Ravshan3382
Tez boshlash uchun qoʻllanma | Vikipediyaga xush kelibsiz, Ravshan3382! |
Birinchi qadam | Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.
Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang. Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda ( Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz. Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling. Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin. Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Va yana bir marotaba, xush kelibsiz! Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
|
Maqolalarni nomlash | |
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar | |
Qoida va koʻrsatmalar | |
Tasvirlar bilan bezash | |
Mualliflik huquqlari | |
Glossariy |
--Artemev Nikolay (munozara) 10:17, 19-May 2022 (UTC)
Rossiya
tahrirRossiya (ruscha: Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha: Российская Федерация) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), Bering, Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Maydoni 17,1 mln. km². Aholisi 145,3 mln. kishi (2002). Poytaxti – Moskva shahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt: 21 respublika Adigeya, Boshqirdiston, Buryatiya, Dogʻiston, Ingushiya, Kabarda-Balkariya, Kareliya, Komi, Mariy El, Mordoviya, Oltoy, Saxa (Yakutiya), Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Haqasiya, Checheniston, Chuvashiya, Shimoliy Osetiya, Qalmoq, Qorachoy Cherkasiya, 6 oʻlka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg, Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okrug [Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (Dolgan Nenets), Ust Ordinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenets]ga boʻlinadi. Rossiyada 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 2000-yil Markaziy, Shimoliy-Gʻarbiy, Janubiy Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq, federal okruglari tashkil etildi. Ravshan3382 (munozara) 10:21, 19-May 2022 (UTC)
O‘zbekiston respublikasi qurolli kuchlari akademiyasi
tahrirOʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari akademiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlovchi muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 15-avgustdagi „Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 414—49-sonli qaroriga muvofiq, 1995-yil 2-sentabrda tashkil etildi. Akademiya oliy qoʻmondonlik tarkibiga, tezkortaktik ixtisosga ega oliy malakali harbiy, ilmiypedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlashga, tadqiqotlar oʻtkazishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun katta va oliy ofitserlarni tezkorstrategik tayyorlash, katta va oliy ofitserlarning kasbiy tayyorgarlik malakasini oshirish uchun harbiy fan muammolarini oʻrganishda fundamental, qidiruv va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, harbiy siyosat, qurolli kuchlar qurilishi va tayyorgarligi boʻyicha amaliy masalalarni tadqiq etishga moʻljallangan. Akademiyada tinglovchilar 2 yil davomida saboq olishadi. Ravshan3382 (munozara) 12:18, 19-May 2022 (UTC)
Guliston davlat universiteti
tahrirGʻafur Gʻulom nomidagi Guliston davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Ravshan3382 (munozara) 12:18, 19-May 2022 (UTC)
Toshkent davlat pedagogika universiteti
