Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Shahnoza Hosiljonova!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Asadbek Botirqulov (munozara!) 10:56, 28-Noyabr 2020 (UTC)Javob berish

Morfologiya haqida tahrir

Morfologiya (grek. morhfos «shakl», logos «ta'limot» so'zlaridan olingan bo'lib) so'z shakllari haqidagi ta'limotdir. Tilshunoslikning leksikologiya bo'limi ham, morfologiya bo'limi ham so'z haqida bahs yuritadi, lekin bu ikki bo'lim so'zning qaysi tomoniga e'tibor qaratishi bilan bir-biridan farq qiladi. Leksikologiya leksik so'z (leksema)larni, ularning atash ma'nolarini o'rgansa, morfologiya so'zning grammatik ma'nolari va bu ma'nolarni ifodalovchi shakllarni, ya'ni so'zning morfologik shakllarini o'rganadi. Masalan, qalam, qalamning, qalamni, qalamga, qalamdan, qalamda shakllari bir so'zning (qalam so'zining) turli shakllari hisoblanadi. Bu so'z shakli uning hammasida takrorlanayotgan qalam qismi ikkita ma'noga ega. Birinchi ma'nosi yozish, chizish uchun mo'ljallangan grafit toshga yog'och qoplama o'rnatilgan o'quv qurolini bildiradi. Bu qalam leksemasining (leksik so'zning) atash ma'nosi sanaladi. Leksik so'zning atash ma'nolari leksikologiyada o'rganiladi. Shu bilan birgalikda qalam so'zi daftar, kitob so'zlari singari nima? so'rog'iga javob bo'lib, predmetlik, bosh kelishiklik, birlik ma'nolariga ham ega. Bu esa qalam so'zining ikkinchi ma'nosi — grammatik ma'nosi sanaladi. Ana shu grammatik ma'nolar va ularni ifodalovchi vositalar morfologiya bo'limida o'rganiladi. Shunday qilib, morfologiya so'z turkumlari va ularning grammatik shakliari bo'yicha bahs yuritadi. Ko'rinadiki, so'zning leksik ma'nosi bilan ularning predmetlik, belgi, harakat singari ma'nolarini ifodaiovchi umumiy grammatik ma'nolari o'rtasida uzviy aloqa mavjuddir. So'zlarni turkumlarga ajratishda so'zlarning leksik ma'nosi ustiga qo'yilgan umumiy grammatik (prcdmet, belgi — xususiyat, harakat-holat kabi) ma'no asosiy tayanch nuqta bo'lib xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda, morfologiya bilan sintaksis o'rtasida ham chambarchas bog'liqlik mavjud. Morfologiyadagi har bir so'z shakli gap tarkibida ma'lum sintaktik vazifa bajaradi, ma'lum gap bo'lagi vazifasida keladi. Grammatik shakllar gap tarkibidagi bo'laklarni bir-biriga bog'lovchi yoki gap bo'lagiga qo'shimcha ma'no yuklovchi vosita vazifasini bajaradi.. Shahnoza Hosiljonova (munozara) 05:31, 9-Dekabr 2020 (UTC)Javob berish

Shahnoza Hosiljonova Shahnoza Hosiljonova (munozara) 05:33, 9-Dekabr 2020 (UTC)Javob berish

shakhnozakhosiljonova@gmail.com Shahnoza Hosiljonova (munozara) 08:07, 9-Dekabr 2020 (UTC)Javob berish

Shahnoza Hosiljonova

Shahnoza Hosiljonova (munozara) 08:08, 9-Dekabr 2020 (UTC)Javob berish