Fermín López Marín (2003-yil 11-mayda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing FC Barcelona klubi va Ispaniya terma jamoasida yarim himoyachisi.

Fermín López
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fermín López Marín
Tavallud sanasi 11-may 2003-yil (2003-05-11) (21 yosh)
Tavallud joyi El Campillo, Ispaniya
Boʻyi 175 cm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Barcelona
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010–2011 El Campillo
2011–2012 Recreativo
2012–2016 Betis
2016–2022 Barcelona
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022–2023 Barcelona B 1 (0)
2022–2023Linares (ijara) 37 (12)
2023- Barcelona 31 (8)
Milliy terma jamoa
2023- Ispaniya U-21 6 (1)
2024- Ispaniya U-23 3 (1)
2024- Ispaniya 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi karyerasi

tahrir

Yoshlik yillar

tahrir

Andalusiyaning El Campillo shahrida tugʻilgan López karyerasini mahalliy CD FB El Campillo klubida boshlagan. Keyinchaalik Recreativo de Huelva jamoasida biroz vaqt toʻp surgan futbolchi 2012-yilda Real Betis klubiga koʻchib oʻtgan[1]. 2016-yilning yozida esa u Barcelona yoshlar akademiyasiga borib qoʻshildi[2].

Barcelona

tahrir

2022-2023-yilgi mavsumlar: Linares (ijara)

tahrir

2022-yilning 19-avgustida López Barcelona Atlètic bilan ikki yilga moʻljallangan shartnoma imzoladi va bilan darhol 2022-2023-yilgi mavsum uchun Primera Federaciónning Linares Deportivo jamoasiga ijaraga berildi[3]. Toʻqqiz kundan soʻng klub safida oʻz debyutini oʻtkazdi.

López oʻzining birinchi golini 2022-yil 30-oktyabrda Rayo Majadahonda jamoasi qarshi safar uchrashuvida (2:1) kiritdi. U mavsum davomida umumiy hisobda 40 ta oʻyinda maydonga tushib 12 ta gol muallifiga aylandi.

2023-2024-yilgi mavsumlar: Asosiy jamoa

tahrir

Mavsum oldi uchrashuvlarida Barcelona bilan mashgʻulotlarda koʻrsatgan oʻyinidan soʻng, López 2023-yil iyul oyida asosiy jamoa safiga chaqiruv oldi. U klub safidagi kuchli oʻyinlari sabab koʻplab eʼtiroflarga sabab boʻldi. Futbolchi shuningdek 2023-yil 29-iyul kuni boʻlib oʻtgan Real Madrid jamoasiga qarshi oʻrtoqlik bahsida bir gol va bitta golli uzatma muallfiga aylandi[4]. Xavi ushbu natijalardan soʻng López 2023-2024-yilgi mavsumni toʻliq asosiy jamoa safida oʻtkazishini tasdiqladi[5].

2023-yilning 27-avgustida futbolchi Villareal klubiga qarshi bahsda La Ligadagi debyutini oʻtkazdi[6]. Ikki kundan soʻng u klub bilan shartnomasini 2027-yilning iyuniga qadar uzaytirdi. Shartnomaga koʻra Lópezning tannarxi 400 million yevro etib belgilandi[7]. Keyinchalik 10-sentyabrda Fermin Xavining ruxsati bilan Barcelona Atlètic safida Gimnàstic de Tarragona jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushdi va ikki sariq kartochka olgan holda maydondan chetlatildi[8][9]. Soʻngra u yana asosiy jamoa safiga qaytib Royal Antwerp F.C. klubiga qarshi kechgan UEFA Chempionlar Ligasining guruh bosqichidagi bahsda zaxiradan maydonga tushgan holda turnirda debyut qildi[10]. Bir haftadan keyin Mallorca bilan boʻlgan bahsning 64-daqiqasida maydonga tushirildi va Barcelona safidagi debyut golini kiritdi[11].

2023-yilning 25-oktyabrida López ilk bor Chempionlar Ligasi bahsida asosiy tarkibda maydonga tushirilda va gʻalaba goli muallifiga aylandi. Shuningdek futbolchi ushbu oʻyinda „Man of the Match“ sovriniga ham loyiq koʻrildi[12][13].

Terma jamoadagi karyerasi

tahrir

2023-yil 6-oktyabrda López Ispaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqiruv oldi va 13-oktyabr kuni O‘zbekistonning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga qarshi oʻyinda (0:0) oʻyinda oʻz debyutni oʻtkazdi[14][15]. Keyinchalik 17-oktyabr kuni 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2025-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinida Qozog‘iston U-21 jamoasiga qarshi safardagi bahsda (4:0) debyut golini kiritdi[16].