tahrirToshkent pedagogika universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti — malakali pedagog va muhandispedagog kadrlar tayyorlovchi oliy oʻquv yurti. 1935-yil 14 sentabrda Oʻrta Osiyo davlat universitetining ped. fakulteta negizida pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. 1953—98 yillarda Toshkent pedagogika instituti deb nomlangan. 1998-yil 24 fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan unga universitet maqomi berilgan. 1947-yildan ozarbayjon shoiri va maʼrifatparvari Nizomiy nomi bilan ataladi. Universitetda 12 ft (mat.fizika, tabiiy fanlar, musiqiy taʼlim, badiiygrafika, ped. va psixologiya, boshlangʻich taʼlim va defektologiya, oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, chet tillar, rus va koreys filol. si, chaqiriqqacha harbiy taʼlim, kasb taʼlimi), shuningdek, magistrlar tayyorlash boʻyicha 2 ft (ijtimoiygumanitar fanlar mutaxassisliklari, tabiiy fanlar mutaxassisliklari), malaka oshirish va mutaxassislarni qayta tayyorlash boʻyicha 2 ft (malaka oshirish, amaliy psixologlarni qayta tayyorlash), 55 kafedra, axborot texnologiyalari va masofadan oʻqitish, innovatsion texnologiyalar, akademik litseylar va kasbhunar kollejlari bilan aloka markazlari, taʼlim jarayonini taʼminlash va oliy taʼlim muassasalariga ilmiymetodik yordam koʻrsatish oʻquv boʻlimi, pedagogik amaliyot, oliy oʻquv yurtlararo oʻquvmetodik boʻlim, monitoring va ichki nazorat kabi 18 boʻlim bor. Kutubxonasida 900 mingga yaqin asar saqlanadi. Unt mat. va informatika, fizika va astronomiya, kimyo va ekologiya, biol. va inson hayot faoliyati muhofazasi, geogr. va iqtisodiy bilim asoslari, tasviriy sanʼat va muxandislik grafikasi, ped. va psixologiya, kasb taʼlimi, musiqiy taʼlim, oʻzbek tili va adabiyoti, ona tili va adabiyoti (rus, qozoq, koreys), chaqiriqqacha harbiy taʼlim, xorijiy tillar va adabiyot, milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, boshlangʻich taʼlim va sporttarbiyaviy ish, maktabgacha taʼlim va bolalar sporti, defektologiya, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, mehnat taʼlimi yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar hamda shu yoʻnalishlarga kirgan 37 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. Universitetda aspirantura va doktorantura hamda nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasi himoyasi boʻyicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi. 2003/04 oʻquv yili untda 13269 talaba taʼlim oldi, 779 oʻqituvchi, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 3 haqiqiy aʼzosi, 40 fan doktori va professor, 450 fan nomzodi va dotsent ishladi. Unt respublikada pedagog kadrlar tayyorlovchi barcha oliy taʼlim muassasalari uchun tayanch oliy maktab hisoblanadi. Unt faoliyati III TUT. Abdullayev, M. Asqarova, M. G. Davletshin, N.M. Mallayev, R. X. Mallin, 3. R. Nuriddinov, S. Rajabov, H. Sulaymonov, H.T. Tursunov, M. Shayxzoda, E. Yu. Yusupov, Ya. Gʻulomov, H. Homidiy va boshqa professoroʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Universitetda "Pedagogik taʼlim" (1999-yildan), "Axborot texnologiyalari" (2002-yildan) jurnalilari, "Maʼrifat yoʻlida", "Pedagog" koʻp tirajli gaz. lar nashr etiladi. 2004-yilgacha universitet 74 mingga yaqin mutaxassis tayyorlagan. 2004-yil 23 martda universitet oldidagi maydonda Nizomiy Ganjaviy haykali (meʼmori Valeriy Akopjanyan, haykaltaroshi Ilhom Jabborov) oʻrnatildi. Mazkur haykalning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti I. Aliyev ishtirok etdi. Ravshan3382 (munozara) 12:19, 19-May 2022 (UTC)
Toshkent davlat yuridik universiteti
tahrirToshkent davlat yuridik universiteti — Oʻzbekistondagi davlat oliy oʻquv yurti va yuridik fan markazlaridan biri. Ravshan3382 (munozara) 12:20, 19-May 2022 (UTC)
Andijon viloyati
tahrir7Andijon Oʻzbekistonning Andijon viloyatidagi shahardir. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Shahar Fargʻona vodiysining sharqida. Andijonsoy yoqasida, dengiz sathidan 450 m balandlikda joylashgan. Iyulning oʻrtacha harorati 27 °C — 28 °C, yanvarniki — 3 °C. Aholisi 333,4 ming kishi (2000). Maydoni 74,3 km2. Andijon shahri shimoli-gʻarbdan Oltinkoʻl tumani, gʻarbdan Buloqboshi tumani va janubi-sharqdan Andijon tumani bilan chegaradosh. Ravshan3382 (munozara) 12:21, 19-May 2022 (UTC)
Fifa
