Oksimoron(oxymaron)- qadimgi Yunoncha ibora bòlib, "aqlli ahmoqlik","keskin ahmoqlik" kabi ma'nolarni bildiradi. Oksimoron qarama -qarshi ma'noli sòzlarni birga qòllab , sòz birikmalarini hosil qiladi. Qiziģi, oksimoron sòzining òzi ham yunonchadan tarjima qilinganda "aqlli ahmoq" ma'nosini berib, sòzning òzi bir paytda oksimoronga misol bòladi.

Kelib chiqishi

tahrir

Dastlabki oksimoronlar e'tiborsizlik yoki tilni yomon bilish natijasi deb hisoblangan va shunga mos ravishda stilistik xatolar edi. Biroq vaqtlar òtishi bilan bu hodisa yozuvchilar tomonidan qabul qilindi va tezda badiiy qurilmaga aylandi. Ulardan,asosan, komik hamda satirik muhit yaratishda foydalaniladi.

Asar nomlarida oksimoronlar

tahrir

"Eng qayģuli shodlik" (Garsia lorka Federiko)

"Tirik murda" (Lev Tolstoy )

"Òlik jonlar"(Nikolay Gogol)

" Abadiyatning oxiri"(Ayzek Azimov)

" Issiq qor" (Yuriy Bondarev)

"Ertaga urush bòladi" ( B.Vasilev)

Oksimoron shakli

tahrir

Oksimoronlar kòpincha sifat+ot shaklida uchraydi. "Oddiy mòjiza", "sovuq olov", " aqilli be'manilik", "yangi an'ana", " halol ògri" va h.k

Boshqa shakllari ham mavjud: " yonayotgan sovuq" (fe'l+ sifat) , "jim yiģlash"(ravish+fe'l)

Oksimoron nasriy asarlarda ham yetarlicha qòllanadi. Barchamiz sevib mutolaa qiladigan Jorj Oruellning "1984 (roman)" asarida keltirilgan " Urush-tinchlik. Ozodlik qullikdir. Jaholat -bu kuch" jumlalari oksimoronga misol bòladi.