Farhad Nail uli Fatkullin (ruscha: Фархад Наилевич Фаткуллин; 1979-yil 2-noyabrda tugʻilgan) – tatariston-rossiyalik ijtimoiy faol, Rossiya Federatsiyasining rus boʻlmagan xalqlari orasida Wikimedia harakatini targʻib qilishdagi faoliyati bilan mashhur. Buning uchun 2018-yilning eng yaxshi vikimediachisi deb eʼlon qilingan[1][2][3]. Ilgari Tataristonning sobiq prezidenti Mintimer Shaymiyevga xizmat qilgan professional sinxron tarjimon.

Farhad Fatkullin

Fatkullin 2017-yilda
Tavalludi 2-noyabr 1979-yil (1979-11-02) (45 yosh)
Fuqaroligi Rossiya
Taʼlimi Kazan State Finance and Economics Institute
Kasbi sinxron tarjimon, ijtimoiy faol
Mukofotlari Yil vikimediachisi (2018)
Veb-sayti http://frhd.narod.ru/, http://sikzn.narod.ru/index/0-4

Biografiya

tahrir
 
Mintimer Shaymiev bilan Smart region loyihasi boʻyicha uchrashuv

Fatkullin 1979-yil 2-noyabrda Qozon shahrida tugʻilgan. Oilali, ikki farzandi bor[4].

Taʼlimi

tahrir
  • 1986–1993-yillar: Qozon 123-sonli fransuz tili chuqurlashtirib oʻqitiladigan oʻrta maktab.
  • 1993–1997-yillarda: Ertugʻrul Gʻozi tatar-turk litseyi, Qozon.
  • 1995–1997-yiilarda: Clayton oʻrta maktabi, Missouri, AQSh .
  • 1997–2002-yiilarda: Qozon davlat moliya-iqtisod instituti, korxona iqtisodiyoti-moliya menejmenti.
  • 2004–2008-yiilarda: Ijtimoiy-gumanitar bilimlar instituti, Qozon, tarjimonlik fakulteti[4].

Bundan tashqari, tatar, rus, ingliz, fransuz, turk va italyan tillarini biladi[4].

Professional faoliyati

tahrir

Qozon davlat moliya-iqtisod instituti (Rossiya) va Cantondagi New York davlat universiteti (AQSh) „Risklarni boshqarish“ yoʻnalishi (ingliz tilida) oʻqituvchisi.

Tatariston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Davlat protokoli boshqarmasi tarjimonlik sektori sinxron tarjimoni.

Koʻplab siyosiy, maʼrifiy, madaniy va biznes tadbirlarida boshqa koʻplab tarjima faoliyati haqida uzoq muddatli rekordga ega[5][6][7].

2020-yilda Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov tomonidan 35 nafar yuqori malakali til va madaniyat mutaxassislaridan iborat tatar tilini saqlash va rivojlantirish komissiyasi tarkibiga kiritilgan[8].

Joriy Wikimedia loyihalari

tahrir
 
Selet WikiSchoolda 2018-yil yakunlari sessiyasi

Farhad global Wikimedia harakati va Rossiya tillarida Vikipediyalarni rivojlantirish bilan bogʻliq koʻplab koʻngillilik tashabbuslarida ishtirok etadi. 2018-yilda, Jimmy Wales tomonidan Capetowndagi Wikimaniada „Yilning eng yaxshi vikimediachisi“ mukofoti eʼlon qilingan vaqtda Farhad uyda bir vaqtning oʻzida Vikimaniyadan ruscha vikipediyachilar uchun jonli efirni tarjima qilish bilan band boʻlgan(unga mukofot berilishini bilmagan holda)[9].

Fatkullin Rossiya Wikimedia aʼzosi va qoʻshni Boshqirdistondagi Wikigrannies viki-foydalanuvchilar guruhi bilan hamkorlik qiladi.

Manbalar

tahrir

Ingliz tilida intervyular

tahrir

Havolalar

tahrir