tahrirXalqaro Futbol Federatsiyasi — (fransuzcha: Fédération Internationale de Football Association ; qisqartmasi FIFA) dunyo boʻyicha futbol masalalariga masʼul tashkilotdir. Futbol, futzal va plyaj futbolida eng yirik xalqaro boshqaruv organi bo'lgan asosiy futbol tashkiloti. FIFA bosh qarorgohi Shveytsariyaning Tsyurix shahrida joylashgan. Ravshan3382 (munozara) 12:21, 19-May 2022 (UTC)
Mersedes bens
tahrirMercedes-Benz avtobus va yuk avtoulovlari brendidir. Mercedes-Benz shtab-kvartirasi Shtutgartda joylashgan. Mercedes-Benz Audi va BMW qatorida „Olmoniya katta uchligiga“ kirib, dunyo boʻylab eng koʻp luks avtomobil sotadigan ishlab chiqaruvchilardan biridir. Ravshan3382 (munozara) 16:45, 19-May 2022 (UTC)
.AQSH
tahrirAmerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh; inglizcha: United States of America, USA), Qoʻshma Shtatlar (inglizcha: United States) yoki shunchaki Amerika (inglizcha: America) Shimoliy Amerikadagi mamlakatdir. Poytaxti — Vashington shahri, Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi. AQSh sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Maʼmuriy jihatdan 50 shtat va bir federal okrugga boʻlinadi. Alyaska va Gavayi shtatlari mamlakat asosiy hududidan tashqarida joylashgan. Puerto-Riko Hamdoʻstligi, Shimoliy Mariana orollari Hamdoʻstligi, Guam, Virginiya orollari va Amerika Samoasi ham AQShga qarashli. Maydoni — 9.8 million km2. Aholisi 331 million kishidan oshiq boʻlib, aholi soni boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinda turadi. Ravshan3382 (munozara) 16:46, 19-May 2022 (UTC)
Ispaniya
tahrirIspaniya (España), Ispaniya Qirolligi (Reino de España) — Yevropaning janubi-gʻarbida, Pireney yarim orolda joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar orollari, Afrikaning shimoliy qirgʻogʻidagi Seuta va Melilya shaharlari va unga yondosh Veles-de-la-Gomera, Alusemas, Chafarinas orollari ham Ispaniyaga qaraydi. Maydoni 504,75 ming km2. Aholisi 47,27 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jihatdan oʻz hukumati va parlamentiga ega boʻlgan 17 muxtor regionga, ular, oʻz navbatida, 50 viloyat (provincia)ra boʻlinadi. Poytaxti — Madrid shahri Ravshan3382 (munozara) 16:47, 19-May 2022 (UTC)
Germaniya
tahrirGermaniya (nemischa: Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (nemischa: Bundesrepublik Deutschland) — Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Maydoni 357 ming km2. Aholisi 83,149,300 kishi (2019-yilga koʻra). Poytaxti — Berlin shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 yer (shtat) ga, yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga boʻlinadi. Ravshan3382 (munozara) 16:47, 19-May 2022 (UTC)
Mol
tahrirMol, chorva — sut emizuvchilar oilasiga mansub asosiy guruh uy xayvonlari. Kelib chiqishi, taraqqiyoti va hayotining biologik xususiyatlariga koʻra, xonaki—uy hayvonlari, turlari boʻyicha — qoramol, mayda mol (qoʻy-echki, choʻchqa), yilqi, tuya va h.k. bulinadi. Nayel sifatiga nisbatan "zotli M.", "nayeldor M.", "xashaki M." guruxlariga boʻlinadi. Foydali xujalik belgilari, asosan, mahsuldor M.lar (qoramol, qoʻy, echki, chuchqa va h.k.) va yuk hayvonlari (tuya, ot, eshak, xachir) guruhini tashkil etadi. Yemishini xazm qilish xususiyatlariga binoan, M.lar kavsh kaytaruvchi (qoramol, kuy, echki, tuya) va kavsh qaytarmaydigan hayvonlar (ot, eshak, choʻchqa) guruhini hosil qiladi. Xonaki M.lar tuyoq tuzilishiga koʻra, tuyoqli (toq) hayvonlar (ot, eshak, xachir) va ayri (juft) tuyokli hayvonlar (qoramol, kuy, echki, choʻchqa)ga boʻlinadi. Ravshan3382 (munozara) 16:48, 19-May 2022 (UTC)
Davlatlar
