Faxriyaarab, fors va turkiy sheʼriyatda janr turlaridan biri; shoir tomonidan uz ijodi, isteʼdodi va fazilatlarini maktab yozilgan sheʼr, shoirning oʻz ijodi bilan faxrlanib aytgan soʻzlari. Faxriyaning dastlabki goʻzal namunalarini arab sheʼriyatida, xususan, al-Mutanabbiy X asr ijodida, oʻzbek mumtoz sheʼriyatida esa XV asr shoirlari ijodida uchratish mumkin. Faxriya kichik lirik sheʼr (mas, gʻazal) larda bir baytdan, katta xajmli asarlar (mas, qasida, doston) da bir necha baytdan iborat boʻladi. Ana shunday baytlar ishtirok etgan yoki butunlay shunday baytlardan iborat boʻlgan asarlar gʻazali faxriya, qasidai faxriya deb ham nomlanadi. Faxriyada shoir oʻz ijodini boshqa bir shoir ijodiga, muhim bir voqeahodisa yoki obʼyektga kamtarona, mubolagʻali yoki kinoyaviy tarzda taqqoslaydi, qiyoslaydi. Mac:Ulugʻbek xon bilur Lutfiy kalomin, Ki, rangin sheʼri Salmondin qolishmas (Lutfiy). Navoiy nazm aro tigʻi zabonin oʻyla surdiki,Pichoq topmas uyottin uzni oʻldurmoqqa Sakkokiy (Navoiy).