Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Abdujalil93!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Ergashev Akobir (munozara) 19:00, 11-Aprel 2023 (UTC)Javob berish

Buxоrо аmirligidа tа’lim tizimi vа uning muаmmоlаri tahrir

Turkistоnda, xususan Buxoro amirligida XIX аsr оxiri — XX аsr bоshlаridа mа’nаviy hаyоtining аsоsi islоm dini edi. Mаdаniyаt, mаоrif, huquq, fаlsаfа, аdаbiyоt, sаn’аt — bаrchа bаrchаsi islоm dini аsоsidа о‘qitilgan. Оilаviy munоsаbаtlаr, turmushning аn’аnаviy shаkllаri, ijtimоiy hаyоt, odamlarning turmush tarzi, qonunlar, farmon va farmoyishlar, qisqacha qilib aytganda xalqning jamiyki kundalik hayoti hаm diniy qоidаlаr bilаn belgilаnаr edi. Shаriаt, ya’ni — islоm qоnuni musulmоn hаyоtining bаrchа jihаtlаrini tаrtibgа sоlib turаrdi.

Islоm dini dаvlаt hоkimiyаti va boshqaruv apparatlari bo‘lmish dargoh va devonning tаyаnchi hisoblangan. Оliy ulamolаrning о‘zlari hаm hukmrоn sinfning bir qismi — ulamolаr yirik zаmindоrlаr bо‘lishgаn vа ulаrning nufuzi, iqtisоdiy qudrаti vа jаmiyаtdаgi mаvqei din va ularning boyligi bilan belgilаnаr edi. Kо‘pginа аslzоdа ruhоniylаr dаvlаt hоkimiyаtidа muhim lаvоzimlаrni egаllаgаn edilаr. Buxоrо аmirligidа shаyxulislоm — islоm rаhbаri vа bоshqоzi — bоsh shаriаt sudyаsi lаvоzimlаri bо‘lgаn. Jamiyat hayotida ro‘y beradigan barcha jinoyatlar ham shariat qoidalariga ko‘ra hal qilingan.

Islоm Turkistоn xаlq оmmаsining mаfkurаsi edi. Bаrchа musulmоnlаr о`z dinigа sоdiqligining аsоsi bо‘lmish beshtа аsоsiy fаrzni аdо etishi lоzim edi: kаlimаi tаvhid — "Оllоhdаn о‘zgа tаngri yо‘qdir, Muhаmmаd uning pаyg‘аmbаridir" deb аytish; hаr kuni besh mаrtа nаmоz о‘qish, hаr yili bir оy rо‘zа tutish, zаkоt (sоliq) tо‘lаsh vа hаjgа bоrish. Dаvlаt hоkimiyаti аhоli belgilаngаn qоidаlаrdаn chetgа оg‘mаsligi ustidаn qаt’iy nаzоrаt qilаr edi.

Buxоrо islоm sаltаnаti edi. Yuzlаb mаsjidlаrdа butun islоm оlаmigа tаnilgаn kо‘plаb diniy mаrkаzlаr jоylаshgаn edi. Buxоrоning islоm оlаmidаgi ulug‘ligi vа аhаmiyаtini tа’kidlаgаn hоldа bu shаhаrni "Islоm gumbаzi" yоki "Buxоrоyi shаrif” deb аtаshgаn. Bu shаhаrdа butun musulmоn оlаmigа tаnilgаn аllоmаlаr, оlimlаr, fiqhshunoslar, nаzаriyоtchilаr vа shаrhchilаr — islоm bilimdоnlаri yаshаr vа ijоd qilishаr edi.

Mаktаblаr — bоshlаng‘ich mаktаblаrning keng tаrqаlgаn turi bо‘lib, uning dаsturi murаkkаb emаsdi. Bu yerdа dаstlab аrаb аlifbоsi hаrflаri о‘rgаnilgаn. Shundаn keyin islоmning аsоsiy qоidаlаri аks etgаn “Qur’оni Kаrim”dаn tаnlаb оlingаn surаlаr vа оyаtlаrdаn ibоrаt "Hаftiyаk" (yа’ni Qur’оni Kаrimning yettidаn biri)ni yоd оlishgа kirishilgаn. Sо‘ng musulmоn mаrоsimlаri tаsvirlаngаn "Chоrkitоb" (“To‘rt kitob”), sо‘ngrа "Sо`fi Оllоyоr"ni yоd оlishgа kirishilgаn. "Sо`fi Оllоyоr" she’riy shаkldа о‘zbek tilidа tuzilgаn bо`lib, аvliyоlаr, pаyg‘аmbаrlаr hаyоti hаqidаgi hikоyаtlаrgа egа musulmоn "аvliyоnоmа"lаrini о`zidа ifоdа etgаn. Shundаn keyin fоrs shоiri Hоfizning hаyоti vа diniy fаоliyаtining turli jihаtlаrigа bаg`ishlаngаn "Xо`jа Hоfiz" devоnini о`rgаnish vа yоd оlish kerаk bо‘lgаn. Nihоyаt, dаsturdаn tаshqаri bir nechtа diniy kitоb yоd оlingаn. Mаktаblаrdаgi butun tа’lim dаvri 5-6 yildаn ibоrаt bо‘lgаn.

