Choriyeva Feruza
Koreya pul birligi
tahrirKoreya pul birligi Von (원). Bugungi kunda Koreyada 4 xil qog'oz pul va 4 xil tangadan foydalaniladi. Pullarda Koreyani yoki Joseon sulolasi vakillarining va qadimiy narsalarning rasmlari bor. Eng katta pul birligi ellik ming vonlik qog'oz pulda Joseon sulolasi adabiyotchisi va rassomi bo'lgan Sinsaimdangning rasmi bor. O'n minglik qog'oz pulda Hangeulni yaratgan Joseon sulolasi Qiroli Sejongning rasmi bor. Besh minglik va ming vonlik qog'oz pulda Joseon olimlari bo'lgan Yulgok Yi I va Twegye Yi Hwanglarning rasmlari bor. Yuz tangada Joseon sulolasi harbiy generali Yi Sunsinning rasmi bor. Choriyeva Feruza (munozara) 06:51, 3-Dekabr 2022 (UTC)
Seul
tahrirSeul (poytaxt)– Koreya Respublikasining alohida huquqli poytaxt shahri, 605,25 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. Seul 25 ku – o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega, o‘lchamiga ko‘ra okrugga teng katta rayonga, ku esa o‘z navbatida 522 ton (ma’muriy rayon), 13 787 txon va 102 796 panga bo‘linadi.
Seul shahri aholisi 2011 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra 10 464 051 kishini tashkil etadi.
Seul iqlimi mussonli. Shahar dengiz bilan o‘ralganiga qaramay, poytaxtda qish fasli mo‘’tadil, qisqa va yumshoq. Yanvar oyida havo harorati o‘rtacha –6 Cga tushadi.
Yozi juda ham issiq (avgust oyida o‘rtacha harorat 25,4 C), ammo namlik juda ham yuqori. Shaharda haddan tashqari issiq harorat kam kuzatiladi, eng yuqori issiqlik kamdan-kam holda 35C va undan yuqori bo‘lishi mumkin.
Yozda (may-sentabr) shaharda musson bo‘lib o‘tadi, o‘rtacha oylik yog‘ingarchilik 300 mmdan oshadi. Ba’zan kun davomida 100 mm ko‘p yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, tayfun vaqtida esa bu 250 mmdan oshadi.
Yilning qolgan vaqtlarida materikda shamol, qishda esa ob-havoning antisiklon turi kuzatiladi. Seul shimol tarafdan esadigan shamollardan himoyalanmagan, ba’zan shaharda havo harorati –15 C yoki undan ham past darajaga tushishi mumkin.
Seul tarixi ko‘p asrlik tarixdir.
Seul haqidagi birinchi ma’lumotlar eramizdan avvalgi I asrga borib taqaladi.
Shaharning ilk nomlanishi – Vireson bo‘lib, eramizdan avvalgi 370 yildan boshlab Pekche davlatining poytaxti bo‘lgan.
Pekche uch podshohlikdan biri hisoblanadi, hozirgi Seul rayonidagi Vireson shahri poytaxti bilan birga eramizdan avvalgi 18 yilda asos solingan. O‘sha davrdan qolgan shahar devorlari qoldig‘i hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan.
V asrda shaharni boshqarish Pekchedan Koryoga, VI asrda esa Sillaga o‘tgan.
XIV asrning oxiridan boshlab shahar Xan’yan, 1392 yilning oxiriga kelib esa Xanson deb qayta nomlangan (ya’ni Xangan daryosi bo‘yidagi qal’a) va Choson davriga kelib poytaxtga aylantirilgan (bu vaqtga kelib taxtni Li sulolasi egalladi va besh asr davomida davlatni boshqardi). Aholini yirtqich hayvonlar hujumi, o‘g‘rilarning talon-taroji hamda dushmanlar hamlasidan himoya qilish uchun poytaxtni yetti metr balandlikdagi qal’a devorlari bilan o‘rab chiqilgan.
