Florian Wirtz
Florian Richard Wirtz (2003-yil 3-mayda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliga klubi „Bayer Leverkuzen“ va Germaniya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Florian Richard Wirtz[1] | ||
Tavallud sanasi | 3-may 2003-yil | ||
Tavallud joyi | Pulheim, Germany | ||
Boʻyi | 1.76 m[2] | ||
Ampluasi | Hujumkor Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Bayer Leverkusen | ||
Raqami | 27 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2008-2010 | SV Grün-Weiß Brauweiler | ||
2010-2020 | 1. FC Köln | ||
2020 | Bayer Leverkusen | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2020- | Bayer Leverkusen | 60 | (13) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2018 | Germaniya U15 | 1 | (0) |
2018-2019 | Germaniya U16 | 5 | (0) |
2019-2020 | Germaniya U17 | 4 | (0) |
2020-2021 | Germaniya U21 | 6 | (2) |
2021- | Germaniya | 4 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (13-mart uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (11-oktyabr uchun) |
Klublardagi faoliyati
tahrirNemis futbolida kelajakdagi katta isteʼdod sifatida qaraladigan Wirtz 2010-yilda „Kyoln“ klubida, 2020-yil yanvarida „Bayer“ bilan shartnoma imzolangunga qadar u yerda qoldi[3].
Bayer Leverkuzen
tahrir17 yoshgacha boʻlganlar jamoasida ajoyib taassurot qoldirganidan soʻng, Wirtz 18-may kuni Bundesligada Leverkuzen uchun katta professional debyutini „Verder Bremen“ga qarshi safar oʻyinida oʻtkazdi[4]. Bu bilan u 17 yoshu 15 kunligida Leverkuzenliklarning ligadagi eng yosh futbolchisi sifatida Kay Havertsni ortda qoldirdi[5]. 6-iyun kuni Wirtz Leverkuzen uchun oʻzining birinchi golini "Bavariya"ga qarshi oʻyinda uchrashuvning 89-daqiqasida urdi va Wirtz 17 yoshu 34 kunligida Bundesliga tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi[6].
Wirtz 2020-yil 23-dekabrda klub bilan shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirdi[7]. Wirtz 6-fevral kuni VfB Shtutgartga qarshi oʻyinda Bundesligadagi beshinchi golini kiritdi va liga tarixida oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan bu koʻrsatkichga erishgan birinchi futbolchiga aylandi.[8] U 2021-yilning 3-mayida, 18 yoshga toʻlgan kuni shartnomasini 2026-yilgacha uzaytirdi[9]. 2021-yil 28-noyabrda Wirtz bundesligadagi beshinchi golini RB Leyptsigga qarshi oʻyinda (1:3) kiritdi va Bundesligada oʻndan ortiq gol urgan 19 yoshgacha boʻlgan birinchi futbolchiga aylandi[10]. 15-dekabr kuni u 18 yoshu 223 kunligida „Xoffenxaym“ga qarshi Bundesligada 50 ta oʻyin oʻtkazgan eng yosh futbolchiga aylandi[11].
Terma jamoadagi faoliyat
tahrirWirtz 2021-yilning mart oyida 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi uchun terma jamoaga birinchi chaqiruvni oldi.[12] U 2-sentyabr kuni Jahon chempionati saralashida Lixtenshteynga qarshi oʻyinda debyut qildi. U 82-daqiqada Joshua Kimmixni almashtirdi. [13]
Oʻyin uslubi
tahrirWirtz hujumkor yarim himoyachi hisoblanadi. U hujumkor fikrga ega va juda dinamik yarim himoyachi[14].
Shaxsiy hayoti
tahrirWirtz Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Pulxaymning Brauweiler tumanida tugʻilgan.
Wirtzning ota-onasi uning agentlari hisoblanadi. Uning otasi Hans-Joachim Grün-Vays Brauveyler klubining raisi[15]. Uning opasi Julian ham professional futbolchi u oʻn olti yoshida Ayollar Bundesligasida debyut qildi va yoshlar darajasida Germaniyani himoya qildi[16].
