RAXMATJON1bek
Tez boshlash uchun qoʻllanma | Vikipediyaga xush kelibsiz, RAXMATJON1bek! |
Birinchi qadam | Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.
Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang. Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda ( Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz. Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling. Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin. Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Va yana bir marotaba, xush kelibsiz! Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
|
Maqolalarni nomlash | |
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar | |
Qoida va koʻrsatmalar | |
Tasvirlar bilan bezash | |
Mualliflik huquqlari | |
Glossariy |
--Asadbek Botirqulov (munozara) 06:09, 9-Iyun 2020 (UTC)
Hamidulloh Beruniy
tahrirHamidulloh Beruniy
(Aminov Xamidulla Abdiraximovich)
Hamidulloh Beruniy (Aminov Xamidulla Abdiraximovich) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumanida 1977 yil 9 mayda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng Toshkent Islom institutida (1994-1998) tahsil olgan, keyin A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida “Kitobshunoslik va kitoblar marketingi” ixtisosligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishida (2002-2004) o‘qigan. 2000-2002 yillarda Xorazm Maʼmun akademiyasida ishlagan, 2005 yildan esa O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga aspiranturaga o‘qishga kirdi va 3 yil davomida ilmiy izlanishlar olib bordi. 2008 yil iyul oyidan hozirgi paytgacha mazkur institutda kichik va hozirda katta ilmiy xodimi lavozimida ishlab kelmoqda. Hamidulloh Beruniy qo‘lyozmashunoslik va tarixiy manbashunoslik yo‘nalishida «Xorazmda kitob tarixi manbalari (XVIII asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlari: O‘zR FA SHI qo‘lyozmalar fondi asosida)» mavzusida ilmiy ish olib borgan va 2010 yilda dissertatsiya himoya qildi. Hozirda Shayboniylar davrida (XVI asr) Movarounnahrdagi islom ilmlari rivoji mavzusida doktorlik ishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Tarixiy manbashunoslik va islomshunoslik bo‘yicha mutaxassis. Ixtisosligi: 07.00.08 – Tarixiy manbashunoslik. Hamidulloh Beruniy 2018/19 o‘quv yilida O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasida magistraturaning “Hadisshunoslik” yo‘nalishida “Sahihi Buxoriy” sharhlari fanidan maʼruzalar o‘qidi. Germaniyaning Gerda Xenkel fondi tashkil qilgan O‘zR FA SHI asosiy fondi qo‘lyozmalarining ilmiy elektron katalogini yaratish loyihasi ishtirokchisi. U 2014- 2015 yillarga mo‘ljallangan "YOF1-FA-1-14287: Abu Hafs an-Nasafiyning (vaf.1142y.) “Tahsil usul al-fiqh va tafsil al-maqolot fiha ‘ala al-vajh” (“Usul al-fiqhni o‘rganish va u haqda umumiy qarashlar tafsiloti”) asarining matni va ilmiy izohli tarjimasini nashrga tayyorlash", 2017-2018 yillarda esa BA-1-048: “Abu Iso Muhammad at-Termiziy ilmiy merosini tadqiq etish, asarlarining tarjima va nashrini amalga oshirish” loyihasining rahbari bo‘lgan. U O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Tarix va ijtimoiy fanlar” bo‘yicha Ilmiy-texnik kengash tarkibi aʼzosi bo‘lgan, hozirda O‘zR FA SHI fondi va O‘zbekiston Islom svilizatsiyasi markazi fondini aholida saqlanayotgan noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar hisobiga boyitish bo‘yicha ekspertlar guruhi aʼzosidir. Hamidulloh Beruniy 24 ta kitob, jurnal va ilmiy to‘plamlarda 40 ta ilmiy va ilmiy- ommabop maqolalar eʼlon etgan. 