Qal’a ichida Kyonbok qirolligi saroyi qurilgan. Keyin shahar devordan tashqarida ham kengaya boshlagan. Hozirgi kunda qal’a saqlanib qolmagan bo‘lsa-da (shahar markazidan shimolga qarab qurilgan kichkina devorni hisobga olmaganda), qal’a darvozalari mavjud, ularning ichida eng mashhurlari: Namdemun va Tondemunlardir.
Choson davrida darvozalar har kuni katta qo‘ng‘iroqlar jarangi ostida ochilgan va yopilgan.
Li sulolasi davrida shahar tez sur’atlarda rivojlandi va o‘sdi, ammo 1592-1593 yillari yapon urushi sababli u ma’lum bir darajada xonavayron etildi.
Li sulolasi 1910 yilga qadar mamlakatni boshqardi va mana shu davr mobaynida Xanson Koreya yarimoroli poytaxti bo‘ldi.
Yapon anneksiyasi davrida hozirgi shahar hududida Kyoson ma’muriy birligi joylashtirildi, 1945 yili shahar ozod qilingandan so‘ng zamonaviy Seul nomi bilan shahar poytaxt etib tasdiqlandi.
Fuqarolar urushi davrida Seul ikki marotaba (1951 yilning yanvar-mart oylari va 1959 yilning iyun – sentyabr oylari) Shimoliy Koreya va xitoy armiyasi qo‘liga o‘tdi. Urush oqibatida shahar vayrona bo‘ldi, ammo tezda qayta tiklandi.
Hozirgi kunda shahar aholisi – Janubiy Koreya aholisining to‘rtdan bir qismini tashkil etadi. Seul besh yuz ming yirik milliy trans korporatsiyalar ro‘yxatiga kiruvchi shtab-xonadon korporatsiyalari soni bo‘yicha jahondagi shaharlar ichida yettinchi o‘rinni egallaydi.
1988 yili Seul yozgi XX Olimpia o‘yinlarining poytaxtiga aylandi, 2002 yili futbol bo‘yicha dunyo chempionatining o‘tkazilishi Janubiy Koreya poytaxtining jahon miqyosidagi obro‘yining ortishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Hozirgi vaqtda Seul shahri alohida ma’muriy birlik huquqiga ega va o‘z ichiga poytaxtdan tashqari ko‘plab yo‘ldosh-shaharlarni qamrab oluvchi keng aglomeratsiyani namoyon etadi.
So‘nggi yillarda mamlakatda olib borilgan qayta qurilishlar, urbanizatsiya va sanoatlashtirish jarayoni evaziga poytaxt chegaralari sezilarli darajada kengaytirildi. Bugungi kunda shahar Koreya Respublikasining siyosiy, iqtisodiy, transport tizimi, madaniyati va ta’lim sohasi markaziga aylanmoqda. 89.146.96.102 14:41, 6-Dekabr 2022 (UTC)
Ulsan
tahrirUlsan – Koreya Respublikasining janubi-sharqiy qismida, Pusanning shimoliy qismidan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan shahar. Maydoni 1056,7 kvadrat kilometr, aholi soni 1129 827 kishi (2009 y.). O‘tgan yili kit ovlash bo‘yicha koreys ovchilik markaziga aylandi, 2005 yilning iyun oyida Ulsanda xalqaro kit ovlash hay’ati majlisi bo‘lib o‘tdi. Ulsan 4 rayon va 1 uezdga bo‘lingan: Pukku, Tongu, Chungu, Namgu, Uljugun. Ulsan mamlakatning yirik sanoat shahri hisoblanadi. U Ulsan Sanoat Rayoni markazida joylashgan, bu yerda Xyonde xalqaro korporatsiya o‘zining shtab-kvartirasiga ega.
