Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Tahrirchiqiz!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy
Programmer (munozara) 13:11, 19-Mart 2024 (UTC)

Topshiriq

tahrir

Assalomu alaykum, hurmatli Jahon tillari WikiKlubi aʼzosi! Siz yopiq guruhda oʻz foydalanuvchi nomingizni yozish orqali WikiStipendiya 3-mavsum guruhlarga boʻlinish yaʼni saralash bosqichiga avtomatik ravishda qoʻshildingiz, tabriklaymiz!
Saralashdan oʻtish uchun topshiriq quyidagicha:

Sizdan shunday bir maqola tarjima qilish soʻraladi-ki, ushbu maqolada ham navboks, ham noerkin fayl, ham bilgiquti boʻlishi kerak. Maqolaningizni baholash davomida uning sifatiga juda diqqat bilan eʼtibor berishingiz, yaxshilab tahrirlashingiz soʻraladi. Shuningdek, 1 dona mustaqil maqola yaratishga urinib koʻrishingiz mumkin. Mustaqil maqola yozish majburiy emas, biroq muvaffaqiyatli yozilgan mustaqil maqola sizga qoʻshimcha ball olib keladi.
Bu ishlar uchun sizga Telegram yopiq guruhimizdagi videodarslar yordam beradi.

Soʻnggi muddat: Salazarov 18:45, 31-Mart 2024 (UTC)

Slytherin jamoasi

tahrir
  Slytherin jamoasi aʼzolariga

Salom hurmatli Tahrirchiqiz! Siz bilan WeekieHogwarts II oromgohida Slytherin jamoasida boʻlganligimdan mamnunman. Vikipediya uchun foydali tahrirlar qilishingizdan umidvorman va iltimos oromgoh davomida yaratgan barcha stub maqolalaringizni tahrirlab Vikipediya teranligini oshirish va uni foydali kontent bilangina boyishiga koʻmaklashing. Keyingi oromgohlarda ham uchrashishguncha!
Samimiy tilaklar ila Slytherin fakulteti sardori:
PanPanChik #yozish 16:59, 1-Iyul 2024 (UTC)

Bajaramiz🫡 Tahrirchiqiz (munozara) 17:24, 1-Iyul 2024 (UTC)
Salom hurmatli Tahrirchiqiz! Bookitob (munozara) 10:45, 3-Iyul 2024 (UTC)

Salomlashish

tahrir

Maqolalarni yaxshi tarjima qilyapsiz omad ! Xatchiman (munozara) 04:49, 3-sentyabr 2024 (UTC)

Mendan sizga bir hovuch qulupnay!

tahrir
  O'zbekcha Vikipediyaga hissa qo'shayotganingiz uchun tashakkur. Tahrir qilishdan charchamang! Axadjon1 17:37, 2024-yil 9-oktyabr (UTC)Javob berish

Mendan sizga bir hovuch qulupnay!

tahrir
  O'zbekcha Vikipediyaga hissa qo'shayotganingiz uchun tashakkur. Tahrir qilishdan charchamang! Axadjon1 17:37, 2024-yil 9-oktyabr (UTC)Javob berish