Ogohlantirish

tahrir

Salom! Bunga oʻxshagan tahrirlar uchun bloklanishingiz mumkin. Vikipediya:JANGMAYDONIEMAS, Vikipediya:Ezgu maqsadni koʻzlang. — Kagansky (munozara) 15:57, 11-Noyabr 2021 (UTC)

To'g'ri ammo uning o'zi shuncha mehnatim bir pul qildi bir emas naqd 3 ta maqolamni osmonga uchirdi. Shu tufayli ham vikida men kabi endi boshlaganlar daroov chiqib ketishsa kerak. Maqolani butunlay o'chirmasdan hech bo'lmasa tahrirlab yoki ozgina ko'mak berib o'zgartirsa bo'lardiku Nusratov (munozara) 18:16, 11-Noyabr 2021 (UTC)
Sizning holatingizda har kim oʻzining ishini bajargan. Siz katta hajmdagi maqola yaratib yaxshi ish qildingiz. Faqat copypaste qilganingiz yaxshi ish boʻlmagan, toʻgʻrirogʻi, bunday qilish mumkin emas. Bunday maqolalar Vikipediya uchun axlat hisoblanadi. Administrator esa Vikipediyaga shunga oʻxshah axlatlar kiritilishiga yoʻl qoʻymaydi. Chunki, bu uning oʻzining boʻyniga xolisona olgan vazifasi. Sizningcha, siz qayta tahrirlashni va oʻzgartirishni oʻzingizga ep koʻrmay katta hajmdagi copypaste maqolalar yaratishingiz mumkin, administrator esa siz oʻzingizga ep koʻrmagan narsani oʻziga ep koʻrishga majbur. Shunaqami? Haqorat qilishingizdan oldin bir ogʻiz yordam soʻrab koʻrdingizmi oʻzi? "Osmonga uchirilgan" copypaste maqolalaringiz (axlatlaringiz) matnini bari-bir oʻzingiz yozmagansiz-ku, qolaversa copypastega bir dunyo vaqt ham sarflanmaydi. Nimaga bunchalik qizishasiz? Sizga koʻmak berilmaganining sababini tushundingiz deb umid qilaman. — Kagansky (munozara) 19:42, 11-Noyabr 2021 (UTC)
Xo'p unda vikipediani yaratishda nimalardan foydalanish mumkin? Milliy ensiklopediyalardan mumkinmi? Va yana nimalardan foydalansam bo'ladi? Nusratov (munozara) 01:59, 12-Noyabr 2021 (UTC)
Vikipediya yaratishda emas, Vikipediyada maqola yaratishda deyilsa toʻgʻri boʻladi. Siz buning uchun istalgan Nufuzli manbalardan foydalanishingiz mumki. Nufuzli manbalarga kitoblar (masalan, ensiklopediyalar, ilmiy yoki akademik kitoblar va hk.), nufuzli gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalar (masalan, darakchidagi maqolalar nufuzli manba boʻlolmaydi, Xalq soʻzi gazetasi esa boʻla oladi), havolalar (masalan, forum va ijtimoiy saytlar nufuzli manba boʻlolmaydi, Biror bir davlat musulmonlari idorasi yoki Fanlar akademiyasi sayti boʻla oladi). Shunda manbadan olingan maʼlumot oʻzingizning gapingiz bilan yozilishi kerak. Bu yerga copyleftga ruxsat beriladi, lekin copyright taqiqlangan. Sizni qiziqtirgan savollar boʻyicha shu yerga, yoki https://t.me/uzwikichat telegram guruhiga murojat qilishingiz ham mumkin. Guruh yangi vikipediyachilarga yordam berish maqsadida yaratilgan. — Kagansky (munozara) 02:37, 12-Noyabr 2021 (UTC)
Yana bir maqola yaratdim ko'ringchi bo'ladimi Nusratov (munozara) 11:54, 15-Noyabr 2021 (UTC)
Yomon emas, biroz tuzatishlar qilib, qoʻshimcha matn kiritdim. (asosiysi Oʻ/Gʻ larga eʼtiborni kuchaytirsangiz, hammasi joyiga tushib ketadi). «Oʻzbekistonning Varshavadagi elchixonasi oʻzining konsullik xizmatlari orqali Polsha fuqarolariga yordam beradi va ular quyidagi holatlarni oʻz ichiga oladi: … » shu maʼlumotni qayerdan oldingiz? Eskirgan maʼlumotdek tuyulyapti. Bu matndan oldin Bosh konsulxona elchixonaga qayta tashkil etilgani yozilgan-ku? — Kagansky (munozara) 13:56, 15-Noyabr 2021 (UTC)
Rahmat u maʼlumotni elchixonalar toʻgʻrisida maʼlumot beradigan chet el vebsaytidan olgandim. Uni ham kiritaymi? Nusratov (munozara) 14:43, 15-Noyabr 2021 (UTC)
Uni ham kiritingchi. Shunday qilsangiz oʻzi toʻgʻri ish boʻladi. — Kagansky (munozara) 14:56, 15-Noyabr 2021 (UTC)