1962 yilga qadar Ulsan baliqchilik porti va qishloq xo‘jalik savdo markazi bo‘lgan. Keyinchalik bu yerda qator zavod va fabrikalar qurildi. Asosiy sanoat sohalari: mashinasozlik, og‘ir mashinasozlik, avtomobilsozlik, kema qurilishi, neftni qayta ishlash sanoati va h.k. Ulsanda jahondagi yirik avtomobil ishlab chiqarish zavodi va «Xyonde» kompaniyasiga qarashli kemasozli verfi joylashgan. Shuningdek, shaharda jahondagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodi mavjud. 92.38.106.255 10:42, 8-Dekabr 2022 (UTC)
Kanvondo
tahrirKanvondo – Koreya Respublikasi provinsiyasi, poytaxti Chxunchxon shahri, maydoni 16894 kvadrat kilometr, Koreyada aholi soni bo‘yicha 11-o‘rinda turadi, aholi soni 1533 ming kishi (2003 y.). Kanvondo 1395 yili tashkil etilgan, Choson sulolasi davrida Koreyaning sakkiz provinsiyasidan biri bo‘lgan, o‘z nomini Kannin shahri va Vonnju provinsiyasi poytaxti nomidan olgan.
Kanvondo g‘arbda Kyongido provinsiyasi, janubda Chxunchxon-Pukto va Kyonsan-Pukto provinsiyalari bilan chegaradosh, sharqda Sharq dengizi yuvadi. Shimol tarafda Shimoliy Koreyaning Kanvondo provinsiyasi qismi joylashgan. Hududning katta qismini tog‘lar, xususan, Koreya yarimoroli shimoliga qadar yastanib yotgan Txebeksan tog‘i tashkil etadi.
Yonso hududining ma’lum qismi baland tog‘lardagi o‘tzorlar va baland tog‘li yaylovlar bilan band. Txebek tog‘laridan Janubiy Koreyaning asosiy suv manbai hisoblangan yirik Xangan va Naktongan daryolari boshlanadi.
Kanvon nomining o‘zi koreys tilida «daryo irmog‘i» ma’nosini anglatadi. Kanvondo infrastrukturasida Seuldan uzoq bo‘lmagan Xangan daryosida birlashadigan Namxangan va Pukxangan (janubiy va shimoliy Xangan) ikki suv oqimi muhim sanaladi.
Pukxangan va Namxangan daryolarida Kanvondo va uning atrofidagi hududlarda istiqomat qiluvchi millionlab odamlarni suv bilan ta’minlaydigan bir qancha suv to‘g‘onlari, Namxanganda yirik termoelektrostansiya ham mavjud.
Kanvondo va uning Shimoliy Koreya qismi Kvandok mintaqasini tashkil etadi. Mintaqa g‘arbdan Txebeksan tog‘lari bo‘ylab Yonso, sharqdan Yondon deb nomlanadi.
Iqlimi mussonli – qishda kontinental havo massasiga ko‘ra havo nisbatan quruq va sovuq, yozda iliq, soatlab yomg‘ir yog‘adi. Bahorda tez-tez o‘rmon yong‘inlari bo‘lib turadi.
Balandliklar tafovutiga ko‘ra iqlim provinsiyaning turli qismlarida keskin farq qiladi. Txebeksan tog‘lari provinsiyani qirg‘oqbo‘yi va tog‘li hududlar ajratadi, bu taxminan Yonso va Yondok hududlariga mos keladi.
Tog‘li rayon kun davomida havo haroratining kuchli bosimi bilan tavsiflanadi, o‘rtacha harorat nisbatan past, baland tog‘lar qor bilan qoplangan. Bu esa tog‘ chang‘i sporti dam olish zonalarini tashkil etishda qulaylik yaratadi. Qirg‘oqbo‘yi rayoni okean ta’sirida tekis va issiq iqlim bilan ajralib turadi.
Kanvondo provinsiyasi 7 shahar va 11 uyezdga bo‘linadi.
Shaharlar: Vonju, Kannin, Samchxok, Sokchxo, Tonxe, Txebek, provinsiya poytaxti – Chxunchxon.
