Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Shamsibonu!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Muzaffar Murodovichmunozara 08:12, 5-Aprel 2023 (UTC)Javob berish

Dunyodagi 10ta noodatiy maktab tahrir

1. Eng ko’p o’quvchilarga ega maktab: City Montessori maktabi (CMS) - Hindistonning Laknau shahridagi maktabgacha ta'limdan K-12 (12-sinf) darajasiga qadar ta'limni taklif qiluvchi ingliz o'rta xususiy maktabi. Maktabga 1959 yilda doktor Bharti Gandi va doktor Jagdish Gandi asos solgan. Bu Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan dunyodagi eng katta maktab sifatida qayd etilgan bo'lib, unda 2019 yil holatiga ko'ra 55 547 o'quvchi ta'lim olishi ma'lum qilingan.

2. Plastik bakalashkalardan qurilgan maktab: “Bottle School” nomli Fillipindagi bu maktab butunlay qayta ishlangan shishashadan barpo etilgan. Ushbu innovatsion yechim ekologik jihatdan bardoshli tuzilmada, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashning yangi usuli hisoblanadi. Bu inshootni barpo etish uchun 9000 ga yaqin shisha va ko’plab volontyorlar kerak bo‘lgan.

3. Kemadagi maktab: Shikxa Tori, "ta'lim qayig'i" ma'nonisini anglatadi. Bu maktab BRAC (Bangladeshda tashkil etilgan va asoslangan xalqaro notijorat jamoat tashkiloti)ning innovatsion dasturi bo'lib, Bangladeshning eng ko'p suv toshqini va past-tekis mintaqalarida yashovchi bolalarga qayiq maktablarida tahsil olishga imkon beradi.

4. Tog’dagi maktab:  Gulu boshlang'ich maktabini, faqatgina bitta o'qituvchi - Shen Qijun boshqargan. Buning sababi esa tog'li hududda joylashgan o'quvchilar maktabga borish uchun besh soat davomida ko'tarilishlari kerak edi. Har kuni ular Luoma yo'lini bosib o'tishi va yerda keskin burilishlar va juda tor yo'laklarni bosib o'tishga majbur edilar. Maktab 2011-yil noyabr oyida yopilgan,o‘quvchilar va ularning o‘qituvchisi esa, tog‘lar ostidagi mahalliy maktabga ko‘chirilgan.

5. “Oq mushuk”:  Bu maktab, boshqa Germaniyaning maktablaridan farqli o’laroq, bahaybat oq mushuk dizaynida qurilgan. Bu inshoot mo'ylovlar va ko'zlar uchun dumaloq oynalar bilan to'la. O’quvchilar maktabga kelgach, mushukning “og'zi”dan binoga kirishadi. Ichkarida esa, u boshqa maktablardan farq qilmaydi. Ammo o'quvchilar zavqlanadigan yana bitta ajoyib xususiyat mavjud: binoning orqa tomonida joylashgan mushukning dumi sirpanchiq vazifasini bajaradi!

Xo’sh siz bu maktablarning qaysi birida tahsil olishni xohlar edingiz? Shamsibonu (munozara) 16:33, 7-Aprel 2023 (UTC)Javob berish