Falastin - Gʻarbiy Osiyodagi tarixiy viloyat (qad. yahudiycha pelishtim — "filistinliklar" soʻzidan olingan). Oʻrta dengizning sharqiy sohilidajoylashgan. Maydoni 26 ming kv. km. F.ning asosiy qismi Isroil bilan Iordaniyaga qarashli. Miloddan avvalgi 5—4 ming yillikda F.ga somiy qabilalari kirib kelgan. Miloddan avvalgi 3—2 ming yillikda F.da xanaaneylarning ilk shahardavlatlari paydo boʻlgan (miloddan avvalgi 2ming yillikda F. va Finikiya hududi Xanaan deb atalgan). Miloddan avvalgi 16— 13-asrlarda F. Misr tasarrufida boʻlgan. Miloddan avvalgi 13-asr oxirida F.da filistimliklarning hukmronligi oʻrnatilgan. Oʻsha vaqtdayoq mamlakatning aksariyat qismi miloddan avvalgi 11-asrda tashkil boʻlgan Isroilyahudiy podsholigi hududida istiqomat qiluvchi qabilalar tomonidan zabt etilgan. Dovud va Sulaymon podsholar davrida Isroil qudrati avjiga chiqqan. taxminan 935 yilda bu davlat ikkita podsholik — Isroil va Iudeya (Yaqudiya)ga boʻlingan. Miloddan avvalgi 8-asr oxirida F.ning shim. hududi — Isroil podsholigi Ossuriya tomonidan bosib olingan. Janubiy F. (Iudeya podsholigi)ni miloddan avvalgi 6-asrda bobilliklar, soʻngra axomaniylar, miloddan avvalgi 4-asrda makedoniyalik Aleksandr oʻzlariga boʻysundirganlar. Miloddan avvalgi 3—2-asrlarda F. Ptolemeylar (Misr) bilan Salavkiylar oʻrtasida talash boʻlgan. F. milodiy 1-asrda (63 yil) rimliklar tomonidan bosib olingan. Lekin fakat Iudeya urushlari (66—73 yillar) va Bar Koxba qoʻzgʻoloni (132— 135) bostirilganidan soʻnggina F. Rim imperiyasining viloyatiga aylangan.

Milodiy 1-asrda F.da xristian dini paydo boʻlgan. 395 yilda F. Vizantiya ixtiyoriga oʻtgan. 640 yil F. arablar tomonidan bosib olinib, arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Abbosiylar davrida F.da iqto tizimi joriy qilingan, aholini islom diniga kiritish jarayoni avj olgan, xristianlarning huquqiy maqomi kuchsizlangan. Bu bir qator xalq qoʻzgʻolonlari, jumladan, 842 yil Abu Xarba boshchiligidagi gʻalayonga sabab boʻldi. Abbosiylar xalifaligi parchalanganidan soʻng F. astasekin tuluniylar, ixshidiylar sulolalari hukmronligi ostiga oʻtgan. 9—11-asrlarda F.da iqtisodiy yuksalish yuz bergan, katta yer maydonlariga ishlov berilgan. Iudaizm, xristian va islomning diniy markazi Quddusda 11-asrda 40 ming aholi yashagan. Akka, Kesariya, Askalon, Gʻazoda savdo rivojlangan. 1099-yil salibchshgar Quddusni egallab, uni Quddus qirolligining markaziga aylantirganlar. 1187-yil Xattin yaqinidagi jangda Salohiddin salibchilarni yengib, Quddusni qoʻlga kiritgan. F. ayyubiylar, keyinroq mamluklar tomonidan Misrga qoʻshib olingan. F. 1516-yilgacha ularning qoʻlida boʻlib, soʻng turklar tasarrufiga oʻtgan. Usmonli turk imperiyasining 17-asr oxiridan tanazzulga yuz tutishi bilan turk xukmdorlarining oʻzboshimchaligi kuchaygan. Solikdar oshgan. Natijada F. iqtisodiy tushkunlikka uchragan. 19-asrning 20-yillarida F.da turklarga qarshi xalq harakati kuchaygan. 