Maktab guzarlar masjidlari qoshida, ba’zi madrasalar tarkibida va alohida maxsus binolarda bo‘lgan. Ular ikki toifaga ajralar edi: Birinchi toifa o‘zining mustaqil qonuni nizomi asosida faoliyat olib boradigan, ta’lim ishlarida kengroq imtiyoz va imkoniyatlari bor, vaqf mulkiga ega maktablar edi. Buxoro shahrida ikkinchi toifadagi vaqf mulki bo‘lmagan maktablar ko‘pchilikni tashkil etardi. Ular guzar masjidlari qoshida, maxsus kichik binolarda joylashgan boshlang‘ich ta’lim o‘quv muassasasi edi.

Yuqorida aytilganlardan tashqari xonaqohlar va ayrim taniqli shaxslar xonadonlarida ham ilmiy faoliyat olib borilgan. Ko‘plab qo‘lyozma manbalarda xonaqohlarda tasavvuf yo‘nalishidagi (laduniy) ilmlar shakllanib, rivojlangani haqida yetarlicha ma’lumotlar uchratish mumkin. Xonaqoh odam, borliq, Tangri munosabatlariga oid murshid va muridlar suhbatlari o‘tkaziladigan maskan edi. [1, 55]

Maktablardan tashqari, oliy o‘quv yurtlari — madrasalar ham bo`lgan. Ularda din arboblari — ilohiyotshunoslar va shariat, ya’ni musulmon diniy huquqi bilimdonlari tayyorlanar edi. Madrasada o`qish 10 yilgacha davom etgan. Ayrim madrasalarda boshlang‘ich matematika kursi ham o‘qitilgan. Madrasani tugatgan talaba Qur’oni Karimning eng murakkab qoidalarini ham mukammal sharhlab berishi shart bo‘lgan.

Qorixonalar deb nomlangan maxsus maktablar ham bo‘lib, ular Qur’oni Karim qorilarini tayyorlashga xizmat qilar edi.

Qiz bolalar uchun ham maxsus maktablar bo‘lib, bu yerda otinbibilarni, ya’ni Qur’oni Karimdan, an’anaviy marosimlardan, oila parvarishidan, axloqiy me’yorlardan, odob, ya’ni yurish-turish va tarbiyadan saboq beruvchi savodxon ayollar tayyorlanar edi.

Qadim vaqtdagi qora chiroq va loy sham o‘rniga lampa elektr bilan yorug‘ qilingan. Bu bayon bo‘lgan narsalar va ixtirolarning manfaati odamzoddan o‘tib, hayvonotga qadar yetib turgan. Lekin quvvati moliya ko‘paygani bilan turkistonliklarning maorif ishlari nihoyat darajada ortda qolgan. Agar shu tariqa g‘aflat va jaholat uzra bo‘lsalar, yangi topib turgan quvvati moliyalarini ham g‘oyib qilishlarida shubha yo‘q. Zeroki, salohlik va nizomlik muallim o‘n saldoti salohsiz va ta’limsiz yuz odamni qo‘y hurkutgandek hurkutib qochirishi haqida Mirza Olim Mahdum Hoji o‘zining “Tarixi Turkiston” asarida bayon etgan. [2, 163]

Yangi usul maktablarning tashkil etilishi

Turkiston bosib olinganidan keyin Rossiya imperiyasi ma’murlari oldida kelib chiqishi rus bo‘lgan bolalarga ta’lim berish, shuningdek, mahalliy aholi orasida rus madaniyatini yoyishga asos yaratishga imkon beruvchi mahalliy xalq ta’limi tizimini shakllantirishdek muhim vazifa turar edi. Bundan tashqari, chor ma’murlari mustamlaka ma’muriyatida va Rossiya tijorat korxonalarida xizmatda foydalanish uchun mahalliy amaldorlar tabaqasini yaratishga intilar edi. Mahalliy aholi farzandlari uchun dunyoviy ta’lim dasturiga ega qator ta’lim muassasalarini tashkil qilish mo‘ljallangan edi.

1886-yildan boshlab Turkistonda "Rus-tuzem maktablari" deb nomlangan maktablar vujudga kela boshladi. Bu yerda rus korxonalari bilan bog‘liq bo`lgan tijorat tuzilmalarida xizmat qilish uchun mutaxassislar tayyorlanar edi. Umuman olganda, rus-tuzem maktablari uncha ommalashmagandi. 1906-yilda bunday maktablar bor yo‘g‘i 82 taga yetdi va ularda 3 mingga yaqin o‘quvchi ta’lim olar edi.