Uyezdlar: Inje, Yonvol, Koson, Pxyonchxan, Xvanchxon, Xvenson, Xonchxon, Chonson, Chxorvon, Yangu, Yan’yan. 92.38.106.255 10:45, 8-Dekabr 2022 (UTC)
Kvanju
tahrirKvanju – Koreya Respublikasida kattaligi bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi, hech bir provinsiya tarkibiga kirmaydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi shahar. Kvanju – Cholla-Namdo provinsiyasi poytaxti, erkin ma’muriy birlikka ega.
Shahar maydoni 501,36 kvadrat kilometr, aholi soni 1 439 031 kishi (2009 y.).
Kvanjuda to‘qimachilik yengil sanoati, avtomobilsozlik, pivo tayyorlash, guruch yetishtirish bo‘yicha peshqadamlik qiladi.
Kvanju 5 rayonga (ku) bo‘lingan: Puku, Tongu, Kvansangu, Namgu, Sogu. 92.38.106.255 10:46, 8-Dekabr 2022 (UTC)
Tejon
tahrirTejon – Koreya Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi markaziy shahri, Chxunchxon-Namdo provinsiyasining poytaxti. Koreyada kattaligi bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi, maydoni 539,84 kvadrat kilometr, aholi soni 1 502 579 (2009 y.).
Shaharning geografik joylashuvi: 36 10 – 36 29 shimoliy kenglik, 127 14 – 127 33 sharqiy uzunlik. Tejon Koreya Respublikasining o‘rta qismida joylashgan, Seuldan 1670, Pusandan 294 va Kvanjudan 169 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Tejon iqlimi mussonli, namlik yuqori. Qishi sovuq va quyoshli, faslning davomiyligi ikki oy, yozi issiq va yomg‘irli, faslning davomiyligi besh oyni tashkil etadi. Ilgari bu kichkina Xanbat shahri bo‘lgan. 1905 yildan keyin bu yerda Seul va Pusan temiryo‘li o‘tuvchi temiryo‘l vokzali qurilgach, shahar tez o‘sa boshladi. 1932 yili Chxunnam provinsiyasi poytaxti Konju Tejonga ko‘chirildi.
Shaharda Chxonju xalqaro aeroporti xizmat ko‘rsatadi. 2006 yildan boshlab Tejonda metropoliten ishga tushirilgan. 1993 yili shaharda xalqaro ko‘rgazma (Xalqaro ko‘rgazma Ekspo – 1993) bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma sabab EXPO Bridge ko‘prigi qurildi. 1998 yili shaharda texnologiya va san’atni birlashtiruvchi mashhur eksponatlarga boy Tejon san’at muzeyiga asos solindi. Muzey Tunsan parkida joylashgan.
Tejon 5 rayonga (ku) bo‘lingan: Tedokku, Tongu, Chungu, Sogu va Yusongu. 92.38.106.255 11:15, 8-Dekabr 2022 (UTC)
Kyonsan-Pukto
tahrirKyonsan-Pukto – Koreya Respublikasining sharqida joylashgan provinsiya, maydoni 19440 kvadrat kilometr. Aholi soni bo‘yicha beshinchi o‘rinni egallaydi (2002 yil), aholi soni – 2775,890 ming kishi. Kyonsan-Pukto provinsiyasi 10 shahar va 13 uyezdga bo‘linadi. Shaharlar: Andon, Yonju, Yonchxon, Kyonju, Kyonsan, Kimchxon, Kumi, Mungyon, Pxoxan, Sanju. Uyezdlar: Yechxon, Yondok, Yon’yan, Koryon, Kunvi, Ponxva, Sonju, Ullin, Uljin, Chxilgok, Chxondo, Chxonson, Iyson. Choriyeva Feruza (munozara) 04:22, 9-Dekabr 2022 (UTC)
Chxunchxon-Namdo
