Filip Bradarić (talaffuzi: Filipp Bradarich[1][2])(1992-yil 11-yanvarda tugʻilgan) xorvatiyalik professional futbolchi, hozirda Xorvatiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Filip Bradarić
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Filip Bradarić
Tavallud sanasi 11-yanvar 1992-yil (1992-01-11) (32 yosh)
Tavallud joyi Split, Xorvatiya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2010 Hajduk Split
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2015 Hajduk Split 38 (2)
2011—2013Primorac 1929 (Ijara) 55 (8)
2015—2018 Rijeka 103 (7)
2018—2021 Cagliari 27 (0)
2019—2020Hajduk Split (Ijara) 9 (0)
2020Celta Vigo (Ijara) 14 (0)
2020—2021Al-Ain (Ijara) 25 (1)
2021—2022 Al-Ahli 23 (2)
Milliy terma jamoa
2010 Xorvatiya U19 2 (0)
2014 Xorvatiya U21 3 (0)
2016—2018 Xorvatiya 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 18-mart uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Hajduk Split tahrir

Hajduk Split yoshlar akademiyasi safidan chiqgach, Bradarić 2011-yilning yozida Treća HNL Jug jamoasi NK Primorac 1929ga ikki mavsumga ijaraga berilgan va u yerda Bradarić uchinchi va ikkinchi bosqichda asosiy jamoada oʻynagan. 2013-yil yozida u Igor Tudor bosh murabbiyligidagi Hajdukning asosiy jamoasiga qo‘shilgan va 2013-yil 13-iyulda Prva HNL doirasida debyut qilgan va jamoasi bilan mehmonda 5:1 hisobida g‘alaba qozongan. Bradarić uchrashuvning 73-daqiqasida maydonga tushgan.

Rijeka tahrir

2015-yil 3-fevralda Bradarić iHNK Rijeka bilan 3 yillik shartnoma imzolagan[3]. 2017-yil 5-may kuni HNK Rijeka va Bradarich shartnomani 2020-yilning iyunigacha uzaytirishga kelishib olishgan[4].

Cagliari tahrir

2018-yilning 3-avgustida Bradarić Cagliari bilan besh yillik shartnoma imzolagan va shu tariqa xorijdagi ilk klubida faoliyatini boshlagan. Sardiniya jamoasida u vatandoshlari Darijo Srna va Marko Pajachga qoʻshilgan[5].

Xalqaro faoliyati tahrir

2016-yilning noyabr oyida Bradarić Islandiya va Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻyinlar uchun Xorvatiya terma jamoasiga birinchi chaqiruvni olgan[6]. U 2016-yilning 15-noyabrida Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan[7].

2018-yil may oyida u Xorvatiyaning 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki 32 kishilik tarkibiga kiritilgan[8]. 2018-yilning 4-iyunida Bradarić Xorvatiya terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibiga kiritilgan[9]. 2018-yil 26-iyun kuni u Islandiyaga qarshi JCh-2018 o‘yinining 65-daqiqasida Luka Modrichning o‘rniga maydonga tushgan va HNK Rijeka tarixida FIFA Jahon chempionatida ishtirok etgan uchinchi futbolchiga aylangan[10][11].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Primorac 1929 (ijara) 2011—12 Treća HNL 28 2 - - 28 2
2012—13 Druga HNL 27 6 - - 27 6
Jami 103 7 15 1 14 0 132 8
Hajduk Split 2013—14 Prva HNL 25 1 4 1 1 0 30 2
2014—15 Prva HNL 13 1 2 0 3 0 18 1
Jami 103 7 15 1 14 0 132 8
Rijeka 2014—15 Prva HNL 15 1 2 0 - 17 1
2015—16 Prva HNL 26 1 5 1 2 0 33 2
2016—17 Prva HNL 33 2 6 0 1 0 40 2
2017—18 Prva HNL 29 3 2 0 11 0 42 3
Jami 103 7 15 1 14 0 132 8
Cagliari 2018—19 A Seriya 27 0 2 0 - 29 0
Hajduk Split (Ijara) 2019—20 Prva HNL 9 0 1 0 - 10 0
Celta Vigo (Ijara) 2019—20 La Liga 14 0 0 0 - 14 0
Karyerada jami 246 17 24 2 18 0 288 19

Xalqaro tahrir

Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Xorvatiya 2016-yil 1 0
2017-yil 1 0
2018-yil 4 0
Jami 6 0

Yutuqlari tahrir

HNK Rijeka

  • Prva HNL : 2016-17
  • Futbol boʻyicha Xorvatiya kubogi : 2016-17

Xorvatiya

Manbalar tahrir

  1. „Fìlip“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Fìlip“. Qaraldi: 2018-yil 17-mart.
  2. „bráda“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Bràdarić“. Qaraldi: 2018-yil 17-mart.
  3. „Filip Bradarić novi igrač HNK Rijeka“ (hr). HNK Rijeka (2015-yil 3-fevral). 2018-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
  4. „Filip Bradarić potpisao novi ugovor: 'Misli su mi usmjerene samo na Rijeku'“ (hr). HNK Rijeka (2017-yil 5-may). 2018-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
  5. „UFFICIALE: Cagliari, ecco il croato Bradaric a centrocampo“ (it). Qaraldi: 2018-yil 3-avgust.
  6. „Čačić on Lovren, Iceland, and What to Expect for the Upcoming Matches“. total-croatia-news.com (2016-yil 7-noyabr). 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.
  7. Petrie, Richard. „Northern Ireland 0-3 Croatia“. BBC (2016-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-noyabr.
  8. „Revealed: Every World Cup 2018 squad - Final 23-man lists | Goal.com“.
  9. „Izbornik Dalić potvrdio konačan popis putnika za SP“ (hr). Croatian Football Federation (2018-yil 4-iyun). Qaraldi: 2018-yil 5-iyun.
  10. „Iceland 1-2 Croatia“. FIFA (2018-yil 26-iyun). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
  11. „Filip Bradarić treći igrač u povijesti Rijeke koji je nastupio na SP-u“ (hr). HNK Rijeka (2018-yil 26-iyun). 2018-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
  12. McNulty. „France 4–2 Croatia“. BBC (2018-yil 15-iyul). Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.