20 dan ortiq ilmiy anjumanlarda ishtirok qilib, ilmiy maʼruzalar bilan qatnashgan. Jumladan, Germaniya (2014) va Turkiya (2015, 2017, 2018) kabi davlatlarda bir necha xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok qilgan. Bir necha kitoblarga muharrirlik qilib, o‘nlab asarlarga taqrizlar yozgan. Hamidulloh Beruniy arab va fors tillarini biladi. Arab yozuvidagi qo‘lyozmalarning kodikologik, paleografik jihatlari; tarixiy hujjatlar tarixi va tahlili; Markaziy Osiyoda Islom fiqhi, hadisshunoslik tarixi yo‘nalishlari bo‘yicha izlanishlar olib boradi. Mashhur hanafiy faqihi Burhoniddin Marg‘inoniyning “al-Majmuʼ al-usmoniy” hamda Abu Hafs an-Nasafiyning “Tahsil usul al-fiqh” nomli asarlarining qo‘lyozma nusxalarini topib, asl matni va o‘zbekcha tarjimasini dunyo ilmiy jamoatchiligiga ilk bor taqdim qilinishida uning xizmati bor. Hamidulloh Beruniy O‘zbekistonda taniqli blogerlardan hisoblanib, ijtimoiy tarmoqlarda va internetda faol ilmiy faoliyat yuritadi. U ahlisunna.uz sayti va telegram kanali muassislaridan biri. Ilmiy maqolalari sababli islom.uz portalining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Fasebook da “Sunniy aqidalar”, “Hanafiy fiqhi”, “Ahli sunna ulamolari” kabi guruhlarda bugungi kuning eng dolzarb masala va muammolari yoritilgan yuzlab ilmiy-islomiy maqolalari va tarjimalari eʼlon qilingan. Maqolalari asosan fiqhiy va aqidaviy masalalarga oid, shuningdek, har xil noto‘g‘ri oqim va toifalar fikrlariga raddiyalardan iborat. Telegram tarmog‘ida 2019 yil 21 noyabr payshanba kunidan boshlab faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani aholisiga mo‘ljallab ochilgan AhliBeriniy supergruppasida diniy-maʼrifiy savol-javoblar guruhini boshqarib kelmoqda. Hamidulloh Beruniy yurtimizning taniqli ulamolari va diniy ilm peshvolari – Ahmadjon domla Bog‘ishamoliy, Ahmadjon domla Ko‘histoniy, Shayx Do‘stmuhammad Tursun, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Ismoiljon domla Xo‘qandiy, Hikmatulloh domla Samarqandiy kabi fazilatli va sharofatli zotlarni o‘ziga ustoz deb biladi. Dunyoning taniqli ulamosi, pokistonlik shayxulislom, butun dunyo musulmonlari orasidagi eng nufuzli va birinchi raqamlideb topilgan Muhammad Taqiy al-Usmoniy hafizahulloh, Pokiston Muftiyi aʼzami Muhammad Rafeʼ al-Usmoniy hafizahulloh, Karochi “Dor al-ulum” universiteti mudarrisi va muhaddisi Mahmud Ashraf al-Usmoniy hafizahulloh, Hindiston ulamolari raisi, asr faqihi Xolid Sayfulloh al-Aʼzamiy hafizahulloh, shuningdek, angliyalik olim Shabbir Ahmad al-Biritoniy hafizahulloh kabi davrimiz olimlaridan hadisshunoslik va hadis rivoyati bo‘yicha ilmiy ijozatnoma (ijoza) olgan, butun dunyo naqshbandiylarining ustozi, taniqli mutasavvif olim, pokistonlik shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh hazratlariga inobat qilib, qo‘l berib, tasavvufiy saboqlari va tariqat vazifalaridan bahramand bo‘lgan. Shuningdek, asli suriyalik, hozirda turkiyalik olim, taniqli manbashunos muhaddis Muhammad Avvoma hafizahullohning ziyoratlariga musharraf bo‘lib, suhbatlaridan fayz olgan. Hamidulloh Beruniyni Alloh taolo ikki olamda o‘z hifzu himoyatida asrasin! RAXMATJON1bek (munozara) 06:00, 10-Dekabr 2021 (UTC)
Ogohlantirish!
tahrirSiz bir qancha sahifalarda mayda vandallik qilgansiz. Bu holat yana takrorlansa ma'lum muddatga bloklanasiz! Muxriddin Azimov (munozara) 11:05, 30-Dekabr 2022 (UTC)
- @Muxriddin Azimov hoʻp uzr RAXMATJON1bek (munozara) 11:42, 30-Dekabr 2022 (UTC)
Mayda vandallik yuzasidan
tahrirQayerda xato qilganman oʻzi? RAXMATJON1bek (munozara) 17:16, 4-sentyabr 2024 (UTC)