tahrirArgentina Respublikasi (Ispancha: República Argentina) – Janubiy Amerikadagi davlat. Qit’aning janubi-sharqiy qismini, Olovli Yer o.ning sharqiy qismini va bir qancha orollarni egallaydi. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 22 viloyat (provinsiya), federal (poytaxt) okrugi va Olovli Yer hududiga boʻlinadi. Maydoni 2767 ming km². Aholisi 36,1 mln. 605kishi (1999). Poytaxti Buenos-Ayres shahri.Urugvay (Uruguay), Urugvay Sharq Respublikasi (República Oriental del Uruguay) — Janubiy Amerikaning janubi-sharqiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 176,2 ming km². Aholisi 3 mln. 387 ming kishi (2002). Poytaxti — Montevideo shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 departamentga boʻlinadi.Shuni eslatib oʻtish joizki Urugvay tarixdagi 1-jahon chempioni boʻlgan davlat.Eron Islom Respublikasi (forscha: جمهوری اسلامی ایران - Jomhuri ye Eslāmi ye Irān), qisqacha Eron (forscha: ایران - Irān) — Gʻarbiy Osiyodagi mamlakat. Poytaxti — Tehron shahri. Maydoni 1 648, 95 km², aholisi soni 79 115 000 kishi (2016). Pul birligi — Eron riali. Maʼmuriy jihatdan 31 ta ustonga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Mashhad, Karaj, Tabriz, Sheroz, Isfahon, Ahvoz. Ukraina (ukraincha: Україна) — Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 603,628 km2 (233,062 mi2) boʻlib, maydoniga koʻra, Yevropada ikkinchi oʻrinda (Rossiyadan keyin) turadi. Aholisi 41,1 million kishi (2022) boʻlib, aholi soniga koʻra, Yevropada sakkizinchi mamlakatdir. Poytaxti va eng yirik shahri — Kiyev. Maʼmuriy jihatdan 23 viloyat — Vinnisa, Volin, Dnepropetrovsk, Donesk, Jitomir, Zakarpatiye, Zaporojye, Ivano-Frankovsk, Kiyev, Kirovograd, Lugansk, Lvov, Nikolayev, Odessa, Poltava, Rovno, Sevastopol, Simferopol, Sumi, Ternopol, Xarkov, Xerson, Xmelniskiy, Cherkassi, Chernovsi, Chernigov viloyatlari, Kiyev shaharlariga boʻlinadi.Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu Nghia Viet Nam), BCP — Janubi-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolidagi davlat. Maydon 330 ming 991 km2. Aholisi 90 549 390 kishi (2011). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga boʻysunuvchi 4 shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. Poytaxti — Xanoy sahari.Ozarbayjon (Azərbaycan), Ozarbayjon Respublikasi (Azərbaycan Respublikası), — Kavkazortining janubisharqiy qismida joylashgan mamlakat. Maydoni 86,6 ming km². Aholisi 9,5 mln. kishi (2015). Poytaxti – Boku shahri Maʼmuriy jihatdan 61 tuman, 65 shahar va 122 shaharchaga boʻlinadi. Naxichevon Muxtor Respublikasi va Togʻli Qorabogʻ Ozarbayjon tarkibiga kiradi.Turkmaniston (turkmancha. Türkmenistan), Turkmaniston Respublikasi (turkmancha. Türkmenistan Respublikasy) — Markaziy Osiyodagi suveren davlat boʻlib, shimoli-gʻarbda Qozogʻiston, shimol va sharqda Oʻzbekiston, janubi-sharqda Afgʻoniston, janubdan Eron, janubi-gʻarbda va gʻarbdan Kaspiy dengizi bilan chegaradosh. Ashxobod — mamlakatning poytaxti va eng yirik shahri. Mamlakat aholisi 6 millionni tashkil etadi, bu Oʻrta Osiyo respublikalarining eng pastidir. Turkmaniston Osiyodagi eng kam aholisi boʻlgan davlatlardan biridir. Turkmaniston fuqarolari Turkmanistonliklar deb nomlanadi. Tojikiston (tojikcha: Тоҷикистон), Tojikiston Respublikasi (tojikcha. Ҷумҳурии Тоҷикистон) — Oʻrta Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 143.100 ming km². Aholisi 8,486,300 kishi (2014). Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tomonidan Oʻzbekiston bilan, shimoliy tomonidan Qirgʻiziston, sharqiy tomonidan Xitoy bilan va janubiy tomonidan Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh. Poytaxti — Dushanbe shahri. Maʼmuriy jihatdan Togʻli Badaxshon muxtor viloyati, 2 viloyat va 45 tumanga boʻlinadi. Tojikistonning dengizga chiqish imkoniyati yoʻq. