Yevgeniy Urbanskiy
Yevgeniy Yakovlevich Urbanskiy (27-fevral, 1932-yil, Moskva, RSFSR — 5-noyabr, 1965-yil, Buxoro viloyati, OʻzSSR) — sovet teatr va kino aktyori, „Kommunistik“ va „Chistoe nebo“ filmlaridagi rollari bilan tanilgan. RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1962).
Yevgeniy Urbanskiy | |
---|---|
Tugʻilgandagi ismi | Yevgeniy Yakovlevich Urbanskiy |
Tugʻilgan sanasi | 24-fevral, 1932-yil |
Tugʻilgan joyi | Moskva, RSFSR, SSSR |
Vafot sanasi | 5-noyabr 1965[1] |
Vafot joyi | Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | aktyor |
Faoliyat yillari | 1957—1965 |
Teatr | Stanislavskiy nomidagi drama teatri |
Mukofotlari | RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist |
IMDb | ID 0881708 |
Biografiyasi
tahrirMoskvada Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi xodimlari oilasida tugʻilgan. 1938-yilda otasi qatagʻon qilingan va Komi ASSRning Vorkuta shahri yaqinidagi lagerga yuborilgan. Onasi xalq dushmanining xotini sifatida ikki oʻgʻli bilan Olmaotaga surgun qilingan. Qozogʻistonda 1946-yilga qadar yashagan[2]. Urush oxirida oilasi bilan Intaga koʻchishga muvaffaq boʻldi. Intlada otasi bilan yashadi, oʻrta maktabni tugatdi.
1952-yilda Moskva badiiy teatr maktabi qoshidagi aktyorlik maktabiga oʻqishga kirdi, 1957-yilda maktabni tugatgandan soʻng K. S. Stanislavskiy nomidagi Moskva drama teatri truppasiga qabul qilindi[3].
Yuli Rayzmanning „Kommunist“ (1957) filmida bosh rolni ijro etgan. Debyut roli edi. Film ortidan mashhulikka erishdi. 1959-yilda „Sovet ekrani“ jurnali oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, film yilning eng yaxshi uchta filmi qatoriga kirdi.
Vafoti
tahrirUrbanskiy 1965-yil 5-noyabrda „Direktor“ (rejissyor Aleksey Saltikov) filmi suratga olish maydonchasida vafot etgan[4]. Voqea Buxorodan 40 km uzoqlikdagi qumtepaliklarda sodir boʻlgan. Kaskadyor qumdan hosil boʻlgan tramplinning oʻzgargan burchagini hisobga olishda adashdi. Mashina qumlikdan sakradi va old tomoni bilan yerga deyarli tikka urildi. Keyin esa mashina old tomoga agʻdarildi[5]. Urbanskiy olgan jarohatlaridan kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi[2].
Goskino raisi Aleksey Romanovning buyrugʻi bilan suratga olish darhol toʻxtatildi, guruh tarqatib yuborildi[2]. 1969-yilda rejissyor A. Saltikov „Rejissor“ni yana sahnalashtirishga ruxsat oldi.
2022-yil 23-noyabrda, oradan 57 yil o‘tib, „Mosfilm“ rahbariyati Yevgeniy Urbanskiy hayotining so‘nggi daqiqalariga oid noyob kadrlarni taqdim etdi. Eski film moʻjizaviy tarzda kinostudiya arxividan topilgan[6]. Kadrlarda usti ochiq mashinaning qumtepalardagi balandlikdan sakrab, ag‘darilgani va natijada aktyor halok bo‘lganini ko‘rish mumkin[7].
Moskvada Novodevichiy qabristoniga dafn etilgan[8].
Teatrdagi rollari
tahrir- 1954 — „Dni Turbinix“ M. Bulgakov — Mishlaevskiy (vvod v spektakl)
- 1957 — „Vishnyoviy sad“ A. Chexov — Lopaxin
- 1957 — „Uchenik dyavola“ Dj. B. Shaw — Richard Dadjen
- 1958 — „Raskritoe okno“ E. Braginskogo
- 1959 — „Bludniy sin“
- 1959 — „Takaya lyubov“
- 1960 — „Perviy den svobodi“ L. Kruchkovskogo — Yan
- 1961 — „Sovremennaya tragediya“
- 1962 — „Vsyo tolko nachinaetsya“ 3. Stavskogo
- 1962 — „Seylemskie vedmi“ A. Millera — Djon Proktor
- 1963 — „Tryoxgroshovaya opera“ B. Brext — Pichem
- 1963 — „Paluba“ L. Zorina, rejissyor: M. Karklyalis
- 1964 — „Materinskoe pole“ po Ch. Aytmatov, rejissyor: B. A. Lvov-Anoxin
- 1964 — „Shestoe iyulya“ M. Shatrova — Latsis, rejissyor: B. A. Lvov-Anoxin
- 1965 — „Ensiklopedisti“ L. Zorina, rejissyor: B. A. Lvov-Anoxin
Filmografiyasi
tahrirYil | Nomi | Rol | |
---|---|---|---|
1957 | film | Kommunist | Vasiliy Gubanov |
1959 | film | Ballada o soldate | Vasya, nogiron |
1959 | film | Neotpravlennoe pismo | Sergey Stepanovich, provodnik |
1960 | film | Ispitatelniy srok | Kurichyov, UGRO nachalnigi |
1961 | film | Chistoe nebo | lyotchik Aleksey Astaxov, Sovet Ittifoqi Qahramoni |
1961 | qisqa metrajli film | Malchik i golub | ishchi |
1961 | telespektakl | Orlinaya step | Leonid Bagryanov |
1964 | film | Bolshaya ruda | Viktor Pronyakin, Tamarining eri |
1964 | film | Pyad zemli | kapitan Aleksey Babin, batalyon komandiri |
1966 | film | Tsar i general | Arkadiy Pavlovich, Sovet chekisti |
Mukofotlar va unvonlari
tahrir- 1959-yilda Kiyevdagi Butunittifoq kinofestivalida erkak roli uchun birinchi mukofot;
- RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1962)[3].
Manbalar
tahrir- ↑ // (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Короткий и яркий путь Евгения Урбанского: Из-за чего оборвалась жизнь звезды кино 1960-х гг.“ (ru). Культурология.РФ (2020-yil 5-noyabr). 2020-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 Кино. Энциклопедический словарь Юткевича 1987.
- ↑ „Иван Лихачёв и Евгений Урбанский: Судьба актёра и прототипа его героя в фильме «Директор»“. 2016-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-aprel.
- ↑ Unikalnaya naxodka na „Mosfilme“. Obnarujena kinoplyonka s zapisyu poslednix minut jizni aktyora Yevgeniya Urbanskogo
- ↑ ntv.ru. „Тайна гибели актера Урбанского: «Мосфильм» показал случайно найденные уникальные кадры“ (ru). НТВ. Qaraldi: 2023-yil 21-may.
- ↑ „«Мосфильм» опубликовал кадры последних минут жизни актера Урбанского спустя 57 лет“ (ru). Известия (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 21-may.
- ↑ „Памяти Николая Багратовича Никогосяна (1918—2018)“. 2021-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-sentyabr.