Markaziy Osiyo xonliklarida boshlang'ich diniy ta'limning majburiyligi sababli o'g'il bolalar uchun shaharlarda va qishloq joylarida ko'p maktablar ochilgan edi. Akademik Qori Niyoziyning keltirgan ma'lumotlariga ko'ra, 1899-yilda Sirdaryo, Samarqand, Farg'ona hududlarining o'zidagina 4632 ta maktab bo'lgan. Ammo bu raqamlar Markaziy Osiyoda ma'orif qandaydir yutuqlarga erishganligini bildirmaydi. Statistik ma'lumotlardan ma'lum bo'lishicha, o'sha 1899-yilda Turkistonning hamma maktablarida 44773 nafar o'quvchi bo'lgan, ya'ni, o'rta hisob bilan bir maktabda o'qigan bolalar soni o'ntaga ham yetmaydi. [3, 65]

1896-yilda Toshkentda birinchi gimnaziya ochildi va bu yerda qadimiy tillar emas, balki zamonaviy tillar o‘qitilar va kundalik turmushda zarur bo‘ladigan bilimlar o‘rgatilar edi.

Jadidlar, xalq ta’limida yangi usullar markaziga aylana oladigan, milliy madaniyat, islom, an’analar va odatlarni himoya qilishda ishonchli vosita bo‘ladigan o‘z milliy maktablarini tashkil qila boshladilar. Bu maktablar "yangiusul” – jadid maktablari deb atala boshlandi, unda xalq tarixi o‘qitilar, matematika, tabiiyot, geografiya va ona tili bo‘yicha yangi dunyoviy mazmundagi darsliklar asosida ta’lim olib borilar edi. Jadidlar o‘quvchilar tarixni o‘rganishi uchun alohida ahamiyat berdilar. Maktablar va madrasalarda odatda islomga asos solingan muqaddas diniy tarix o`qitilar edi. Jadidlar esa turkiy xalqlar va Turkiston o`lkasi tarixi bilan bog`liq bo`lgan dunyoviy tarixni o`qita boshladilar. Ular yagona millat va yagona vatanning yagona tarixini o`qitishardi. Birinchi jadid maktablari Buxoro, Toshkent, Qo`qon, Andijon va Xivada ochildi.

"Rus-tuzem maktablari" Turkiston general-gubernatorligi hududida faqat Farg`ona, Toshkent va Samarqandda faoliyat ko`rsatardi. Jadidlarning g`oyalari o`zbek xalqining umummilliy g`oyalariga aylandi va o`zbek xalqining ma’naviy birligi shakllanishiga imkoniyat yaratib berdi.

Jadidlar tomonidan ularning maktablari uchun tayyorlangan darsliklar sharhi vatan va xalq birligiga da’vat hamda o`z o`quvchilarida ona Vatani oldida mas’uliyat hissini, uning ravnaqi yo`lida mehnat qilish majburiyati hissini tarbiyalash ularning markaziy g`oyasi ekanligidan dalolat beradi. O`zbek milliy madaniyati, adabiyoti va san’ati shakllanishida yetakchi rol o`ynagan qator taniqli olimlar, yozuvchilar, rassomlar, o`z tahsili va faoliyatini jadid maktablarida boshlashgan. Ular orasida shoir va dramaturg Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889—1929), shoirlar G`afur G`ulom (1903-1966), Uyg`un (1905-1990), yozuvchi Muso Toshmuhammad o’g`li Oybek (1905— 1968) va boshqalar bor.

Amirlikdagi demokratik harakatlar mahsuli matbuotchilik sohasining kirib kelishida namoyon bo‘ladi. Mirzo Sirojiddin homiyligida 1912-1913-yillarda chop etilgan va Buxoro jadidlari organi hisoblangan “Buxoroi sharif” gazetasi demokratik g‘oyalarni targ‘ib etuvchi qurol bo‘lib xizmat qildi.

Yangiusul maktablarida yangi maorif ziyolilari shakllandi. Jadidlar maktabida ta’lim olgan Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abdulla Avloniy (1878-1934), Mo`minjon Muhammadjon o`g`li, Fayzulla Xo`jayev, Botu va boshqalar xalq maorifi sohasida halol mehnat qildilar.

Mustamlaka ma`muriyatining yangi usul maktablariga qarshi kurashi

Jadid maktablari ommaviyligi va mashhurligi mustamlakachi ma’muriyatni tashvishga soldi. Podsho hokimiyati ularda mustamlaka tartibotlari uchun ulkan xavf-xatarni ko`rdi va hokimiyat jadidlarni oshkora ta’qib eta boshladi, xalq ta’limi ishlarida ularning faoliyati taraqqiy topishiga to`sqinlik qildi.