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon. Bosh Vazir: Qohir Rasulzoda.Qozogʻiston yoki Qozogʻiston Respublikasi (qozoqcha: Қазақстан, Qazaqstan, Қазақстан Республикасы, Qazaqstan Respublikası) – Oʻrta Osiyoda joylashgan mamlakat. Ushbu davlat maʼmuriy jihatdan 14 viloyat, viloyatlar esa audan (tuman) larga boʻlinadi. Poytaxti – Nur-Sulton shahri. BMT aʼzosi. Qozogʻistonning eng yirik megapolis shaharlari Olmota, Nur-Sulton, Chimkent shaharlari hisoblanadi. Undanan keyingi yirikroq shaharlari esa Qaragʻandi va Aqtoʻbe. Qozogʻiston yer maydoni boʻyicha (2 million 724,9 ming km²) jahonda 9-oʻrinda turadi. Beshta davlat bilan chegaradosh, Shimol tarafida Rossiya bilan – 6 467 km, janubda – Turkmaniston – 380 km, Oʻzbekiston – 2 300 km va Qirgʻiziston – 980 km, sharqida – Xitoy bilan – 1 460 km chegaradosh. Umumiy quruqlik chegarasining uzunligi – 13392,6 km hosoblanadi. Shuningdek, gʻarbiy tarafida Kaspiy dengizi va janubda Orol dengizi suvlari yuvib turadi. Qozog'iston aholisi soni 19,17 mln. kishi (2022-yil).Fransiya (fransuzcha talaffuzi: [fʁɑ̃s] ), rasmiy nomi Fransiya Respublikasi (fransuzcha: République française) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shimolda Atlantika okeani hamda La-Mansh boʻgʻozi, janubida Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km². Aholisi 67,5 million kishi (2021). Poytaxti — Parij shahri. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti hududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.Checheniston yoki Checheniston Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Maydoni taxminan 17 675 ming km² (Checheniston bilan Ingushiya oʻrtasidagi chegara demarkatsiya qilinmagan). Aholisi 1 mln. 100,3 ming kishi (2002). Poytaxti – Grozniy shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 tuman va 5 shaharga boʻlinadi.Iroq, Iroq Respublikasi (Al-Jumhuriyah al-lragiyah) — Janubi-gʻarbiy Osiyoda, Dajla va Furot daryolari oraligʻida joylashgan davlat. Maydon 435,052 km2. Aholisi 37,056 mln. kishi (2015). Poytaxti — Bagʻdod shahri. Maʼmuriy jihatdan 18 muhofaza (viloyat)ga boʻlinadi.Ruminiya (Romania) — Yevropaning janubiy sharqida joylashgan davlat. Maydoni 238391 km². Aholisi 21,33 mln. kishi (2012). Poytaxti — Buharest shahri. Maʼmuriy jihatdan 40 uyezd (iudet) va uyezdga tenglashtirilgan Buharest munitsipiyasiga boʻlinadi.Moldova (rumincha: Moldova), Moldova Respublikasi (rumincha: Republica Moldova) – Yevropaning janubi-sharqiy qismidagi davlat. Ukraina va Ruminiya bilan chegaradosh. Maydoni 33 846 km2. Aholisi 3,557,600 kishi (2014). Jahonda aholisi boʻyicha 118 oʻrinni va hududi boʻyicha 135-oʻrinni egallaydi. Afgʻoniston, Afgʻoniston Islom Amirligi (2021-yilning 15-avgustigacha Afgʻoniston islom respublikasi) — janubi-gʻarbiy Osiyoning eng chekka sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Geografik oʻrniga binoan Yaqin Sharq mamlakatlari qatoriga ham kiritiladi. Maydoni 652,2 ming km2. Aholisi 32 mln 225 ming 560 kishi (2019). Poytaxti — Kobul shahri Afgʻoniston maʼmuriy-hududiy tuzilishiga koʻra 34 viloyatga boʻlinadi. Eron, Pokiston, Xitoy, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston bilan chegaradosh. Afgʻoniston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegaraning uzunligi — 137 km.Isroil (ivritcha: יִשְׂרָאֵל, arabcha: إسرائيل) — Yaqin Sharq oʻlkasida, Osiyoning gʻarbiy qismida, Oʻrta dengizning janubisharqiy boʻyida joylashgan sionistik davlat. Asosiy va rasmiy maydoni 20 770 km2. Aholisi soni 2016-yilgi maʼlumotlarga koʻra 8 522 000 kishi. Poytaxti — Quddus. Asosiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi — yo'q. Rasmiy tillari — ivrit va arabcha. BMTning 1947-yildagi qaroriga muvofiq Ravshan3382 (munozara) 06:40, 20-May 2022 (UTC)
Davlat
tahrirDavlat — jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlat mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo. Mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilib, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma hisoblanadi. D. jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. D. toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. D. va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud. Ravshan3382 (munozara) 06:40, 20-May 2022 (UTC)