Al-Mustanjid
{[lang-ar|المستنجد بالله}}
Xalifa
Amir al-Moʻminin
Bagʻdod xalifaligining 32xalifasi
Bagʻdodda Bagʻdod xalifaligi
Saltanat 1160-yil 12-mart – 1170-yil 18-dekabr
Oʻtmishdoshi Al-Muqtafiy
Davomchisi Al-Mustadiy
Tugʻilishi 1124
Bagʻdod, Bagʻdod xalifaligi
Vafoti

1170-yil 18-dekabr (46 yoshda)

Bagʻdod, Bagʻdod xalifaligi
Turmush oʻrtogʻi Zubayda bint Abu Nasr bin al-Mustazhir[1]
Gʻadda
Farzandlari Al-Mustadiy
Toʻliq nomi
Abu al-Muzaffar Yusuf ibn Muhammad al-Muqtafiy al-Mustanjid billoh
Sulola Abbosiylar
Otasi Al-Muqtafiy
Onasi Tovus
Dini Islom, sunniylik

Abu al-Muzaffar Yusuf ibn Muhammad al-Muqtafiy (arabcha: أبو المظفّر يوسف بن محمد المقتفي), al-Mustanjid bi-lloh (arabcha: المستنجد بالله) shoh nomi bilan mashhur (1124–1170-yil 20-dekabr) – 1160–1170-yillarda Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiy xalifa. O'zidan oldingi xalifa al-Muqtafiyning o‘g‘li.

Hayoti

tahrir

Al-Mustanjid 1124-yilda tug‘ilgan. Otasi xalifa al-Muqtafiy, onasi esa Savus ismli ummu al-valad bo'lgan. To‘liq ismi Yusuf ibn Muhammad al-Muqtafiy, kunyasi Abu al-Muzaffar. Yusuf hali yosh shahzoda bo'lgan vaqtida 1136-yilda otasi xalifalikka tayinlangan va 1160-yil vafotiga qadar deyarli 25 yil hukmronlik qilgan. Xalifa vafot etgach, uning o'g'li al-Mustanjid Bag'dod xalifaligi taxtiga o'tirgan. Al-Mustanjid otasining siyosatini davom ettirgan va Avniddin ibn Hubayrani o'ziga vazir etib tayinlagan. U bundan oldin al-Muqtafiyning hukmronlik davrida ham xalifalik vaziri bo'lib xizmat qilgan[2]. Avniddin ibn Hubayra davrida Abbosiylar saroyida saljuqiylar taʼsirining pasayib borgan, shuningdek, Bagʻdodda hanbaliy taʼlimotining gullab-yashnashi kuzatilgan. Ibn Hubayra Nuriddin Mahmud ibn Zangiy tomonidan Fotimiylar xalifaligining Misrni zabt etishida ham ishtirok etgan[2].

 
Artuklu Najmiddin Alpiy dirhami, Mardinda al-Mustanjid nomi bilan zarb qilingan bo'lishi mumkin.

Al-Muqtafiyning xotinlaridan biri, al-Mustanjidning o‘gay onasi Ummu Abi Ali o‘z o‘g‘lining xalifalikka tayinlanishini qattiq xohlar edi. Shu sababli ham u ko'plab amirlarni o'z tomoniga og'dirgan va ularning cho'rilarini yangi xalifani o'ldirish uchun xanjar bilan qurollantirgan. Biroq al-Mustanjid uning bu fitnasini aniqlagan hamda isyonchi o'g'il va onani qamoqqa tashlagan.

Taxminan shu davrga kelib 260 yildan beri davom etib kelayotgan Fotimiylar sulolasi, nihoyat, barham topgan. Ularning hukmdori Salohuddin al-Ayyubiy garchi o'zi musulmon bo'lsa ham, avvaliga sunniylik e'tiqodini shia mazhabi tamoyillari va amaliyotlariga sodiq qolgan xalq orasida e'lon qilmagan. Biroq tez orada bu ishni amalga oshirgan va shu tariqa Abbosiylarning ma’naviy ustunligi nafaqat Suriyada, balki butun Misr va unga qaram bo‘lgan barcha hududlarda yoyildi.

Al-Mustanjid haqida uning hokimiyat boshqaruvida ozmi-ko'pmi mustaqil mavqega ega bo'lgani, shuningdek, vaqti-vaqti bilan mahalliy yurishlarni amalga oshirish uchun yetarli bo'lgan kichik bir kuch tomonidan qo'llab-quvvatlanganidan boshqa hech qanday yirik harakatlarni amalga oshirganini bo'lmaydi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  •  This text is adapted from William Muir's public domain, The Caliphate: Its Rise, Decline, and Fall.

[[Turkum:Abbosiy xalifalarning oʻgʻillari]] [[Turkum:1124-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:XII asr Abbosiy xalifalari]] [[Turkum:1170-yilda vafot etganlar]]

  1. Rudainy, Al; Saud, Reem „The Role of Women in the Būyid and Saljūq Periods of the Abbasid Caliphate (339-447/9501055&447-547/1055-1152): The Case of Iraq“. University of Exeter (2015-yil 12-iyun). Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
  2. 2,0 2,1 Makdisi (1971), pp. 802–803