1832-yil F. Misr poshosi MuhammadAli tomonidan zabt etilgan. Hokimiyatning markazlashuvi, zodagonlar zulmining cheklanishi F.ni iqtisodiy rivojlanishiga turtki boʻlgan. Ammo soliqlarning koʻpayishi, harbiy majburiyatning joriy qilinishi aholi oʻrtasida qoʻzgʻolonga olib kelgan (1834). Livan va Suriya xalqining Misr hukmronligiga qarshi 1840 —41 yillardagi kurashini F. xalqi qoʻllabquvvatlagani bahonasida F.da turk hukmronligi tiklangan. 19-asr ning 40-yillaridan boshlab Yevropa davlatlari F.ga kirib kela boshladilar. 1869-yil Suvaysh kanalining ochilishi bilan F.ning strategik va iqtisodiy ahamiyati yanada kuchaydi. 1892-yil fransuz kompaniyasi F.da birinchi Yaffa — Quddus temir yoʻlni qurgan. 19-asr oxiridan boshlab Yevropa mamlakatlaridagi yahudiy aholining F.ga koʻchishi boshlangan. Birinchi jahon urushi yillarida F. Germaniya, Turkiya hamda ingliz qoʻshinlari oʻrtasidagi kurash maydoniga aylangan. Bu raqobat F.ni inglizlar tomonidan zabt etilishi bn yakunlandi. 1916-yil SayksPiko shartnomasiga binoan, F.da xalqaro rejim joriy qilinishi lozim boʻlgan. F.da oʻz mavqeini mustahkamlash maqsadida inglizlar Yevropa mamlakatlarida 19-asrning 90-yillarida paydo boʻlgan reaksion (teskarichi) — millatchi harakatning koʻrinishlaridan biri boʻlgan sionizmdan foydalanganlar. Sionistlar F.da yahudiylar davlatini tuzishni talab qilganlar. 1917-yil 2-noyabrda Angliya hukumati Balfur deklaratsiyasini eʼlon qilib, F.da "yahudiy xalqi uchun milliy maskan" tuzishni vaʼda qilgan. 1920-yil aprelda SanRemo shahri (Italiya)da Angliya F. ustidan ingliz mandatini joriy etishga muyassar boʻlgan. Angliya F.ning iqtisodyy va siyosiy hayotida hal qiluvchi mavqega ega boʻlgan, Yevropa mamlakatlaridan koʻplab yahudiylarning kirib kelishiga imkon yaratgan. Sionist tashkilotlar F.da bir nechta konsessiyalarni qoʻlga kiritganlar. Mamlakatdagi butun qokimiyat ingliz oliy komissari qoʻliga oʻtgan. Uning huzuriga ingliz amaldorlaridan tarkib topgan "Falastin hukumati" tuzilgan. Arab aholisi mamlakatni idora qilishga jalb etilmagan. 1920—39 yillarda ingliz mustamlaka siyosati sionistlar bilan hamkorlik qilishga asoslangan. Sionistlar Angliya yordamida arab xalqozodlik harakatiga qarshi ish koʻrganlar. Shu bois Angliya arab aholisining kuchli noroziligiga duch kelgan va natijada unga qarshi qurolli qoʻzgʻolonlar koʻtarilgan. 1936-yil oktabrda Pil boshchiligida F.ga yuborilgan komissiya F.ni yahudiylar va arablar yashaydigan qismlarga boʻlishni tavsiya qilgan. Bu F.dagi arab tashkilotlari va arab mamlakatlarining qattiq noroziligini keltirib chiqargan. 1939-yil may oyida ingliz hukumati "Oq kitob" ni eʼlon qilishga majbur boʻlgan. Unga koʻra, Angliya maʼmuriyati F.ga yahudiylarning kelishini cheklashi va keyinchalik toʻxtatishga qaror qilgani bayon etilgan. Bu Angliya maʼmuriyati bilan sionistlar oʻrtasiga nizo solgan. Sionistlarni AQSH qoʻllab-kuvvatlagan.

