Percy Jackson va Chaqmoq oʻgʻrisi
Percy Jackson va Chaqmoq oʻgʻrisi – 2005-yildagi Rick Riordanning „Chaqmoq oʻgʻrisi“ romaniga asoslanib, 2010-yilda ishlangan fantastik film. Rejissiyor – Chris Columbus. Film Percy Jackson filmlari seriyasining birinchi qismidir. Filmda Brandon T.Jackson, Alexandra Daddario, Sean Bean, Pierce Brosnan, Steve Coogan, Rosario Dawson, Catherine Keener, Kevin McKidd, Joe Pantoliano va Uma Thurman kabi aktyorlar bilan birgalikda Percy Jackson rolida Logan Lerman rol ijro etgan.
Percy Jackson va Chaqmoq oʻgʻrisi | |
---|---|
Film uchun ishlangan poster | |
Rejissyor(lar) | Chris Columbus |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Craig Titley |
Qaysi asarga asoslangan |
Chaqmoq oʻgʻrisi –Rick Riordan |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Christophe Beck |
Kinematografiya | Stephen Goldblatt |
Muharrir(lar) | Peter Honess |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | 20th Century Fox |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 119 daqiqa[1] |
Mamlakatlar | |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $95 million[3][4] |
Daromadi | $226.4 million[4] |
2004-yilda 20th Century Fox Percy Jackson kitoblari asosida film suratga olish huquqini sotib olgan. 2007-yilda Chris Columbus rejissyorlikka tayinlangan. Suratga olish ishlari 2009-yil aprel oyida Vancouverda boshlangan. Baʼzi kadrlar Tennessee va Las-Vegasda, baʼzi sahnalar esa New-Yorkda suratga olingan.
Percy Jackson va Chaqmoq oʻgʻrisi 2010-yil 12-fevralda 20th Century Fox tomonidan AQShda premyera qilingan[5]. Film tanqidchilardan turli xil fikrlar olgan. Filmning asl mazmunini va ssenariy tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan yaxshi tushunilmagani uchun tanqidga uchragan, biroq Lerman va Jacksonning ijrolari, vizual effektlari maqtovga sazovor boʻlgan. Film butun dunyo boʻylab 95 million dollarlik byudjet bilan 226,4 million dollar kassa yigʻgan. Film 2010-yil 29-iyun kuni DVD va Blu-ray disklarida chiqarilgan[6][7]. Filmga asoslangan video oʻyin Nintendo DStomonidan 2010-yil 11-fevralda omma eʼtiboriga havola etilgan. Kinoning davomi „Percy Jackson va Dengiz mahluqlari“ 2013-yil 7-avgustda premyera qilingan.
Syujeti
tahrirFilm boshida Empire State Building tepasida Zevs ukasi Poseydon bilan uchrashadi. Zavs Poseydonning yarim maʼbud oʻgʻli Percy Jacksonni chaqmoqni oʻgʻirlaganlikda ayblaydi. Poseydon Zevsga Percy oʻzining asl kimligidan bexabar ekanini eslatadi, lekin Zevs agar chaqmoq ikki hafta ichida Olympus togʻiga qaytarilmasa, barcha xudolar oʻrtasida urush boshlanishini aytadi.
16 yoshli Percy uzoq vaqt davomida disleksiya va DEHB bilan kurashib keladi. Metropolitan Museum of Artga maktab safari paytida Percy oʻzining ingliz tili oʻqituvchisi Missis Dodds qiyofasiga kirib olgan Fury tomonidan hujumga uchraydi.
Percyning eng yaqin doʻsti Grover Underwood va uning lotin tili oʻqituvchisi janob Brunner Percyga Furydan qutilishiga yordam beradi. Janob Brunner Percyga juda kuchli qurol deb hisoblangan qalamni beradi. Groverga Percy va uning onasi Sallyni Long-Islanddagi yarim maʼbud bolalari uchun yashirin boshpana boʻlgan Yarim qonlar lageriga olib borishni buyuradi.
Oʻsha yerda ularga Minotaur hujum qiladi, u Percyning onasini oʻldiradi. Percy janob Brunner bergan qalami sehrli qilich ekanligini bilib oladi va undan Minotaurga qarshi kurashda foydalanadi. Oxir-oqibat uni oʻz shoxi bilan oʻldiradi.
Uch kundan keyin uygʻongan Percy oʻzining Poseydonning oʻgʻli, Grover satyr va Percyning himoyachisi, janob Brunner esa kentavr Chiron ekanligini bilib oladi. Lagerda paytida Percy oʻzining yashirin yarim maʼbudlik kuchlarini namoyon eta boshlaydi. Bu kuchlar orasida suvni boshqarish va davolash qobiliyatlari bor edi. Shuningdek, u boshqa yarim maʼbudlar bilan tanishadi: Athena maʼbudasining qizi Annabeth Chase va lager rahbari Hermes xudosining oʻgʻli Luke Castellan bilan uchrashadi.
Percyga amakisi Hadesning arvoh koʻrinishi zohir boʻladi. U Minotaur Sallyni chaqmoqqa almashish uchun Yer osti dunyosiga olib ketganini aytadi. Chironning buyruqlariga boʻysunmagan holda, Percy Grover va Annabeth bilan birga yer osti dunyosiga qarab yoʻlga chiqadi.
Luke Percyga Hadesning xotini Persephonega tegishli uchta yashil marvaridning joylashuvi koʻrsatilgan xaritani beradi. Bu marvaridlar ularga yer osti dunyosidan qochish imkonini beradi. Luke unga, shuningdek, Hermesdan oʻgʻirlangan bir juft uchar qanotli Converse All-Stars va oʻzining sevimli qalqoni beradi. Ular lagerdan ketganidan soʻng, u yerda Percy bedarak yoʻqolgan deb eʼlon qilinadi.
New-Jerseydagi bogʻ markazida Grover va Annabethning yordami bilan Percy Medusaning boshini kesib tashlaydi va uning jasadidan birinchi marvaridni oladi. Nashvilledagi Parthenonda Percy Afina haykali tojidan ikkinchi marvaridni oladi. Grover esa Meduzaning boshi bilan Hydrani oʻldiradi.
Uchlik uchinchi marvaridni olish uchun Las-Vegasdagi Lotus mehmonxonasiga keladi; ammo, ular lotus gullarini isteʼmol qilgandan keyin oʻz vazifalarini unutishadi, buning taʼsirida ularning vaqti kam qoladi. Percy telepatiya orqali Poseydonning boshqa gul yemaslik kerakligini aytgan ovozini eshitib, afsun taʼsiridan chiqib ketadi.
Percy Grover va Annabethni sehrli gullar taʼsiridan ozod qiladi; ular kazinodan oxirgi marvaridni topib, ketishadi. Afsuski, ularda urushning oldini olish uchun faqat bir kunlari qoladi, chunki ular deyarli bir hafta davomida kazinoda qolib ketishgandi. Ular yer osti dunyosi Gollivudda ekanligini bilib, u yerga ketishadi.
Uchta marvarid bilan Percy, Grover va Annabeth Gollivudga kelgandan soʻng, yer osti dunyosi portaliga kiradilar. U yerda Hades Lukening qalqoni ichida yashiringan chaqmoqni topib, Luke oʻgʻri boʻlganligi fosh etiladi.
Hades uchlikni oʻldirmoqchi boʻladi, lekin Persephone Hades uni yer osti dunyosida qamoqda ushlab turgani uchun undan oʻch olish maqsadida chaqmoqni Percyga beradi. Ularda bor-yoʻgʻi uchta marvarid borligi sababli, Grover yer osti dunyosida qolishga majbur boʻladi. Percy, Annabeth va Sally esa Olympusning yashirin kirish eshigi boʻlgan Empire State Buildingga teleport qilishadi. Biroq, ichkariga kirishdan oldin, ular Luke tomonidan qoʻyilgan pistirmaga tushib qolishadi. Luke Olympusni toʻntarish va yarim maʼbudlarni Olympusning yangi hukmdori sifatida taxtga chiqarish uchun chaqmoqni oʻgʻirlaganligini aytadi.
Manhattan boʻylab boʻlib oʻtgan jangdan soʻng, Percy Lukeni magʻlub qiladi, chaqmoqni Zevsga qaytaradi va otasi bilan yarashadi. Grover yer osti dunyosidan qaytgach, Percy va Annabeth yana Yarim-qon lagerida mashq qilishda davom etadilar.
Rollarda
tahrir- Logan Lerman Percy Jackson rolida, Poseydonning oʻgʻli[8].
- Brandon T. Jackson Grover Underwood rolida,Percyning yaqin doʻsti va himoyachisi, satyr[8].
- Alexandra Daddario Annabeth Chase rolida,Afinaning qizi[9].
- Jake Abel Luke Castellan rolida, Hermesning oʻgʻli.
- Sean Bean Zeus rolida, osmon, chaqmoq va Olympus togʻidagi 12 ta xudolarning qiroli. Poseydon va Hadesning akasi.
- Kevin McKidd Poseidon rolida, Percyning otasi, dengizlar xudosi[10].
- Steve Coogan Hades rolida, Percyning amakisi, yer osti dunyosi, oʻlim xudosi[11].
- Melina Kanakaredes Athena rolida,Annabethning onasi, tinchlik va donishmandlik ilohasi[10].
- Rosario Dawson Persephone rolida, Hadesning rafiqasi[11].
- Dylan Neal Hermes rolida, Lukening otasi, savdo-sotiq xudosi.
- Serinda Swan Aphrodite rolida, sevgi va goʻzallik ilohasi.
- Ray Winstone Ares rolida, urush xudosi.
- Luke Camilleri Dionysus rolida, teatr, vino va bayramlar xudosi.
- Uma Thurman Medusa rolida, Afina tomonidan laʼnatlangan[10].
- Catherine Keener Sally Jackson rolida, Percyning onasi[12].
2004-yil iyun oyida 20th Century Fox kitobga film olish huquqini sotib olgan[13]. 2007-yil aprel oyida Chris Columbus rejissyorlikka yoʻllangan[14]. Suratga olish ishlari 2009-yil aprel oyida Vancouverda boshlangan[10][15]. Filmning bir qismi Tennessee shtatining Nashville shahridagi Parthenonda suratga olingan boʻlib, u Athensdagi asl Parthenonning nusxasi[16]. Lotus Casino epizodi 2009-yil iyun oyida Vancouverdagi The Westin Bayshore mehmonxonasida suratga olingan. Percy, Grover va Annabethning kazinoga borish va u yerdan qaytish sahnalari esa Las-Vegas Strip va Fremont Street Experience oldida tasvirga tushirilgan. Tasvirga olish jarayoni 2009-yil 25-iyul kuni ertalab Britaniya Columbiasining Mission shahrida yakunlangan. 2009-yil avgust oyining birinchi haftasida New-Yorkning Brooklyn shahridagi qoʻshimcha sahnalar suratga olingan[17].Film sountreki Christophe Beck tomonidan yozilgan[18]. Columbusning taʼkidlashicha, aktyorlar tarkibi keyingi filmlarni hisobga olgan holda tanlangan. „Menimcha, Percy Jackson bilan bu rollarga mos keladigan toʻgʻri aktyorlarni topish kerak edi, chunki umid qilamanki, Xudo xohlasa, biz Percy Jacksonning boshqa filmlarini suratga olishda davom etamiz va siz oʻz qahramonlaringizni qayta koʻrishni xohlaysiz“[19].
Qabul qilinishi
tahrirDaromadi
tahrirFilm 2010-yil 12-fevralda 3356 ta kinoteatrda namoyish etilgan; Uning AQShdagi ochilishida kassa daromadi 31,2 million dollarni tashkil etib, 31,5 million dollar bilan ochilgan „The Wolfman“ va 56,3 million dollar bilan ochilgan „Valentineʼs Day“ filmlaridan pastroq natija koʻrsatgan. Film oʻz janri uchun kuchli ochilish koʻrsatgan, Harry Potter, Narniya saltanati yoki Uzuklar Hukmdori seriyasidan emas, balki fantastik film uchun eng yuqori ochilish qilgan[20]. 2010-yil 14-sentabr holatiga koʻra, u AQSh va Kanadada jami 88,8 million dollar, dunyoning boshqa joylarida esa 137,7 million dollar yigʻib, jami daromadi 226,5 million dollarga yetgan.