tahrirProvinsiya ramzlari: Gul: xrizantema. Qush: mandarin o‘rdagi. Daraxt: majnuntol, oq tol. Maskotlar: Gidori va Giyomi toshbaqalari Chxunchxon-Namdo (Janubiy Chxunchxon)– Koreya Respublikasining g‘arbida joylashgan provinsiyasi. 1945 yilga qadar Koreya tarkibidagi Chxunchxon-Namdo provinsiyasi 1896 yili Chxunchxondo provinsiyasining janubi-sharqiy qismidan ajralib chiqdi. Chxunchxon-Namdo provinsiyasi poytaxti Tejon shahri. Provinsiya Xoso mintaqasining bir qismi sanaladi, g‘arbda Sariq dengizi, shimolda Kyongido provinsiyasi, janubda Cholla-Pukto provinsiyasi, sharqda Chxunchxon-Pukto provinsiyasi bilan chegaradosh. Bu chegaralar 1896 yili ta’sis etilgan. Asosiy sanoat sohalari: qishloq xo‘jaligi va baliqchilik. 220 kvadrat kilometr qirg‘oqbo‘yi tuz ishlab chiqarishda foydalaniladi. Provinsiyada boy foydali qazilmalar: tosh ko‘mir, oltin, kumush, toriy va sirkoniya kabi kamyob metallar. So‘nggi vaqtlarda yuqoritexnologik ishlab chiqarish faol rivojlanmoqda. Provinsiya hududida bir qancha texnoparklar qurildi. Provinsiyada eksport hajmi 2001 yildan 2005 yilgacha 116 mln. dollardan 335 mln. dollargacha o‘sdi. Keryon tog‘ining 845 metr balandligida o‘zining ajoyib qoyalari bilan mashhur milliy park joylashgan. Parkda ko‘p sonli budda ibodatxonalari mavjud. Chxunchxon-Namdo 7 shahar va 9 uyezdga bo‘lingan. Shaharlar: Asan, Keryon, Konju, Nonsan, Poryon, Sosan, Chxonan. Uyezdlar: Yesan, Yongi, Kimsan, Puyo, Sochxon, Tanjin, Txean, Xonson, Chxon’yan. Choriyeva Feruza (munozara) 04:48, 9-Dekabr 2022 (UTC)
Chxunchxon-Pukto
tahrirProvinsiya ramzlari: Gul: oq magnoliya. Qush: hakka. Daraxt: dzelkva. Maskotlar: Godumi bola va Barumi qizi. Chxunchxon-Pukto (Shimoliy Chxunchxon) – Koreya Respublikasi markazida joylashgan provinsiya, maydoni 7431,768 kvadrat kilometr, aholi soni 1500,610 ming kishi, aholi soni bo‘yicha o‘n ikkinchi o‘rinni egallaydi (2004 y.). 1106 yili bu hududda Chxunchxon provinsiyasi tashkil etildi. 1896 yili Chxunchxondo Chxunchxon-Pukto provinsiyasining shimoli-sharqiy qismidan ajralib chiqdi va 1945 yilga qadar provinsiya Koreya, keyin Koreya Respublikasi tarkibiga kirdi. Provinsiya Xoso mintaqasining bir qismi hisoblanib, g‘arbda Chxunchxon-Namdo provinsiyasi, shimolda Kyongido va Kanvondo provinsiyalari, janubda Cholla-Pukto, sharqda – Kyonsan-Pukto provinsiyalari bilan chegaradosh. Chxunchxon-Pukto – mamlakatdagi dengizga chiqishi yo‘q yagona provinsiya. Provinsiyaning katta qismini tog‘lar, xususan, shimolda Noryonsan va sharqda Sobeksan tog‘lari egallagan. Provinsiya guruch, arpa, dukkakli donlar va shirin kartoshka (batat), shuningdek, jenshen va tabak yetishtirish uchun ixtisoslashtirilgan. Tabak 1912 yili Amerikaning Virginiya shtatidan keltirilgan. Shu bilan birga provinsiya foydali qazilmalari bilan ham mashhur: oltin, temir, toshko‘mir, steatit, flyuorit va molibden, shimoliy qismida – mramor va ohaktosh. Ipakchilik yaxshi rivojlangan. Provinsiya Chxunchxon-Pukto 3 shahar va 9 uyezdga bo‘lingan. Shaharlar: Chechxon, Chxonju, Chxunju. Uyezdlar: Yondon, Kvesan, Okchxon, Poin, Tanyan, Chinchxon, Chxonvon, Chinpxyon, Imson. Choriyeva Feruza (munozara) 04:51, 9-Dekabr 2022 (UTC)
Cholla-Namdo(Janubiy Cholla)