Faoliyatiagi statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Yevropa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Chempionat | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Bayer Leverkuzen | 2019-20 | Bundesliga | 7 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 9 | 1 |
2020-21 | 29 | 5 | 2 | 1 | 7 | 2 | 38 | 8 | ||
2021-22 | 24 | 7 | 1 | 0 | 6 | 3 | 31 | 10 | ||
Jami | 60 | 13 | 4 | 1 | 14 | 5 | 78 | 19 |
Terma jamoadagi faoliyat
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Ilovalar | Maqsadlar |
---|---|---|---|
Germaniya | |||
2021 yil | 4 | 0 | |
Jami | 4 | 0 |
Yutuqlari
tahrirXalqaro
tahrirGermaniya U21
- 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 2021
Shaxsiy sovrinlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Florian Richard Wirtz | Player profile“. Bundesliga. 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
- ↑ „Florian Wirtz“ (de). Bayer 04 Leverkusen. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
- ↑ „Florian Wirtz: Who is Bayer Leverkusen's new wonderkid and youngest-ever debutant?“. Bundesliga (2020-yil 22-may). Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
- ↑ „Germany » Bundesliga 2019/2020 » 26. Round » Werder Bremen – Bayer Leverkusen“. WorldFootball.net (2020-yil 18-may). Qaraldi: 2020-yil 18-may.
- ↑ „Florian Wirtz replaces Kai Havertz as Bayer Leverkusen's youngest ever player“. Bundesliga. Deutsche Fußball Liga (2020-yil 18-may). Qaraldi: 2020-yil 18-may.
- ↑ „Auch Leverkusen kein Hindernis: Bayern marschiert weiter zum Titel“ (de). kicker (2020-yil 6-iyun). Qaraldi: 2020-yil 6-iyun.
- ↑ „Florian Wirtz extends contract to 2023“. Bayer 04 Leverkusen (2020-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
- ↑ „Florian Wirtz continues to rewrite Bundesliga history for Bayer Leverkusen“. Bundesliga (2021-yil 6-fevral). Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
- ↑ „BAYER 04 EXTEND FLORIAN WIRTZ CONTRACT TO 2026“. Bayer 04 Leverkusen (2021-yil 3-may). Qaraldi: 2021-yil 3-may.
- ↑ „Bayer Leverkusen's Florian Wirtz sets new Bundesliga scoring record“. Bundesliga (2021-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 29-noyabr.
- ↑ „Florian Wirtz becomes youngest player to make 50 Bundesliga appearances“. Bundesliga (2021-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.
- ↑ „START INS EM-JAHR: MUSIALA UND WIRTZ ERSTMALS IM DFB-TEAM“. dfb.de. Qaraldi: 2021-yil 25-mart.
- ↑ „Liechtenstein v Germany game report“. FIFA (2021-yil 2-sentyabr).
- ↑ „Wonderkids: Florian Wirtz | Soccerment Research“. Soccerment (2021-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
- ↑ „8000 Euro für Papa Hätten Sie ihn erkannt? Nationalspieler macht rheinischen Dorfklub froh“ (de). express.de (2021-yil 20-oktyabr).
- ↑ „Florian Wirtz: Who is Bayer Leverkusen's new wonderkid and youngest-ever debutant?“. Bundesliga (2020-yil 22-may). Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
- ↑ „Wirtz, Katterbach und Oberdorf erhalten Fritz-Walter-Medaille in Gold“ (de-DE). kicker (2020-yil 19-avgust).
- ↑ „Bundesliga Player of the Month“. Bundesliga. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „The EA Sports Bundesliga Team of the Season 2021/22 is here!“. Bundesliga (2022-yil 13-may). Qaraldi: 2022-yil 13-may.
- ↑ 20,0 20,1 „Christopher Nkunku zum VDV-Spieler der Saison gewählt“ (de). VDV (2022-yil 25-may). 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.