Frank Ullrich
Frank Ullrich (1958-yil 24-yanvarda tugʻilgan) — SPDning nemis siyosatchisi va sobiq biatlonchi va Germaniya terma jamoasi murabbiyi. 2021-yildan Bundestag deputati hisoblanadi.
Frank Ullrich | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | (erkak) |
Fuqaroligi | Germaniya |
Tavallud sanasi |
24-yanvar 1958-yil Trusetal, Sharqiy Germaniya |
Sport | |
Qaysi sport | (Biatlon) |
Faoliyati
tahrirBiatlon Ullrichning oilasi hisoblangan, chunki uning otasi biatlon hakami boʻlish ishlagan. Uning birinchi chiqishi 1967-yilda GDR bolalar chempionatida boʻlgan. 1972-yilda u Spartakiadada 5 km masofada ikkinchi oʻrinni egallagan, 1975-yilda estafeta boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempioni boʻlgan. 1976-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida 4 × 7,5 km estafetada jamoasi bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan. 1980-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida u 20 kmlik yakkalik bahslarda kumush bilan 3 ta medalni qoʻlga kiritgan va 4 × 7,5 km estafeta va 10 km sprint oʻyinlarida oltin medallarga ega chiqib,, 1978-yil va 1981-yillarda u jahon darajasida hukmronlik qilgan.
1982-yilda uning rafiqasi kasal boʻlib vafot etgan, koʻp oʻtmay u mashgʻulotlarga kirishgan[1]. U tana madaniyati milliy akademiyasida bir muddat oʻqishni davom ettirgan va keyin 1987-yilda Sharqiy Germaniya terma jamoasining murabbiyi boʻlgan va Germaniya birlashganidan keyin sprint boʻyicha milliy murabbiy boʻlgan.
Ullrichning Jahon kubogidagi ustunligi haqida gapiradigan boʻlsak, u 1980-yillarning oʻrtalarida nafaqaga chiqqan boʻlsa ham, Jahon kubogidagi gʻalabalar boʻyicha faqat besh erkak biatlonchi undan oʻzib ketgan xolos. Bulardan Sven Fisher 2000-yil 18-martda jahon chempionatidagi 17-gʻalabasini qoʻlga kiritgan, 2001-yil 12-yanvarda Ole Eynar Byorndalen, 2002-yil 18-yanvarda Rafael Puare, 2010-yil 2-dekabrda Emil Xegle Svendsen va 2010-yilning 2-dekabrida Martin 13-fevralda gʻalaba qozonishgan.
Siyosat
tahrirUllrich 2021-yilgi Germaniya federal saylovida SPDga bevosita nomzod boʻlgan. U oʻz saylov okrugida (Tyuringiyadagi Suhl — Shmalkalden-Mayningen — Xildburgxauzen — Sonneberg) 33,5 % ovoz bilan gʻalaba qozongan, saylov natijalarig koʻra 20- Bundestag deputatiga aylangan. Mahalliy saylovlar nemis jamoatchiligi tomonidan diqqat bilan kuzatilgan, chunki Ullrich Germaniya ichki razvedka xizmatining munozarali sobiq rahbari Hans-Georg Maasenga qarshi ochiqchasiga kurashgan[2].
Biatlon natijalari
tahrirBarcha natijalar Xalqaro biatlon ittifoqidan olingan[3].
Olimpiya oʻyinlari
tahrir4 ta medal (1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza)
Musobaqa | Yakkalik | Sprint | Estafeta |
---|---|---|---|
1976-yil Insbruk | — | Bronza | |
1980-yil Leyk Plasid | Kumush | Oltin | Kumush |
1984-yil Sarayevo | 5 | 17 | 4 |
Jahon chempionatlari
tahrir14 ta medal (9 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza)
Tadbir | Yakkalik | Sprint | Estafeta |
---|---|---|---|
1977-yil Lillexammer | — | — | Bronza |
1978 Hochfilzen | Kumush | Oltin | Oltin |
1979-yil Ruhpolding | 4 | Oltin | Oltin |
1981-yil Lahti | Kumush | Oltin | Oltin |
1982-yil Minsk | Oltin | Kumush | Oltin |
1983-yil Antholz-Anterselva | Oltin | 8 | Kumush |
Manbalar
tahrir- ↑ Achim Leoni (as interviewer). „In meiner Stasi-Akte erkannte ich zwölf Leute“. newspaper interview. Hamburger Abendblatt (18-fevral 2006-yil).
- ↑ „Bundestagswahl 2021: Wer ist Maaßen-Bezwinger Frank Ullrich?“.
- ↑ „Frank Ullrich“. IBU Datacenter. International Biathlon Union. Qaraldi: 20-may 2015-yil.