Franso Hariri stadioni (kurdcha: یاریگای فرانسۆ ھەریری, Yarîgay Franso Herîrî;; arabcha: ملعب فرانسوا حريري) – Iroqning Kurdiston viloyati, Erbil shahridagi koʻp maqsadli stadion. Hozirda stadion asosan Iroq Premyer-ligasida oʻynaydigan „Erbil SC“ jamoasi tomonidan futbol oʻyinlari uchun foydalaniladi. Stadionda yengil atletika uchun ham sharoitlar mavjud. Stadion 25 000 tomoshabinga moʻljallangan[1].

Franso Hariri Stadium
ملعب ملعب فرانسوا حريري
یاریگای فرانسۆ ھەریری
Yarîgay Franso Herîrî
Toʻliq nomi Franso Hariri Stadium
Oldingi nomlari Erbil Stadium
Manzili Erbil, Iroq Kurdistoni, Iraq
Koordinatalari 36°10′21″N 44°00′41″E / 36.17250°N 44.01139°E / 36.17250; 44.01139 G OKoordinatalari: 36°10′21″N 44°00′41″E / 36.17250°N 44.01139°E / 36.17250; 44.01139 G O
Sigʻimi 25,000
Maydon oʻlchami 105 m × 68 m
Chim turi Grass
Tablo Yes
Konstruksiya
Ochilgan 1956
Yangilangan 1992
Ijarachilar
Iroq milliy futbol terma jamoasi (selected matches)
Erbil SC

Tarix tahrir

Stadion 1956-yilda eski aerodrom oʻrnida qurilgan va 1992-yilda qayta toʻliq qurilgan. Stadiondan eski „Brusk“ klubi (nomi Al-Shurta Erbil deb oʻzgartirildi) uy maydoni sifatida foydalangan. 2001-yilgacha Erbil stadioni deb nomlangan. Stadion oʻldirilgan nasroniy gubernator Franso Haririy[2] sharafiga „Shahid Franso Hariri“ stadioni nomini oldi.

2009-yil iyul oyida Franso Hariri stadioni Erbilda Iroq milliy va klublarini qabul qilish uchun OFK tomonidan ruhsat berilganidan keyin Iroq milliy futbol jamoasining uy maydoniga aylandi[3].

2022-yil 23-fevral kuni xalqaro futbol afsonalaridan iborat yulduzlar tarkibi, jumladan, braziliyalik Roberto Karlos va "Barselona"ning sobiq hujumchisi Patrick Kluivert Franso Hariri stadionida 2007-yilgi Osiyo Kubogida gʻolib chiqqan Iroq terma jamoasi yulduzlariga, jumladan Mahdi Karim, Ahmad Mnajed va Nur Sabrilarga qarshi tarixiy koʻrgazmali oʻyinda ishtirok etishdi[4][5].

Stadionda oʻtkazilgan voqealar tahrir

  • 2012-yil – OFK kubogi finali[6]
  • 2019-yil – Gʻarbiy Osiyo futbol federatsiyasi chempionati[7]
  • 2021-yil – Rim papasi Frensis tashrifi[2]

Yana qarang tahrir

  • Iroqdagi futbol stadionlari roʻyxati
  • Duhok stadioni

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir