Foydalanuvchi:Medxim/qumloq
Buxoro davlat tibbiyot instituti
tahrirTarix
tahrirXalqaro nomi |
Bukhara State Medical Institute |
---|---|
Turi | institut |
Asos solingan sanasi | 1990-yil |
Rektori | Shuhrat Jumayevich Teshayev |
Fakultetlar | 10 ta |
Talabalari | 8500 |
Bakalavriat | 18 ta |
Magistratura | 30 ta |
Doktorantura | 210 |
Akademiklari | 74 |
Fan doktorlari | 50 |
Professorlari | 160 |
Oʻqituvchilari | 480 |
Joylashuvi |
Buxoro , Oʻzbekiston |
Kampusi | 2 ta |
Veb-sayti | www.bsmi.uz |
Buxoro davlat tibbiyot instituti 1990 yil oktyabr oyida tashkil etilgan. 1991 yil mart oyida xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi Prezidiumi qarori bilan unga “Abu Ali ibn Sino” nomi berilgan. Tibbiyot fakulteti 1991-yil, stomatologiya fakulteti 1992-yil, Oliy malakali hamshiralar kafedrasi 1999-yil, tibbiy pedagogika kafedrasi 2001-yil va pediatriya kafedrasi 2016-yilda tashkil etilgan.2018-yildan tibbiy profilaktika va tibbiy biologiya sohasida 2 ta yangi yo‘nalish yaratildi. Hozirgi kunda institutda 8 ta fakultet, 43 ta kafedra, jumladan, 8 ta yoʻnalish boʻyicha bakalavriat, 23 ta mutaxassislik boʻyicha magistratura va 40 dan ortiq mutaxassislik va 20 ta qoʻshma dasturlar boʻyicha klinik ordinatura yoʻnalishlari mavjud. Institutda jami 8500 dan ortiq talaba va rezident tahsil oladi. Institutda jami 480 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan, 50 nafar fan doktori, 18 nafar professor, 210 nafar fan nomzodi va dotsent, 100 nafar katta o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.Institutda hozirda o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida darslar olib borilmoqda. Institut yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq 8 ta yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlaydi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorlari
tahrir1990-1995 yillari | MUMINOV AKRAM IBRAGIMOVICH |
---|---|
1995-1996 yillari | OMIROV RAUF YULDASHEVICH |
1996-2012 yillari | AXMEDOV RAXMAT MAXMUDOVICH |
2012-2017 yillari | ASKAROV TOXIR ASKAROVICH |
2017-2020 yillari | INOYATOV AMRILLO SHODIYEVICH |
2020 y va hozirda | TESHAYEV SHUXRAT JUMAYEVICH |
Institutning tarixiga nazar solsak. Аkram Ibragimovich Muminov institutning birinchi rektori boʼlib, 1990-1995 yillarda faoliyat olib borgan. 5-6 yil davom etgan samarali sermahsul faoliyati mobaynida Buxoro davlat tibbiyot institutining ishlab chiqilgan konsepsiyasiga muvofiq oʼquv – tarbiya jarayonining, ilmiy – uslubiy va xoʼjalik faoliyatining yangicha, mustaqil dasturini taʼlim tizimida muvaffaqiyatli joriy qilinishiga, dastlabki umumiy va bioorganik kimyo, tibbiy va biologik fizika, tibbiy biologiya va irsiyot, tillar, normal anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya, biologik kimyo va boshqa kafedralarning birin ketin - tashkil etilishi va shakllanishiga bosh qosh boʼlgan.
