Farob (turkmancha: Farap) — Turkmanistonning Lebap viloyatidagi shahar. Aholisi 16 731 nafar (2009). Farob Oʻzbekistonning Olot tumani bilan chegarada joylashgan shahar hisoblanadi[3].

Farob

turkmancha: Farap
Shahar
Oʻzbekiston bilan chegara nuqtasi
39°10′0″N 63°36′20″E / 39.16667°N 63.60556°E / 39.16667; 63.60556 G OKoordinatalari: 39°10′0″N 63°36′20″E / 39.16667°N 63.60556°E / 39.16667; 63.60556 G O
Mamlakat Turkmaniston
Viloyat Lebap viloyati
Hukumat
 • Hokim Hasan Jumakuliyevich Metkuliyev[1]
Markazi balandligi 191 m
Rasmiy til(lar)i Turkman tili
Aholisi
 (2010)
17 277[2]
Milliy tarkib Turkmanlar, oʻzbeklar
Vaqt mintaqasi UTC+5:00
Telefon kodi +993 448
Pochta indeks(lar)i 746070
Avtomobil kodi LB
Farob xaritada
Farob
Farob

Etimologiyasi tahrir

Farob nomining kelib chiqishi va maʼnosi nomaʼlum. Vamberi buni forscha „toza suv“ jumlasining buzilgan shakli deb hisoblagan[4].

Tarixi tahrir

 
20-asr boshlarida Farob temir yoʻl vokzali. S. M. Prokudin Gorskiy surati, 1911-yil

Farob shaharchasi SSSR vaqtida Turkmaniston SSRning Chorjoʻy viloyati Farob tumanining markazi edi. 2016-yildan shahar maqomi berilgan[5].

2022-yil 9-noyabrda markazi Farob boʻlgan Farob tumanining tugatilishi munosabati bilan u Chorjoʻy tumani tarkibiga kiritildi[6].

Geografiyasi tahrir

Turkmanoboddan 8 km shimoli-gʻarbda , Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, Ashxoboddan 474 km uzoqlikda joylashgan. Turkmanobod — Farob yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi.

Aholisi tahrir

Farob aholisining yillar davomida oʻzgarishi
Yil 1959 1970 1979 1989 2009
Aholi soni (nafar) 3 725 5 134 6 486 8 524 16 731

Diqqatga sazovor joylari tahrir

  • Temir yoʻl vokzali;
  • Xristian qabristoni;
  • Musulmon qabristoni.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Obraz sovremennogo turkmenskogo rukovoditelya na primere xyakima Farapa“. 2013-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  2. „World Gazetteer“ (deadlink). 2013-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-aprel.
  3. Caravanistan - Uzbekistan border crossings, qaraldi: 13 September 2019
  4. Atanyýazow, Soltanşa. Түркменистаның Географик Атларының Дүшүндиришли Сөзлүги. Ылым, 1980 — 281 bet. 
  5. „ПОСТАНОВЛЕНИЕ Меджлиса Туркменистана «Об административно-территориальных вопросах Лебапского велаята»“. 2017-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-sentyabr.
  6. „Постановление Меджлиса Милли Генгеша Туркменистана“ (ru). turkmenistan.gov.tm (2022-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.