Vikimedia harakati

Vikimedia atrofidagi ijtimoiy harakat, jumladan, kontent nashrlari, Vikimedia tashkilotlari va mustaqil muharrirlar

Vikimedia harakatiVikimedia loyihalariga, jumladan Vikipediyaga hissa qoʻshuvchilarning global hamjamiyati[1][2]. Bu hamjamiyat ushbu loyihalarni toʻgʻridan-toʻgʻri tuzadi va boshqaradi[3], bunga ochiq standartlar va dasturiy taʼminot yordamida erishish majburiyatini oladi[4].

Vikimedia harakati
Turi Hissa qoʻshuvchilar, boʻlimlar, foydalanuvchilar guruhlari va tematik tashkilotlarning norasmiy tashkil etilishi
Sanoat
Hududiy xizmati Dunyo boʻylab
Vebsayti wikimedia.org

Dastlab Vikipediyaning koʻngilli muharrirlar hamjamiyati (Vikipediyachilar) tomonidan yaratilgan boʻlib, u oʻshandan beri Vikiombor va Vikimaʼlumotlar kabi loyihalarga, shuningdek, Vikimedia, MediaWikida foydalaniladigan dasturiy taʼminotga oʻz hissasini qoʻshayotgan koʻngilli dasturiy taʼminot muhandislari va ishlab chiquvchilari qoʻshilishi bilan kengaydi.

Loyihalar

tahrir

Kontent loyihalari

tahrir

2021-yil holatiga koʻra, Vikimedia quyidagi loyihalardan tashkil topgan:

  • Vikipediya, onlayn esniklopediya
  • Meta-Wiki, Vikimediadagi viki loyihalar gʻoyalarini muhokama qilish va muvofiqlashtirish joyi
  • Vikikitob, oʻquv darsliklari ombori
  • Vikimaʼlumotlar, boshqa loyihalar tomonidan foydalanish mumkin boʻlgan maʼlumotlarning umumiy ombori
  • Vikifunksiya, funksiyalar katalogi va manba kodi. U tuzilgan maʼlumotlardan foydalangan holda Vikipediyaning tildan mustaqil versiyasi boʻlmish Abstract Vikipediyani qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan.
  • Vikiombor, boshqa loyihalarda foydalanish mumkin boʻlgan tasvirlar, videolar va tovushlar kabi bepul ommaviy axborot vositalarining umumiy ombori
  • Vikiyangiliklar, yangiliklar ombori
  • Vikiiqtibos, iqtiboslar toʻplami
  • Vikimanba, manba va hujjatlar kutubxonasi
  • Vikiturlar, turlarning taksonomik katalogi
  • Vikiversitet, oʻquv materiallari ombori
  • Vikigid, sayohat boʻyicha qoʻllanma
  • Vikilugʻat, lugʻat

Infratuzilma va interfeys loyihalari

tahrir

Vikimedia harakatining boshqa qoʻshimcha loyihalari quyidagilardan iborat:

  • Kiwix, kontent loyihalariga oflayn kirish uchun hamjamiyat loyihasi
  • MediaWiki, loyihalar uchun ochiq manba platformasi
  • Toolforge, klasterga kirishga muhtoj boʻlgan dasturiy taʼminot loyihalarini joylashtirish uchun maydon
  • Wikimedia cloud services, OpenStack asosida yaratilgan umumiy bulutli hisoblash maydoni

Tashkilotlar

tahrir

Loyiha jamoalari

tahrir

Vikimedia hamjamiyatida har bir boʻlimga bagʻishlangan bir qancha jamoalar mavjud.

Meta hamjamiyati

tahrir

Koʻp tilli oʻzaro loyihalar hamjamiyatlari Meta-Wikida ishlab chiqilgan boʻlib, u yerda tarjima va boshqaruv masalalari muhokama qilinadi. Bir qator boshqa jamoalar va vikilar, jumladan, Autreach va Strategiya vikilari hamda Commons va Wikidata uchun takliflar mana shu yerda paydo boʻlgan.

Vikipediya hamjamiyati

tahrir

Vikipediya hamjamiyatiVikipediya onlayn ensiklopediyasiga hissa qoʻshuvchilar hamjamiyati. U muharrirlardan (Vikipediyachilar), baʻzi ishlaydigan Vikipediya botlaridan va adminstratorlardan iborat. Arbitraj qoʻmitasi (yoki ArbCom) Vikipediyadagi nizolar boʻyicha soʻnggi instansiya sudidir[5].

Wiki-rezident

tahrir

Wiki-rezident — bu madaniy muassasalar bilan hamkorlikda ish olib boradigan Vikipediyachilar. Ular koʻngilli yoki maoshli, doimiy yoki boʻsh vaqtlarida ishlashlari mumkin.

Tematik tashkilotlar

tahrir

Tematik tashkilotlar xayriya tashkilotlari boʻlib, Vikimedia loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. 2021-yil holatiga koʻra, ikkita bunday tashkilot mavjud[6][7][8].

Vikimedia boʻlimlari

tahrir
 
  Vikimedia boʻlimlari (koʻk)
  Wikimedia foydalanuvchilari guruhlari (yashil)

Wikimedia Deutschland (WMDE) Vikimedianing eng qadimgi boʻlimi boʻlib, oʻzining birinchi yigʻilishini 2004-yilda oʻtkazgan. 2016–yil holatiga koʻra, uning byudjeti 20 million yevroni tashkil qiladi[9][10]. WMDE kabi baʼzi boʻlimlar oʻz mablagʻlarining bir qismini toʻgʻridan-toʻgʻri grantlar va qoʻllab-quvvatlovchi aʼzoliklardan oladi. Baʻzi boʻlimlar esa oʻz mablagʻlarini asosan Vikipediya hamjamiyatining yillik reja grantlaridan oladi. 2019-yil holatiga koʻra, hamjamiyat byudjetining taxminan 10 foizi shu kabi boʻlimlar va tematik tashkilotlarga sarflangan[6].

