Foydalanuvchi:Muzaffarovagulasal/qumloq
Naqshbandiya tariqati
tahrirUning ikkinchi nomi Xo’jagon yo’nalishi bo’lib, u shahar va shahar atroflarida rivojlangan va xalq orasida keng tarqalgan. Bu oqimga Xo’ja Yusuf al-Hamadoniyning mashhur shogirdi Xo’ja Abdulxoliq al-G’ijduvoniy (v. 1179 yoki 1220 y.) murshidlik qilgan. Keyinchalik bu oqimga Xo’ja Bahouddin Naqshband (1318-1389) murshidlik qilgan va shu davrdan e’tiboran Naqshbandiya tariqati butun islom olamiga tarqala boshlagan.
Osiyo zaminida eng keng tarqalgan tasavvuf tariqatlaridan biri Naqshbandiyadir. Uning haqiqiy asoschisi Bahouddin Naqshband bo’lib, u Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon qishlog’ida dunyoga keldi. Bahouddin Naqshbandni yoshligida Xojagon tariqati shayxlaridan Muhammad Bobo-yi Samosiy ma’naviy farzandlikka qabul qildi. Bir muddatdan keyin Samosiy uning tarbiyasini Amir Kulolga topshirdi. Shu bilan birga Bahouddin Naqshbandning haqiqiy shayxi – uvaysiya yo’lida tarbiyalagan Abdulxoliq G’ijduvoniy hisoblanadi. Ma’lum muddat Samarqandda yashab, u yerdagi shayxlarning suhbat va tavajjuhlariga musharraf bo’ldi. Amir Kuloldan xalifalikni olgach, Qosim shayx, Xalil ota va Mavlono Orif kabi Yasaviya shayxlarining huzurida ko’p yillar qolib, ulardan ilmu fayz olishga muyassar bo’ldi. Ikki marotaba hajga borib kelgan Bahouddin Naqshband hayotining oxirgi yillarini Buxoroda o’tkazdi. Islom olamida juda katta obro’-e’tiboriga ega bo’lgan Naqshbandning hayoti manoqiblarga to’la bo’lib, bugungacha uning hayoti va tariqatini ifodalovchi juda ko’plab asarlar bitilgan. Shulardan, Faxruddin Ali ibn Husayn Vo’iz Koshifiyning «Rashahot ayn al-hayot» [1]risolasi Naqshbandiya tariqati shayxlari haqida keng ma’lumot beradi.
Naqshbandiya ahli sunna e’tiqodiga amal qiluvchi tariqat bo’lib, xafiy zikrga asoslangan. Zohiran ko’zga tashlanadigan xatti-harakatlardan yiroq suhbat va robitaga kuchli e’tibor beradi. Ko’pchilik bilan qilinadigan naqshbandiy zikrga «Xatmi xo’jagon» deyiladi. Bu zikrda tariqatga kirmaganlar qatnashishlari ta’qiqlanadi. Naqshbandiyada tariqatga kirgan darvish ushbu shartlarga amal qilishi shart: doimo tavbada bo’lish, sunnatga qat’iy amal qilish, bid’atlardan qochish, hayotiy qulayliklardan voz kechib, taqvoni kuchaytirish, zulm va nohaqlik qilmaslik, qarzdor bo’lmaslik, birovni norozi qilmaslik, qazo namozlarini ado etish, Allohni har lahzada zikr qilish.
Naqshbandiya tariqati quyidagi to’rt tamoyil asosiga qurilgan:
tahrir- shariat bilan zohirni poklash
- tariqat bilan botinni poklash
- haqiqat bilan qurbi ilohiyga erishmoq
- ma’rifat bilan Allohga erishmoq.
- ↑ „1 Zum Textzustand des K. al-cAyn“, Die exegetischen Teile des Kitab al-'Ayn, De Gruyter, 13–32-bet, 1994-12-31, qaraldi: 2023-07-06