Sybille Bedford, OBE (1911-yil 16-martda tugʻilgan – 2006-yil 17-fevralda vafot etgan) – asli Germaniyada tugʻilgan ingliz yozuvchisi, real voqelikka asoslangan va yarim avtobiografik kitoblar muallifi, „Oltin qalam“ mukofoti sovrindori.

Sybille Bedford

Bedford, 1989-yil
Tavalludi
Sybille Aleid Elsa von Schoenebeck

16-mart 1911-yil
Vafoti 17-fevral 2006-yil(2006-02-17)
(94 yoshda)
London, Angliya, Buyuk Britaniya
Ijod qilgan tillari Ingliz tili va Nemis tili
Fuqaroligi Germaniya[1] va Birlashgan Qirollik[2]

Yoshlik davri

tahrir

Sybille Aleid Elsa von Schoenebeck Prussiya Qirolligining Sharlottenburg shahrida nemis aristokrati, isteʼfodagi podpolkovnik Maximilian Josef von Schoenebeck (1853–1925) va uning nemis rafiqasi Elisabeth Bernhardtlar oilasida tugʻilgan[3]. Sybille Badendagi Feldkirch qal’asida otasi singari katolik diniga eʼtiqod qilgan holda voyaga yetgan. Otasining Elizabeth Marchesani bilan birinchi turmushidan oʻgay singlisi bor edi. Bedfordning ota-onasi 1918-yilda ajrashishgan va u biroz qashshoq sharoitda katta boʻlgan. Otasi 1925-yilda vafot etgan. Sybille esa onasi va oʻgay otasi bilan Italiyaga yashash uchun koʻchib ketgan[4]. Oʻsha yillarda u Angliyada Hampsteadda oʻqigan[5].

1920-yillarning boshlarida Sybille tez-tez Angliya va Italiyaga sayohat qilgan. Italiyada fashizm kuchayishi bilan uning onasi va oʻgay otasi Fransiyaning janubidagi Provence shahrida joylashgan Sanary-sur-Mer baliqchilar qishlogʻiga koʻchib kelishgan. Sybillening oʻzi u yerda yashab, Aldous Huxley bilan doʻstlashgan. Bedford oʻsha davrning koʻplab nemis yozuvchilari, jumladan, Thomas Mann va Bertolt Brext bilan muloqotda boʻlgan[6].

Faoliyati

tahrir

Urush tugaganidan soʻng, Bedford bir yilni Meksikada oʻtkazgan. Uning ushbu sayohatidan olgan tajribalari 1953-yilda nashr etilgan „The Sudden View: a Mexican Journey“ nomli sayohatnomasida aks etgan. Bedford 1940-yillarda yana Fransiya va Italiyaga borgan.

Bedfordning ilk romani „A Legacy“ 1956-yilda nashr etilgan va 1975-yilda BBC teleradiokompaniyasi tomonidan namoyish etilgan. Ushbu kitobni Francis King „XX asrning eng yaxshi kitoblaridan biri“ deb taʼriflagan. Evelyn Waugh esa Nancy Mitfordga yoʻllagan maktubida shunday deb yozgan edi: "Men bu ajoyib „Bedford xonim“ kim ekanligiga juda qiziqyapman"[7]. Kitob bir qarashda badiiy asardek tuyulsa-da, ammo avtobiografik xususiyatga ega boʻlgan. Unda otasining Germaniyadagi hayoti, shuningdek, muallifning u yerdagi bolalik davri aks ettirilgan. Asar omma tomonidan iliq qabul qilingan, bu esa Bedfordga ijodiy faoliyatini davom ettirishida koʻmakchi boʻlgan[8]. Qolaversa, Bedford hayoti davomida yana uchta roman va koʻplab ilmiy asarlar nashr ettirgan. Badiiy adabiyotda u sayohatchi yozuvchi va yuridik muxbir sifatida tanilgan.

1945-yilda Esther Murphy bilan uchrashib qolgan va ular bir-birlarini yoqtirib qolishgan. Ammo ularning munosabatlari bir necha yilgina davom etgan. Keyinchalik ular umrbod doʻst boʻlib qolishgan[9].

Bedford 1950-, 1960- va 1970-yillarda Fransiya, Italiya, Britaniya va Portugaliyada yashagan va oʻsha vaqtlarda amerikalik bir qancha romanlar muallifi Eda Lord bilan aloqalari yaxshi boʻlgan[10][4].1979-yilda Bedford Londonning Chelsea shahriga kelib joylashgan. 1981-yilda Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlangan. U, shuningdek, PEN klubida ishlagan va Qirollik Adabiyot Jamiyatining aʼzosi boʻlgan. Bedfordning eng oxirgi yozgan asari 2005-yilda nashr etilgan „Quicksand“ nomli xotiralar kitobi hisoblanadi[11].

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. Feldkirch in literarischen Zeugnissen
  4. 4,0 4,1 Obituary for Sybille Bedford in The Daily Telegraph, 21 February 2006.
  5. Jane Jakeman: "Funerals in Berlin (and Sussex)", in The Independent on Sunday, 18 February 2000, 30 September 2007da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 25 February 2018
  6. Jane Jakeman: "Funerals in Berlin (and Sussex)", in The Independent on Sunday, 18 February 2000, 30 September 2007da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 25 February 2018.
  7. Quoted in the author’s introduction to the Penguin Modern Classics edition, 2005, p. xviii.
  8. Author’s introduction to Penguin Modern Classics edition.
  9. „Eluding Magnificent Monuments: The Stylish Lives of Esther Murphy, Mercedes de Acosta, and Madge Garland“. bookslut. Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.
  10. Joan Acocella: „Piecework. The writings of Sybille Bedford“[sayt ishlamaydi], in The New Yorker, 18 April 2005
  11. Reviewed in The Spectator 7 November 2020