2024-yil 27-may kuni López UEFA Yevro-2024 turniri uchun Ispaniyaning dastlabki 29 kishilik tarkibiga kiritildi[17]. 5-iyun kuni u Badajoz shahridagi Estadio Nuevo Vivero stadionida kechgan Andorraga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (5:0) ilk uchrashuvini oʻtkazdi. 62-daqiqada Barcelona klubidagi jamoadoshi Pedri oʻrniga maydonga tushdi va boshqa bir jamoadoshi Ferran Torresning goliga assistentlik qildi[18].

2024-yil may oyida López Ispaniya terma jamoasining UEFA Yevro-2024 turniri uchun yakuniy 26 kishilik qaydnomasiga kiritildi. Jamoa turnirda gʻalaba qozonadi, biroq futbolchi deyarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmadi[19].

Statistika

tahrir
2024-yil 26-may holatiga koʻra [20]
Klublar safidagi statistikasi
Klub Mavsum Liga Copa del Rey Yevropa Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Barcelona B 2022–2023 Primera Federación 0 0 0 0
2023–2024 1 0 1 0
Umumiy 1 0 1 0
Linares (ijara) 2022–2023 Primera Federación 37 12 3 0 40 12
Barcelona 2023–2024 La Liga 31 8 2 1 8 2 1 0 42 11
Umumiy 69 20 5 1 8 2 1 0 83 23

Terma jamoa

tahrir
2024-yil 24-iyun holatiga koʻra[21]
Terma jamoa safidagi statistikasi
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Ispaniya 2024 2 0
Umumiy 2 0

Sovrinlar

tahrir

Ispaniya

Manbalar

tahrir
  1. „One for the Future : Fermín López from Juvenil A“. Barça Buzz (2021-yil 23-oktyabr).
  2. „Who is Fermin Lopez? The surprise star of Barcelona's preseason tour“. sport (2023-yil 30-iyul).
  3. „El Barça Atlètic cede a Fermín López al Linares“. Mundo Deportivo (2022-yil 19-avgust).
  4. Sanderson, Tom „Fermin Lopez Dazzles For FC Barcelona With Screamer And Assist Vs. Real Madrid In El Clasico Thrashing (VIDEO)“. Forbes (2023-yil 29-iyul).
  5. König, Kosta „Xavi reveals what's next for El Clasico starboy Fermin Lopez“. Tribuna.com (2023-yil 29-iyul).
  6. „Fermín López makes official first team debut“. FC Barcelona (2023-yil 27-avgust).
  7. „Fermín López, blaugrana until 2027“. FC Barcelona (2023-yil 29-avgust).
  8. „Humilde Fermín: pidió él a Xavi jugar con el Barça Atlètic“ (2023-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
  9. „Casadó: "Fermín estaba llorando después del partido"“ (2023-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
  10. Quiroz, Andrés „Fermín López made his debut in the Champions League in the win against Antwerp“ (en). FCBN (2023-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  11. Baynes, Ciaran „Mallorca 2-2 Barcelona: Youngster Fermin Lopez comes off bench to rescue a point for Xavi Hernandez's side“ (en). Eurosport (2023-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  12. „Barcelona 2-1 Shakhtar Donetsk: Fermin Lopez stars in Champions League win“. sport.es (2023-yil 25-oktyabr).
  13. „Fermin Lopez talks after Man of the Match performance during Barcelona 2–1 Shakhtar“. OneFootball (2023-yil 25-oktyabr).
  14. „Oficial | Lista de convocados para los partidos frente a Uzbekistán y Kazajistán“ (es). Royal Spanish Football Federation (2023-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-noyabr.
  15. „Crónica | Empate sin goles en el amistoso frente a Uzbekistán (0-0)“ (es). Royal Spanish Football Federation (2023-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-noyabr.
  16. „Crónica | Goleada para seguir en lo más alto (0-4)“ (es). Royal Spanish Football Federation (2023-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-noyabr.
  17. „Euro 2024 provisional squad“. Royal Spanish Football Federation (2024-yil 27-may). Qaraldi: 2024-yil 30-may.
  18. „Fermín debutó con una precisa asistencia a Ferran“ (es). sport.es (2024-yil 5-iyun).
  19. „Spain | Squad | UEFA EURO 2024“. UEFA.com. Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
  20. Fermín López Soccerway saytida
  21. „Fermín López“. EU-Football.info. Qaraldi: 2024-yil 5-iyun.
  22. UEFA.com „Spain 2-1 England | UEFA EURO 2024 Final“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.