Vikimedia Jamgʻarmasi

tahrir

Vikimedia Jamgʻarmasi shtab-kvartirasi San-Fransiskoda (Kaliforniya) joylashgan notijorat[11] va xayriya tashkilotdir. U domen nomlariga egalik qiladi va jamgʻarmaning baʼzi veb-saytlarini yuritadi. Vikimedia Jamgʻarmasi 2003-yilda Jimmy Wales tomonidan domenlar va savdo belgilari uchun masʼul boʻlgan mustaqil xayriya tashkiloti boʻlishi va Vikipediya va uning qardosh loyihalari kelajakda notijorat mablagʻlar orqali moliyalashtirilishi uchun tashkil etilgan. Uning maqsadi „... butun dunyo bo'ylab odamlarni bepul litsenziya ostida yoki jamoat mulki boʻlgan taʼlimga doir maʼlumotlarni toʻplash va rivojlantirish hamda uni samarali va global miqyosda tarqatish imkoniyatlarini kengaytirish va jalb qilish edi“[12][13][14].

Jamgʻarmaning 2015-yilgi moliyaviy hisobotiga koʻra, 2015–yilda Vikimedia Jamgʻarmasi 72 million AQSh dollari byudjetga ega boʻlib, uning faoliyatiga 52 million AQSh dollari sarflagan va zaxira mablagʻni 82 million AQSh dollariga oshirgan.[15]. Jamgʻarma asosan hayriyalar ortidan moliyalashtiriladi va oʻrtacha ehson miqdori 15 AQSh dollarini tashkil qiladi[16].

Vikimedia foydalanuvchilar guruhlari

tahrir

Turli xil Vikimedia loyihalarining 800 dan ortiq tildagi nashrlari mavjud boʻlib, ularning har birida umumiy qiziqish sohalarida ishlaydigan muharrirlar guruhlari mavjud.

Baʻzilarida oʼzlarining loyiha sahifalari, aʻzolik roʼyxatlari bilan Vikiloyihalar mavjud[17]. Baʻzilar foydalanuvchilar guruhlari sifatida roʻyxatdan o'tadilar, logotiplardan foydalanadilar va tadbirlar va loyihalar uchun grantlarda ishtirok etadilar. 2023-yil holatiga koʻra, 140 dan ortiq foydalanuvchilar guruhlari mavjud[18].

Manbalar

tahrir
  1. Koerner, Jackie; Reagle, Joseph. Wikipedia @ 20: Stories of an Incomplete Revolution. MIT Press, October 13, 2020 — 273-bet. ISBN 9780262360609. „The Wikimedia movement has always been a movement of writers (and curators) rather than readers.“ 
  2. Maher, Katherine (2020-10-15), „22 Capstone: Making History, Building the Future Together“, ::Wikipedia @ 20 (inglizcha), PubPub, ISBN 978-0-262-53817-6, 2021-10-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-09-06
  3. Kosseff, Jeff. The Twenty-Six Words That Created the Internet. Cornell University Press, April 15, 2019. ISBN 9781501735790. Qaraldi: 2023-yil 20-mart. 
  4. Proffitt, Merrilee. Leveraging Wikipedia: Connecting Communities of Knowledge. American Library Association, April 2, 2018 — 13-bet. ISBN 9780838916322. 
  5. Cohen, Noam. „The Wars of Words on Wikipedia's Outskirts“. The New York Times (2009-yil 7-iyun). 2014-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 9-iyun.
  6. 6,0 6,1 „Template:APG navigation – Meta“. Meta.wikimedia.org (2016-yil 5-sentyabr). 2016-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.
  7. „Wikimedia movement affiliates/Frequently asked questions – Meta“. Meta.wikimedia.org (2016-yil 15-sentyabr). 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.
  8. „Wikimedia thematic organizations“. 2020-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  9. „Wikimedia chapters – Meta“. Meta.wikimedia.org. 2016-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.
  10. „Jahresplan 2016 – Wikimedia Deutschland“ (de). Wikimedia.de (2015-yil 28-noyabr). 2019-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.
  11. „GuideStar – WIKIMEDIA FOUNDATION, INC.“. 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
  12. Jimmy Wales. „Announcing Wikimedia Foundation“. mail:wikipedia-l (2003-yil 20-iyun). 2013-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-noyabr.
  13. Neate, Rupert. „Wikipedia founder Jimmy Wales goes bananas“. The Daily Telegraph (2008-yil 7-oktyabr). 2008-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-oktyabr. „The encyclopedia's huge fan base became such a drain on Bomis's resources that Mr. Wales, and co-founder Larry Sanger, thought of a radical new funding model – charity.“.
  14. „Bylaws“. Wikimedia Foundation. 2017-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.
  15. „WIKIMEDIA FOUNDATION, INC. Financial Statements, June 30, 2015 and 2014“. Upload.wikimedia.org. 2016-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-aprel.
  16. „Frequently Asked Questions“. WikiMedia Foundation. 2013-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-sentyabr.
  17. „WikiProjects – Meta“ (en). meta.wikimedia.org. 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.
  18. „Wikimedia user groups – Meta“. Meta-Wiki. 2023-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.

Havolalar

tahrir

Andoza:Vikipediya