Xush kelibsiz!

Salom, Gayratov Farrukh! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga Vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida mana bu maqolalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:

Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda sizning ismingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, Vikipediya:Forum/Yordam sahifasiga tashrif buyuring yoki mendan munozara sahifamda sizni qiziqtirgan savolni soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Yana bir bor xush kelibsiz! 

Do not speak Uzbek? Click here.

--MalikxanBot aloqa 10:19, 29-Noyabr 2022 (UTC)

BUYUK DAVLATLAR.

tahrir

Xalqaro munosabatlarda yetakchi rol o‘ynaydigan, tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni saqlashga alohida mas’ul davlatlarga nisbatan qo‘llanadigan termin. Xalqaro huquqda davlatlaming katta-kichikligi, siyosiy ta’siri, harbiy va iqtisodiy qud- ratidan qat’i nazar teng ekani prinsipiga qaramay, xalqaro amaliyot­ da ko‘pdan beri buyuk davlatlaming o‘ziga xos roli tan olib kelinadi. “Buyuk davlatlar” statusi - mavqei dastlab 1814—15-yil Vena kon- gressida rasmiy ravishda tan olindi. Muqaddas ittifoq tuzilishi bilan bu status to‘rt davlatga nisbatan ishlatila boshladi. Bular - Buyuk Britaniya, Avstriya, Prussiya, Rossiya. Keyinroq Fransiya ham unga kirdi. Yevropadagi barcha masalalar bu beshlik ishtirokisiz va ro- ziligisiz hal bo‘lmasdi. XIX asr oxiri va XX boshiga kelib birin-ke- tin bu safga AQSh, Italiya, Yaponiya qo‘shildi. Urush natijasida Avstro-Vengriya bu “maqom”dan ajradi. Prussiya bilan birlashgan Germaniya buyuk davlatlar qatoridan joy oldi. Buyuk davlatlar sta- tusini BMT Xavfsizlik Kengashining besh a’zosi saqlab qolgan. 1945-y. San-Fransisko konferensiyasidan boshlab buyuk davlatlar deb quyidagi besh davlatni atash qabul qilindi: SSSR, AQSh, Xi- toy, Fransiya va Buyuk Britaniya. Ular, o‘z navbatida, BMTning Nizomiga ko‘ra Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari bo‘lib his­ oblanadi va jahonda tinchlikni saqlash va xavfsizlikni ta’minlashda katta mas’uliyatga ega. Gayratov Farrukh (munozara) 07:41, 13-Dekabr 2022 (UTC)

Maqola Gayratov Farrukh (munozara) 07:20, 19-Dekabr 2022 (UTC)

DAVLAT CHEGARALARI.

tahrir

Davlatlarning quruqlik va suv- dagi hudud doirasini belgilaydigan chiziq. Bu chiziq ustidan o‘ta- digan vertikal sath shu davlatning havo chegarasi hisoblanadi. Dav­ lat chegaralari bir davlat hududini 2-davlat hududidan, shuningdek, ochiq dengizdan ajratib turadi. Qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi chegara davlat tomonidan qonun yo‘l qo‘ygan tartibda belgilanadi. Delimi- tatsiya haqidagi qarorlar chegara, bir davlat yerini boshqa davlatga berish, tinchlik to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa bitimlarda uchray- di. Demarkatsiya manfaatdor davlatlar tomonidan teng huquqlilik asosida tuzilgan qo‘shma komissiyaning delimitatsiya materiallariga muvofiq o‘tkaziladi. Xalqaro shartnomalar asosida belgilangan dav­ lat chegaralari bir tomonlama o‘zgartirilishi mumkin emas. Davlat chegaralari - daxlsiz. Gayratov Farrukh (munozara) 10:40, 13-Dekabr 2022 (UTC)

DEZAVUIR.

tahrir

(fran. de ’savouer - voz kechmoq, tonmoq) Hu- kimiat yoki davlatning biror e’tiborli idorasining harakat-chorasi if- odalangan hujjat bo‘lib, unda diplomat, vakil yoki boshqa rasmiy vakolat berilgan shaxs topshiriqsiz, o‘z vakolati doirasidan chiqib, amalga oshirgan xatti-harakati bayon qilingan bo‘ladi. Davlat dezavuir etish orqali o‘z vakilining harakatlari uchun javobgarlik va ulardan kelib chiqadigan siyosiy yoki xalqaro-huquqiy oqibatlami o‘z zimmasidan soqit qilishni maqsad qilib qo‘yadi. Diplomatik amaliyotda bir qancha dezavuir holatlari kuzatilgan. Bunday holatga tushgan diplomatik vakil yoki vakolatli namoyanda, odatda, huku- mat yoki e’tiborli idora tomonidan chaqirib olinadi. Gayratov Farrukh (munozara) 10:41, 13-Dekabr 2022 (UTC)

DEMARSH.

tahrir

(fran. de’marche) Hukumat, tashqi ishlar ldora- si yoki diplomatik vakilning boshqa davlat hukumati oldida qilgan diplomatik aksiyasi (amali), favqulodda chiqishi. Demarsh turli shakl (nota, memorandum, diplomatik vakilni chaqirib olish va b. ko‘rinishlarda) va mazmunda (so‘rov, iltimosdan boshlab norozilik- kacha) bo‘ladi. Demarsh xalqaro huquqning umume’tirof etgan me’yorlariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Gayratov Farrukh (munozara) 10:42, 13-Dekabr 2022 (UTC)

DE-FAKTO.

tahrir

(fran. de-facto haqiqatda, amalda, fakt sifatida, mas., de-fakto e’tirof etish, tanish) Diplomatik munosabatlarda bi- ror davlatni va uning huquqlarini shu davlat bilan rasmiy diplomatik munosabat o'rnatmasdanoq e ’tirof etish, tanish. Aksi - de-yure. De-fakto tan olish shaklida tan olish cheklangan va toiiq boimaydi. Ko‘proq u to‘laqonli tan olish, ya’ni de-yure shakliga o‘tish jarayonida bosqich rolini o‘ynaydi. De-fakto tan olish dav­ latlar o‘rtasida faqat konsullik munosabatlari o‘rnatish, ma’lum da- rajada savdo qilish, ayrim jamoat tashkilotlari o‘rtasida cheklangan aloqalar olib borish imkonini beradi. Gayratov Farrukh (munozara) 10:43, 13-Dekabr 2022 (UTC)

DE-YURE.

tahrir

(fran. de-jure) Yuridik jihatdan, rasmiy suratda, qonunan, mas., de-yure e ’tirof etish, tanish - xalqaro munosabatlarda biror davlat yoki hukumatni rasmiy suratda tanish. Aksi - de-fakto. De-yure tan olish davlatlar o‘rtasida toMiq, har tomonlama mu- nosabatlar o‘rnatish imkonini tug‘diradi. Masalan, u diplomatik va konsullik munosabatlari o‘matishdan tortib, to bir-birlarining ichki huquqiy tizimlarini tan olish va qonunchiliklari hamda sudlarining qarorlarini ishlatishgacha boigan barcha huquqiy imkoniyatlardan foydalanishni beradi. Gayratov Farrukh (munozara) 10:44, 13-Dekabr 2022 (UTC)