1995-1996- yillarda institut rektori vazifasini tibbiyot fanlari doktori, professor Rauf Yuldoshevich Omirov vaqtincha bajarib, oliygohda taʼlim – tarbiya ishlarini takomillashtirishga munosib hissa qoʼshgan. Institut strukturasi, institutning kafedralar tizilmasi, oʼquv – uslubiy, ilmiy ishlarini yanada takomillashtirib institut faoliyati muvofiqlashtirishga erishildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1996 – yilda institut rektori ilmiy ishlar prorektori boʼlib ishlab kelayotgan hamda “Fakultet va gospital xirurgiya” kafedrasi mudiri, Rahmat Mahmudovich Аxmedov rektor etib tayinlangan va 1996-2012- yillar davomida yaʼni 16 yil rahbarlik qilgan. U institutning yanada rivojlanishiga faol hissa qoʼshdi. Uning rektorligi davrida oliy hamshiralik ishi fakulteti va tibbiy – pedigogika fakultetlari birin – ketin ochildi. Raxmat Maxmudovich samarali kadrlar tayyorlashga katta eʼtibor berdi. Institut oʼz asoschichi tomonidan qoʼyilgan anʼanalarini saqlab, uning faoliyatini davom ettirdi, yangi boʼlimlar ochildi, ilmiy tadqiqot ishlariga katta eʼtibor qaratildi. U insonning rektorlik davrida institutning ilmiy salohiyati 2 baravar oshdi. Viloyat aholisi salomatligi holatining dolzarb masalalariga bagʼishlangan turli konferentsiya va kongresslar tashkil etildi.
Institutga 2012 - yil 6- iyuldan tibbiyot fanlari doktori Toxir Аskarovich Аskarov rektor etib tayinlangan va 2017 – yil mart oyiga qadar rahbarik qilgan. U rahbarlik qilgan yillarda kafedra va fakultetlarni takomillashtirish ishlari faol yoʼlga qoʼyildi. Toxir Аskarovich rahbarlik qilgan davrda institutga birinchi marta magistratura yoʼnalishlari uchun kvota ajratildi. Institutning birinchi qaldirgʼochlari “Morfologiya” ixtisoslari magistralari boʼlgan.
Fakultetlar
tahrir- Davolash fakultetda Jami 2245 ta talaba tahsil oladi. Ulardan 799 ta grand va 1446 ta kontrakt. 2022-2023 oʻquv yilida 578 talaba qabul qilindi. Grand 200 ta va kontrakt 378 ta. Oʻqish muddati 6 yil boʻlib, fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
2. Stomatologiya fakultetda Jami 815 ta talaba tahsil oladi. Ulardan 210 ta grand va 605 ta kontrakt. 2022-2023 oʻquv yilida 210 talaba qabul qilindi. Grand 58ta va kontrakt 152 ta. Oʻqish muddati 5 yil boʻlib, fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
Tibbiy kimyo kafedrasi
Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi Xirurgik stomatologiya kafedrasi Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi |
3. Pediatriya fakulteti Jami 719 ta talaba tahsil oladi Ulardan 257 ta grand va 462 ta kontrakt. 2022-2023 oʻquv yilida 217 talaba tahsil olyapti.. Grand 68 ta va kontrakt 149 ta. Oʻqish muddati 6 yil boʻlib, fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
4. Tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va xalq tabobati fakulteti Jami 409 ta talaba tahsil oladi. Ulardan 44 ta grand va 365 ta kontrakt. 2022-2023 oʻquv yilida 142 talaba qabul qilindi. Grand 13 ta va kontrakt 129 ta. Oʻqish muddati 5 yil boʻlib, fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
5. Xalqaro talabalar fakulteti Jami 915 ta talaba tahsil oladi 2022-2023 oʻquv yilida 53 talaba qabul qilindi. . Oʻqish muddati 6 yil boʻlib, fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
Ingliz tili kafedrasi
Oʼzbek tili va adabiyoti, pedagogika va psixologiya kafedrasi |
6. Shifokorlar malakasini oshirish fakulteti 2022-2023 oʻquv yilida 206 shifokorlar tahsil oladi. Oʻqish muddati 3 yil.
Контактная информация[править | править код]
tahrircall: +998 (65) 223-00-50
website: https://www.bsmi.uz
Facebook: https://www.facebook.com/bsmi.uz/
Instagram: https://www.instagram.com/bsmi.uz/
Telegram: https://t.me/BSMI_UZ
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UC6sYTxyAuvK7FyH1TQ_9YTA