Esaboy (ruscha: Эсабай) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga asosan shaharcha maqomi berilgan[2].

Esaboy
ruscha: Эсабай
Shaharcha
39°01′27″N 65°30′19″E / 39.02417°N 65.50528°E / 39.02417; 65.50528 G OKoordinatalari: 39°01′27″N 65°30′19″E / 39.02417°N 65.50528°E / 39.02417; 65.50528 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Koson tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 75
Pochta indeks(lar)i 180618[1]
Esaboy ruscha: Эсабай xaritada
Esaboy ruscha: Эсабай
Esaboy
ruscha: Эсабай

Etimologiyasi tahrir

Shaharcha nomidagi esavoy, esaboy soʻzlari asli urugʻ nomi boʻli, mazkur urugʻ mangʻitlarga tegishli hisoblanadi. Shuningdek, toʻqboy — toʻqvoy urugʻlari ham mavjud boʻlib mazkur ikki urugʻ bir-biriga oʻxshash nom tuzilishiga ega, yaʼni esa (t) + boy, toʻq + boy shaklida. Shu bilan birgalikda, Tojikiston laqaylari orasida ham ayni esaboy nomli urugʻ tarmogʻi mavjudligi aniqlangan. Aslida urugʻ nomida esat oʻzagi boʻlishi kerak edi. Unga boy soʻzining qoʻshilishi tufayli t harfi tushib qolgan va esatboy shaklida emas Esaboy shaklida talaffuz qilina boshlangan. Esat bu asli qadimiy tillarda sher maʼnosini anglatgan va urugʻ qabila totemi boʻlgan boʻlishi mumkin. Esaboy urugʻining nomi keyinchalik qishloq nomiga qoʻyilgan[3].

Oʻxshash nomlar tahrir

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida, shuningdek Qamashi tumanida ham Esaboy nomli qishloqlar mavjud. Bu qishloqlar Qashqadaryoning oʻng va chap qirgʻoqlarida joylashgan[3].

Joylashuvi tahrir

Esaboy shaharchasi Qashqadaryo viloyati Koson tumanining janubi-gʻarbiy qismida, Qashqadaryo daryosining shimoliy sohilida joylashgan. Shaharchaga eng yaqin aholi yashash punktlari Halimesaboy (shimol), Turkmangʻit (gʻarb), Baydoqchi va Oʻyrot (janub) shaharchalaridir.

Aholisi tahrir

Esaboy shaharchasida asosan oʻzbeklar istiqomat qiladi. Shuningdek tarixda mangʻitlar yashaganligi ham maʼlum. Shaharchada qozoq, qoraqalpoq va tojik millatiga mansub aholini ham topish mumkin.

2013-yilda mazkur shaharchada 3401 nafar kishi yashagan. Keyingi aholini roʻyhatga olish maʼlumotlarida qayd etilishicha, 2016-yil 1-yanvarda hududda 3700 dan oshiqroq inson mavjudligi aniqlangan[4].

Manbalar tahrir