Yana bir savolim bor edi. Viki Oʻzbekistonni sevadi musobaqasi uchun yaratilishi kerak boʻlgan maqolalarning yo ruschasi yoki inglizchasining linki qoʻyilgan ekan shulardan foydalansam boʻladimi. Nusratov (munozara) 14:52, 15-Noyabr 2021 (UTC)
Akbatta boʻladi. — Kagansky (munozara) 14:56, 15-Noyabr 2021 (UTC)
Maktab darsliklaridanchi ulardan ham foydalansam bo'ladimi? Nusratov (munozara) 15:00, 15-Noyabr 2021 (UTC)
Maktab darsliklaru nufuzli manba boʻlolmaydi. — Kagansky (munozara) 22:10, 15-Noyabr 2021 (UTC)
Kiritdim Nusratov (munozara) 15:10, 15-Noyabr 2021 (UTC)
Qoyil! @Nusratov:, maʼlumot uchun, kelajakda biror foydalanuvchiga murojat qilganda {{ping|Foydalanuvchi nomi}} koʻrinishida Ping qilsangiz ham yaxshi boʻladi. Siz Ping orqali uni oʻzingiz tahrirlayotgan sahifaga chaqirasi. — Kagansky (munozara) 22:10, 15-Noyabr 2021 (UTC)
rahmat Nusratov (munozara) 04:45, 16-Noyabr 2021 (UTC)
Yana bir maslahatingiz kerak edi. Tanlov uchun boshqalar yaratib bo'lgan maqolani qayta yaratib yuborib ball to'plasam bo'ladimi? Nusratov (munozara) 05:38, 16-Noyabr 2021 (UTC)
Yoʻq albatta. Marafondagilardan kimdir shunaqa qilib ball toʻplagan ekanmi? — Kagansky (munozara) 10:35, 16-Noyabr 2021 (UTC)
Assalomu aleykum Yana bir maqola yozdim Nusratov (munozara) 03:33, 17-Noyabr 2021 (UTC)
Bu Vikimaqola emas, boshlanishi bayonga oʻxshab qolibdi. Siz undan koʻra, boshida, maqolalarni boshqa vikilardan tarjima qilib yaratganingiz maʼqulga oʻxshaydi. Oʻzingiz qiziqqan mavzuda yozsangiz ham yaxshi boʻladi. Yozayotgan maqolangiz mavzusi toʻgʻrisida yetarlicha maʼlumotga ega boʻlmay, preambulada bayon yozish ham toʻgʻri ish emas. Maqola yaratishga bagʻishlangan mana bu videoni tomosha qilsangiz, unda barchasi koʻrsatilgan. — Kagansky (munozara) 18:07, 17-Noyabr 2021 (UTC)
Boshqa tillardagi versiyalari va Ilgari yaratgan maqolangizni qanday boshlangani bilan solishtirib koʻring. Preambulani tuzatsangiz boʻldi, qolgan qismi yomon emas. — Kagansky (munozara) 20:25, 17-Noyabr 2021 (UTC)
Assalomu aleykum Men oldinroq Oʻzbekistonda Navroʻz Mavzusida maqola yozgandim ammo u qabul qilinmagandi. Hozir qayta yozib yubordim uni qayta baholay olasizmi? Nusratov (munozara) 06:40, 19-Noyabr 2021 (UTC)
Assalomu aleykum. Maqola qayta baholandi. Yaxshi chiqibdi. Kelajakda Oʻ/Gʻ harflarini yozishga eʼtibor bersangiz boʻlgani. — Kagansky (munozara) 13:58, 19-Noyabr 2021 (UTC)
Rahmat Nusratov (munozara) 14:42, 19-Noyabr 2021 (UTC)
Haligi bir savolim bor edi. Musobaqada qatnashuvchilar yozilishi kerak bo'lgan maqolalardan tashqari boshqa maqolalar ham yozib ball to'plashsa o'ringa davogar hisoblanadimi? Nusratov (munozara) 14:46, 19-Noyabr 2021 (UTC)
Ushbu sahifada yaratilmagan maqolalar misol tariqasida keltirilgan edi. Marafon qatnashchilari Oʻzbekistonga aloqador boʻlgan xohlagan mavzuda maqola yaratishlari mumkin. Eng yuqori ballarni qoʻlga kiritgan foydalanuvchilar marafon soʻnggida 1-/2-/3-oʻrinlarni qoʻlga kiritishadi. Sovgʻalar loyiha homiysi tonidan faqatgina maktab va litsey oʻquvchilariga taqdim etiladi. — Kagansky (munozara) 14:58, 19-Noyabr 2021 (UTC)
Assalomu aleykum yana bir savolim bor edi. Maqolamni baholashda qavslar ichida ha,ha,yo'q,yo'q,yo'q ga o'xshagan matnlar nimani anglatadi? Nusratov (munozara) 07:10, 20-Noyabr 2021 (UTC)
Bu hakamning baholash tartibiga koʻra maqolani baholashi. Har bitta „Ha“ javobi uchun 1 ball / qoʻshimcha ball beriladi. — Kagansky (munozara) 08:47, 20-Noyabr 2021 (UTC)

Mualliflik huquqlari

tahrir

Siz yaratgan maqolalarda mualliflik huquqlari buzilgan. Qoidalar bilan tanishib chiqib, ularga amal qilishingizni soʻrab qolaman. Aks holda, bloklanishingiz mumkin. — Kagansky (munozara) 16:09, 11-Noyabr 2021 (UTC)