Video oʻyin shaklida
tahrirGriptonite Games tomonidan ishlab chiqilgan va Activision tomonidan nashr etilgan filmga asoslangan video oʻyin 2010-yil 11-fevralda faqat Nintendo DS uchun chiqarilgan[21]. GameZonedan Micheal Splechta unga 6/10 baho berib: „Percy Jackson kino oʻyinlari orasida ajralib turmasa-da, navbatma-navbat jang tizimini yoqtiruvchilar bu oddiy oʻyinda baʼzi qiziqarli jihatlarni topishi mumkin“, – degan[22]. Metacriticda oʻyin 6 ta sharhga asoslanib 100 balldan 56 ballga ega boʻlgan[23].
Manbalar
tahrir- ↑ „PERCY JACKSON & THE LIGHTNING THIEF“. British Board of Film Classification. 2015-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 „Percy Jackson & The Olympians The Lightning Thief (2010)“. British Film Institute. 2020-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
- ↑ „'Valentine's Day,' 'Percy Jackson' and 'Wolfman': The more they cost, the less they made“. Los Angeles Times (2010-yil 15-fevral). 2021-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-fevral. „The debut of "Percy Jackson" was good, but not great given its $95-million production budget funded by 20th Century Fox, Dune Entertainment and Ingenious Film Partners.“.
- ↑ 4,0 4,1 Percy Jackson & the Olympians: The Lightning Thief Box Office Mojoda
- ↑ „Contact Information and FAQ:Rick Riordan“. 2010-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ ASIN B003HARV3Y, Percy Jackson & The Olympians: The Lightning Thief
- ↑ ASIN B002ZG98J6, Percy Jackson & the Olympians: The Lightning Thief [Blu-ray]
- ↑ 8,0 8,1 Siegel, Tatiana. „'Percy Jackson' finds lead actors“. Variety (2009-yil 2-mart). 2009-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Fernandez, Jay A.. „'Lightning Thief' finds female lead“. The Hollywood Reporter (2009-yil 18-mart). 2010-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 Siegel, Tatiana. „Fox 2000 bulks up 'Percy Jackson'“. Variety (2009-yil 25-mart). 2009-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-may.
- ↑ 11,0 11,1 Hewitt, Chris. „Dawson And Coogan Join Percy Jackson“. Empire (2009-yil 7-may). 2012-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Kit, Borys. „Catherine Keener joins 'Percy Jackson' film“. The Hollywood Reporter (2009-yil 15-aprel). 2009-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Brodesser, Claude. „'Lightning Thief' strikes Maverick“. Variety (2004-yil 23-iyun). 2009-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Gilstrap, Peter. „Columbus struck by 'Lightning'“. Variety (2007-yil 17-aprel). 2009-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ „Credits | Mammoth Studios“. 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ „City Hopes To Build Madison Nature Center – Community News Story – WSMV Nashville“ (2009-yil 3-iyul). 2009-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Caranicas, Peter. „Goldblatt, Deakins follow similar path“. Variety (2009-yil 20-oktyabr). 2010-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Knowles, Harry. „New trailer for Percy Jackson & the Olympians: The Lightning Thief hits...“. Ain't It Cool News (2009-yil 20-noyabr). 2009-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Roberts, Sheila. „Exclusive Chris Columbus Interview“. Roll Credits (2009-yil 8-fevral). 2010-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Brandon Gray. „Weekend Report: 'Valentine's Day' Massacres Presidents' Day Record“. Box Office Mojo (2010-yil 16-fevral). 2010-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ „Percy Jackson and the Olympians: The Lightning Thief for DS - Percy Jackson and the Olympians: The Lightning Thief Nintendo DS - Percy Jackson and the Olympians: The Lightning Thief DS Game“. Gamespot.com. 2010-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Splechta. „Percy Jackson & The Olympians: The Lightning Thief Review“. GameZone.com. 2010-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ „Percy Jackson and the Olympians: The Lightning Thief Reviews“. Metacritic. 2013-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.