1908-yilda Turkiston general-gubernatorligini tekshirgan graf va senator Konstantin Palen o`z hisobotida shunday yozadi. "Yangiusul maktablari nihoyatda jiddiy e’tiborga sazovordir. Musulmon hayoti islohchilari hatto maktablarni ham o`z qo`liga olishga intilayotir. Tegishli ma’muriyat va dasturlar bilan ular islohotchilik ideallari uchun kuchli, ma’rifatli harakatni vujudga keltirishni rejalashtirishgan”. Yangiusul maktabi muallimi bir yozishmasida shunday yozadi: "Maktab kelajakda yagona davlatni barpo etish negizidir". [4, 68]

Matbuotda yangiusul maktablari tanqid qilindi va kamsitildi. Mustamlakachi hokimiyat maktablarda xorijiy turk va fors adabiyotidan foydalanishni taqiqlab qo`ydi, mahalliy o`quv adabiyoti nashrlariga nisbatan senzura joriy etildi. Podsho hukumati ma’murlari boshida yangiusul maktablari faoliyatini cheklab qo`yishni, keyin esa butunlay yopib tashlashni ko`zladi. Xiva hamda Buxoro musulmon ruhoniylari va davlat hokimiyati ham jadid maktablariga qarshi chiqdi.

O‘zbekistondа har 100 kishining 98 tаsi sаvodsiz edi, deb keldilаr. «O‘rtа Osiyo xalqlаri inqilobgachа deyarli yoppаsigа sаvodsiz edi. 1897-yili o‘zbeklarning аtigi 1,9 foizi o‘qish vа imzo chekishni bilаrdi. 1897-yilgi Butunrossiya аholi ro‘yxаtigа ko‘rа sаvodlilаr o‘lkаdа 1,8 foizni tashkil etgаn, ya’ni inqilobgachа Turkiston deyarli yoppа sаvodsiz o‘lkа edi». «O‘zbek

xalqi deyarli yalpi sаvodsiz edi. Sаvodlilаr 1,5–2 protsentdаn

oshmаsdi.

1911-yilda mustamlakachi ma’murlar 50 ta yangiusul maktablarini yopib qo`yishdi, qolganlarida esa rus tili majburiy fan sifatida o`qitila boshlandi. 1913-yilga kelib, Buxoro amirligidagi barcha yangiusul maktablari yopib tashlandi va yangi maktablar ochish uchun ruxsat berilmay qo`yildi. [5, 132]

Xulosa qilib aytganda Islom dini Turkiston ma’naviy hayotining asosiga aylanadi, Buxoro shahri esa islom markazi edi, jadidchilik harakati paydo bo‘lib, Turkistonga kirib kelgandan so‘ng yurtimizda yangi jadidlar paydo bo‘ldi va jadidchilik harakatini kengaytirib, yang usul maktablarini birin-ketin ocha boshladi, lekin O‘rta Osiyoni bosib olgan podsho Rossiyasi ilm-fan va maorifni butunlay yo‘qqa chiqardi. Shu davrda maorif va ilm-fan maktablar, madrasalar va yangiusul maktablaridan iborat edi. Yangiusul maktablarida yangi ma’rifatparvar ziyolilar shakllandi, shu davrdagi sharoitni hisobga oladigan bo‘lsak, birinchidan, ilm-fanda din ustunlik qilgan, ikkinchidan, podsho hukumati xalqning ma’naviyatini toptash va milliy ozodlikka intilishining oldini olish maqsadida yangi usul maktablarini kengayishiga yo‘l qo‘ymagan. Shu maqsadda, 1913-yil Buxorodagi yangiusul maktablari yopib tashlandi. 1911-yil podsho hukumati tomonidan 50 ta yangiusul maktablari yopib qo`yildi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. A.Jumanazar. Buxoro ta’lim tizimi tarixi. – T.: Akademnashr, 2017. – 590 b. 2. Mirzo Olim Mahdum Hoji. Tarixi Turkiston. – T.: Yangi asr avlodi, 2009. – 247 b. 3. M.Abdullayeva, O'.Asqarova, B.Madaminov, M.Hayitboyev. Ta’lim tarixi. – T.: Muharrir, 2013. – 121 b. 4. H.To'rayev. Buxoro tarixi. B.: Durdona, 2020. – 320 b. 5. R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O‘.Ubaydullayev. Vatan tarixi, 2-kitob. T.: Sharq, 2010. – 368 b. 6. Internet ma’lumotlari: www.ziyouz.com sayti tarixiy adabiyotlaridan foydalanildi. https://uz.wikipedia.org/wiki/Buxoro_madrasalari Abdujalil93 (munozara) 10:41, 15-Aprel 2024 (UTC)Javob berish