Ikkinchi jahon urushidan soʻng F. xalkdarining ingliz qaramligidan xalos boʻlish uchun kurashi kuchaygan. 1947-yil Angliya F. masalasini BMT muhokamasiga qoʻyishga majbur boʻlgan. 1947-yil 29-noyabrda BMT Bosh Assambleyasi Britaniya mandatini bekor qilish, F.dan ingliz qoʻshinlarini chiqarish va F.da mustaqil demokratik yahudiy va arab davlatini tuzish haqida qaror qabul qilgan. Quddus shahri alohida xalqaro rejimga ega mustaqil maʼmuriy birlikka aylanishi lozim boʻlgan. 1948-yil 14-mayda Yahudiy sionistik tashkilotlar Isroil davlati tuzilganligini eʼlon qilishgan. 14-maydan 15-mayga oʻtar kechasi Angliyaning qutqusi bilan 1948—49 yildagi arabisroil urushi boshlangan. Arab davlati uchun moʻljallangan hududning bir qismi hamda Quddus shahrining gʻarbiy qismi Isroil tomonidan bosib olingan (6,7 ming kv. km). Isroil qoʻshinlari F. hududidan 900 mingdan ziyod arablarni haydab chiqarganlar. Shunday qilib, Isroil Yaqin Sharq mintaqasida qochoqlar muammosini keltirib chiqargan. Isroil BMT qaroriga muvofiq, F. arab davlatiga oʻtishi kerak boʻlgan hududning 60% ini bosib olgan. Tashkil etilib ulgurmagan mana shu davlatning sharqiy qismi va Quddus (5,5 ming kv. km) Iordaniya hududiga, Gʻazo sektori (258 ming kv. km) Misr nazoratiga oʻtib qolgan. 1949-yil sulh shartnomalariga binoan, Isroil bilan qoʻshni arab davlatlari oʻrtasida demarkatsiya chegara chizigʻi belgilangan.

1964-yil 28-mayda Quddusda qochoqdagi falastinliklarning Falastin Ozodlik tashkiloti (FOT) tuzilgan. 1967-yil iyunda Isroil — Suriya, Misr va Iordaniyaga qarshi urush boshladi. Isroil Sinay yarim orol, Gʻazo sektori, Iordan daryosi gʻarbiy sohilidagi yerlar, Quddus hamda Joʻlan tepaliklarini bosib olgan.

1987-yilga kelib F. qochoklarining soni 2 mln.ga yaqinlashgan. 1988-yil 15-noyabrda F. Ozodlik tashkilotining oliy organi — F. Milliy kengashi Jazoir shahrida mustaqil Falastin davlati tuzilganini eʼlon qilgan. 1989-yil 29-martda F. Ozodlik tashkiloti ijroiya qoʻmitasi Yosir Arafotnm F. davlati prezidenti etib tayinlagan. 1993 i. sentabrda Isroil bilan F. Ozodlik tashkiloti ikki tomon oʻrtasidagi munosabatlarni yoʻlga qoʻyish tamoyillari toʻgʻrisida deklaratsiyaga imzo chekdilar. Bu deklaratsiyaga muvofiq, 1994-yil mayda Gʻazo sektori (Gʻazza mintaqasi) va Iyerixon shahri atrofi (Iordan daryosining gʻarbiy sohili)da Muvaqqat F. muxtoriyati tuzilgan. BMT Xavfsizlik Kengashi qaroriga muvofiq, F. mojarosini uzil-kesil hal etish uchun oʻtish davri (5 yilgacha) belgilangan. 1996-yil yanvarda F. qonun chiqaruvchi kengashi saylangan. 1998-yil avgustda hukumat tuzilgan. Isroil Bosh vaziri A. Sharon hukumati davrida F. bilan Isroil oʻrtasidagi tarang munosabatlar avjga chikdi. 2004-yil 22-martda HAMAS tashkilotining rahbari shayx Ahmad Yosin oʻldirildi. Natijada F. masalasini xal qilish yanada murakkab tus oldi. 2004-yil noyabrda Yo. Arofat vafotidan soʻng uning oʻrniga vaqtincha Mahmud Abbos tayinlandi. 2005-yil yanvarda Maxmud Abbos F. Ozodlik tashkiloti raisligiga saylandi.