgisi „Bahor tarovati“
Keyingisi „Kuz saxovati“

Toʻplamga muallif Kanada, Hindiston va Vengriyaga qilgan sayohatlari davomida yozgan sheʼrlar hamda „Ruhlar isyoni“ dostoni, „Ikkinchi tumor“ komediyasi hamda Rasul Hamzatovning „Dogʻistonim“ asari tarjimasi kiritilgan. Toʻplamga kiritilgan sheʼrlar „Iltijo“, „Tirik sayyoralar“ hamda „Sharqiy qirgʻoq“ turkumlariga boʻlingan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Saylanma 2-jild. Yoz harorati, IPAK „Sharq““. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr. [sayt ishlamaydi]

Havolalar tahrir