tahrirCholla-Namdo (Janubiy Cholla)– Koreya Respublikasining janubi-g‘arbida joylashgan provinsiya, maydoni 11858 kvadrat kilometr, ahosi soni 1994,287 ming kishi, 2000 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra ahosi soni bo‘yicha sakkizinchi o‘rinda turadi. Cholla-Namdo provinsiyasi 5 shahar va 17 uyezdga bo‘linadi. Shaharlar: Yosu, Kvan’yan, Mokpxo, Naju, Sunchxon. Uyezdlar: Vando, Yonam, Yongvan, Kanjin, Kokson, Koxin, Kure, Muan, Sinan, Poson, Tam’yan, Xampxyon, Xvasun, Xenam, Chanson, Chanxin, Chindo. Choriyeva Feruza (munozara) 04:56, 9-Dekabr 2022 (UTC)
Cholla-Pukto
tahrirCholla-Pukto– Koreya Respublikasining janubi-g‘arbida joylashgan provinsiya, maydoni 8043 kvadrat kilometr, aholi soni 1890,669 ming kishi, 2000 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra mamlakatda o‘ninchi o‘rinni egallaydi. Cholla-Pukto provinsiyasi 6 shahar va 8 uyezddan iborat: Shaharlar: Iksan, Kimje, Kunsan, Namvon, Chonju provinsiyasi poytaxt, Chonip. Uyezdlar: Vanju, Imsil, Kochxan, Muju, Puan, Sunchxan, Chansu, Chinan. Choriyeva Feruza (munozara) 04:57, 9-Dekabr 2022 (UTC)
Kyonsan-Namdo
tahrirKyonsan-Namdo – Koreya Respublikasining janubi-sharqidagi provinsiya, poytaxti Chxanvon. Maydoni 11859 kvadrat kilometr. 2000 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra aholi soni bo‘yicha Koreya Respublikasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi, aholi soni – 2970,929 ming kishi. Kyonsan-Namdo provinsiyasi tarkibiga 10 shahar va 10 uyezd kiradi. Shaharlar: Kimxe, Koje, Miryan, Sachxon, Txon’yon, Chinju, Chxanvon, Yansan. Uyezdlar: Koson, Kochxan, Namxe, Sanchxon, Xandon, Xaman, Xamyan, Xapchxon, Chxannyon, Iyryon. Choriyeva Feruza (munozara) 04:59, 9-Dekabr 2022 (UTC)
Chxunchxon-Namdo sahifasi tezda oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi
tahrirSalom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz. Siz yaratgan Chxunchxon-Namdo nomli sahifa bizning siyosatimizga mos kelmaydi, shu sababli tezda oʻchirish mezonlarining „U2: Test sahifa“ bandiga binoan oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.
Agar sahifani oʻchirmaslik lozim, deb hisoblasangiz, bu haqda uning munozara sahifasida tayinli sabab(lar) keltirgan holda bayon eting.
Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! MaxiMillian (talk) 04:16, 14-Dekabr 2022 (UTC)
Salom, Choriyeva Feruza! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga Vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida mana bu maqolalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:
- Vikipediyaning besh ustuni
- Qisqa dars
- Maqola qanday yoziladi?
- Yordam sahifasi
- Sinov tahrirlari uchun sahifa
Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda sizning ismingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, Vikipediya:Forum/Yordam sahifasiga tashrif buyuring yoki mendan munozara sahifamda sizni qiziqtirgan savolni soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Yana bir bor xush kelibsiz!
PanPanChik #yozish 03:30, 16-Dekabr 2022 (UTC)